www.ziyouz.com kutubxonasi
193
MINBAR - masjidda imom va’z aytadigan baland joy, keng zinapoyali supa. Birinchi M.
baland o‘rindiqli bo‘lib, unga 2 zina bilan chiqilgan, Muhammad (sav) 628-629 ylarda
va’z o‘qiganlarida unda o‘tirganlar. Shu yagona M.dan birinchi uch xalifa foydalangan,
faqat Ali davrida Kufada ikkinchi M. paydo bo‘lgan, keyinchalik Muoviya davrida
Damashqda yana bir M. vujudga kelgan. Umaviylar davlat boshqaruvining oxirigacha M.
taxt singari hokimiyat ramzi sifatidagi ahamiyatini saqlab qoldi. Va’zxonga kafedra bo‘lib
xizmat qilgan birinchi M. 748 y.da, Marvda Abu Muslim g‘alaba qilgandan keyin paydo
bo‘ldi; shu vaqtdan boshlab siyosiy hokimiyat ramzi bo‘lmay qoldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |