MA’RIFAT (arab. - bilish, anglash, idrok etish) - tasavvuf tushunchasi; tasavvufdagi
maqomlardan biri; solik ma’naviyatining kundan-kunga ortib borishi, koinot va tabiat
ilmu hikmatidan, shuningdek, insoniy va ilohiy sir-asrorlardan voqif bo‘lib borishi. Hadisi
sharifda: "Kimki o‘zini yaxshi tanisa, Parvardigorini ham, albatta, tanib oladi", deyilgan.
Ya’ni, inson o‘zining tuzilishi, murakkab tarkibi, jismoniy va ruhoniy vujudini qanchalik
chukur tafakkur bilan o‘rganib, bilib borsa, Allohning ulug‘ hikmati va beqiyos
qudratining buyuk ekanini shunchalik idrok etadi. Inson o‘zidagi kamchilik va xatolarni
qancha ko‘p sezib iqror etsa, Allohning benuqson komil zot ekanini shuncha payqab
oladi. Har bir inson o‘z M. ini bilimiga karab yuqori darajalarga ko‘tarishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |