Microsoft Word islom ensik ziyouz com doc



Download 1,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet465/653
Sana30.12.2021
Hajmi1,29 Mb.
#191735
1   ...   461   462   463   464   465   466   467   468   ...   653
Bog'liq
Islom Ensiklopediyasi

www.ziyouz.com kutubxonasi 
243
musulmonlar u kishidan eshitib, yodlab olishardi. Shu bilan birga, yozishni biladigan 
odamlar, shu jumladan, Abu Bakr, Umar, Usmon, Ali, Zayd ibn Sobit, Ubay ibn Ka’b kabi 
kishilar o‘zlariga muyassar bo‘lgan xurmoning po‘stlog‘iga, yapaloq toshlarga, katta 
suyaklarga, teriga, qog‘ozga va shunga o‘xshash narsalarga Q.ni yozib borganlar. 
Payg‘ambar (sav) ularga yangi tushgan oyat qaysi suradan ekanini va qaerda turishi 
lozimligini ko‘rsatib berganlar. Shunday qilib, yigirma uch yil davomida Q. farishta orqali 
tushib ham bo‘lgan. Payg‘ambar (as) va sahobalar yodlab ham bo‘lishgan hamda 
yozishni biladiganlar yozib ham bo‘lishgan. Muhammad (sav) hayotlik vaqtlarida, yana 
vahiy tushib qolar, degan umidda Q. jamlab kitob shakliga keltirilmagan. U kishining 
vafotlaridan keyin Q. kishilarning qalbida va yozgan narsalarida qoldi. Muhammad 
(sav)dan so‘ng musulmonlarga Abu Bakr (ra) boshliq etib saylandi. Uning davrida 
dindan qaytganlar bilan musulmonlar orasida qattiq janglar bo‘ldi. O’sha janglarda Q.ni 
to‘liq yod olgan ko‘plab qorilar shahid bo‘ldilar. Shunda Umar Abu Bakrga, qorilar o‘lib 
ketaversa, Q.ga zarar yetishi mumkin, shuning uchun uni kitob shakliga keltirib jamlab 
qo‘yish kerak, degan maslahatni berdi. Abu Bakr Zayd ibn Sobit ismli sahobani chaqirib, 
bu ishni amalga oshirishni unga topshirdi. Chunki, Zayd ibn Sobit Payg‘ambar (sav) 
bilan juda ko‘p birga bo‘lgan, Q.ni eng yaxshi yod olgan va uni payg‘ambar huzurida 
yozgan, Payg‘ambar vafot etadigan yillari Jabroil farishtaga Q.ni avvalidan oxirigacha 
o‘qib o‘tkazganida birga bo‘lgan edi. Zayd ibn Sobit, Umar ibn Xattob (ra) va b. Q. 
karimni puxta yod bilishlariga qaramay, bu ishning mustahkam, ishonchli bo‘lishiga 
harakat qilib, masjidda: "Kimning qo‘lida yozilgan Q. bo‘lsa va uni Payg‘ambar 
huzurlarida yozilganiga ikkita guvohi bo‘lsa, bizga olib kelsin, Q.ni jam qilishga xalifaning 
buyrug‘i bo‘ldi", deb e’lon qiddilar. Ular masjidda o‘tirib, guvohlarni tekshirib, nihoyatda 
aniklik bilan bir yildan ortiq vaqtda Q.ni jamladilar. So‘ng ko‘pchilikka ko‘rsatdilar, 
hamma rozi bo‘ldi. Shunday qilib, Zayd va Umar mashaqqatli urinishlardan keyin Q.ni 
kiyik terisidan ipshangan sahifalarga yozib bo‘ldilar va uni belidan bog‘lab, Abu Bakrning 
uyiga qo‘yib qo‘ydilar. U kishi olamdan o‘tgandan keyin sahifalar Umarning uylarida, u 
kishidan so‘ng esa, qizlari va payg‘ambarning xotinlari Hafsa binti Umar huzurida qoldi. 
Vaqt o‘tishi bilan Islom davlatining chegarasi kengayib, ko‘plab xalqlar ham 
musulmonlikni qabul qilib, musulmonlarning soni ko‘paygandan so‘ng Q.ni o‘qishda 
turlicha kelishmovchiliklar chiqa boshladi. Bu holatni ko‘rgan o‘sha vaqtdaga xalifa 
Usmon ibn Affon Hafsadan Abu Bakr davridaga sahifalarni so‘rab olib, undan olti nusxa 
ko‘chirishga buyruq berdi. 
Nusxalar tayyor bo‘lgandan so‘ng musulmonlar yashaydigan diyorlardagi markaziy 
shaharlarga bittadan nusxaga bittadan qori qo‘shib jo‘natdi va hammaga faqat shu 
nusxadan Q.ni ko‘chirish va shu qoridan qiroat o‘rganishga buyruq berdi. 
Usmon (ra) Makkaga bir dona mushaf bilan birga Abdulloh ibn Soibni yubordi. Shomga 
bir dona mushaf bilan birga Mug‘iyra ibn Shihobni yubordi. 
Kufaga bir dona mushaf bilan birga Abu Abdurrahmon Silmiyni yubordi. Basraga bir 
dona mushaf bilan birga Omir ibn Abdul Qaysni yubordi. 
Madinada qolgan mushafdan odamlarga qiroat ta’limi berishni Zayd ibn Sobitga 
topshirdi. Usmon (ra) o‘zlariga bir dona mushaf oddilar. Bu mushaf Imom mushaf deb 
nomlangan. Keyinchalik,nusxa ko‘chirish yo‘lga qo‘yilishi jarayonida faqatgana Usmon 
davrida yozilgan nusxalarga suyanish joriy bo‘ldi. Oxiri kelib, har bir nusxaning ishonchli 
ekanini tasdiqlash maqsadida, bu nusxa Mushafi Usmonga muvofikdir, deb yozib 
qo‘yiladigan bo‘ldi. 
Shundoq qilib, Q.ning harflarini yozib uslubi bir xilligi ham saqlab qolindi. Bu ma’nodagi 
ehtiyotkorlik shu darajaga yetdiki, Q.ning harflariga biror nuqtachalik ham o‘zgarish 
kirmasin, degan qasd ila ulamolar, mushaf ichiga gul, daraxt bargi va shunga o‘xshash 


Islom Ensiklopediyasi 
 
 

Download 1,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   461   462   463   464   465   466   467   468   ...   653




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish