MAQOM (arab. - joy, o‘rin, manzil) -islomda so’fiylikka xos tushuncha, har bir so’fiy
bosib o‘tishi lozim bo‘lgan bosklchlar. Tariqatlarda M.larning soni har xil keltiriladi, lekin
ko‘p hollarda 4 M. tilga olinadi: shariat, tariqat, ma’rifat, haqiqat (q. Tasavvuf). Lekin,
tasavvufning ayrim yirik namoyandalari M.larni ko‘proq deb hisoblagan. Mas., Fariduddin
Attor 7 maqom, G’azoliy 9 maqomni ta’riflagan. Har bir M. ham o‘z navbatida bir necha
kichik bosqichlarga bo‘linadi (ayrim so’fiylarda bu bosqichlar 8 dan 10 gacha
ko‘rsatilgan) va ular manzil deb ataladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |