MA’ZUN ("ruhsat olgan") - xo‘jayinidan savdo-hunarmandchilik faoliyati, jumladan
uning ishlarini boshqarishga ruhsat olgan qul. Ruhsat etilgan doirada u oldi-sotdi, qarz
olish va berish, garovga olish va berish, ruhsat etilgan faoliyatini yurgizish uchun zarur
bo‘lgan erkin yurish huquqini olgan. Boshqa hollarda uning huquqiy ahvoli o‘zgarmagan.
Ruhsat etilgan faoliyati davomida u qarzdor bo‘lib qolsa, agarda xo‘jayini uning uchun
qarzni to‘lashni istamasa u holda kul sotilishi mumkin. Xo‘jayin ruhsatnomani bekor
qilish huquqiga ega, lekin u masjid yoki bozorda bu haqda xalqqa e’lon qilishi lozim. M.
orttirgan mulk ba’zi huquqshunoslarning srikricha, unga tegishli hisoblangan,
boshqalarning fikriga ko‘ra esa, xo‘jayinning mulki sanalgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |