www.ziyouz.com kutubxonasi
127
taqvodorlar uchun hidoyat va mav’izadir" (Moida surasi 46-oyat). Qur’onga ko‘ra, I.da
Muhammad (sav)ning kelishlari haqida bashorat qilingan, biroq I. matni nasorolar
tomonidan buzilgan. Lekin o‘sha ilohiy kitobning asl nusxasi hoz. yo‘q. Chunki, Iso
(as)ning vaqtlarida I. kitob shaklida bo‘lmagan. Hech kim hech narsani yozmagan. U
zotdan keyin ba’zi kishilar o‘zlari kitob yozib, mana shu I., menga vahiy qilindi va uni
men yozib oldim, deb chikdilar. Asta-sekin "I. vahiy qilinganlar" ko‘payib boraverdi. Oxiri
borib ularning soni juda ham ko‘payib ketdi. Ularning har biri o‘zining I.i haq ekanini
da’vo qilar edi. Orada gap-so‘z, ixtiloflar kuchaydi. Shunda imperator Konstantin mil.
325 y.da Nikeya (Nisea)da katta majlis chaqirdi. Bu majlisda 2048 patriarx qatnashdi.
So‘ngra turli jamoalardan 2000 dan ortiq ruhoniy o‘nlab Ilarni ko‘tarib keldilar.
Imperator majlis ahdi oldiga mavjud I.lardan eng ishonchlisini tanlab olish vazifasini
qo‘ydi. Ular uzoq talashib-tortishishlardan keyin 4 dona I.ni tanladilar. Hoz.da nasorolar
e’tiqod va amal qiladigan I.lar ana o‘sha 4 I.dir. 1-Mutto (Matfey) I.i. Bu I. eng qad. I.
hisoblanadi. U Iso (as)dan 4 y. keyin yozilgan. U ibroniy tilda yozilgan edi. Ammo, o‘sha
asl nusxasi ham hoz. yo‘q. Hoz. bori o‘shaning tarjimasi. Lekin tarjimon ham, u qaysi
matndan tarjima qilgani ham hozirgacha ma’lum emas. Buning ustiga bu I.ning muallifi
Mutto Iso (as)ning havoriylaridan emasdi. Keyinroq uni xoin Yahuzoning o‘rniga
saylashgan edilar.
2-Markos (Mark) I.i. Bu I. yunon tilida Iso (as)dan 23 y. keyin yozilgani aniq. Ammo uni
kim yozgani noaniq. Ba’zi nasorolar, uni Pyotr yozgan, deydilar. Boshqalari esa, uni
Pyotrning o‘limidan keyin Markos yozgan, deydilar.
3-Luka I.i. Bu kitob Masih (as)dan 20 y. keyin yozilgan. Luka u zotning shogirdlaridan
emas. U Polning shogirdi. Uning ustozi ham Iso (as)ni ko‘rgan emas. Buning ustiga Pol
nasorolikka dushman bo‘lgan yahudiylardan edi. Shuning uchun hiyla bilan nasorolikka
qarshi ko‘p buzg‘unchiliklar qilgan.
4-Yuhanno (Ioann) I.i. Bu I. Iso (as)dan 32 y. keyin yozilgan. Ba’zi nasoro toifapari uni
Iso (as)ning shogirdlaridan biri Yuhanno ibn Zabdiy yozgan, deydilar. 500 taniqli nasoro
olimlari ishtirokida yozilgan "Britaniya entsiklopediyasi" bu kitobni, qalbaki kitob, degan.
Musulmon shaxs I.ni Alloh tomonidan Iso (as)ga tushirilgan ilohiy kitob deb imon
keltirmasa musulmonliga qolmaydi. Shu bilan birga musulmon shaxs asl nusxadagi
I.ning yo’qdigi va hoz. Ilar buzilgan ekaniga ishonadi. Alloh Qur’onda Iso (as)ning
tug‘ilishidan oldin uning kelajagi haqida quyidagilarni aytgan: "Va unga kitobni,
hikmatni, Tavrot va Injilni o‘rgatadi" (Oli Imron surasi 48-oyat). Tavrot Muso (as)ga
tushirilgan ilohiy kitobdir. U Iso (as)ga ham kitob bo‘lishini Allohning O’zi aytib turibdi.
Tavrot Iso (as)ga kelgan dinning ham asosini tashkil etadi. I. esa, Tavrotni to‘ldirib
kelgan. I.ning o‘zbek tilidagi to‘liq nashri kirill yozuvida 1992 y.da so‘zboshi, lug‘at,
jadval va rangai suratlar bilan birga Bibliyani tarjima qilish in-ti (Stokgolm) tomonidan
chiqarilgan (tarjimon - Ibrohim Abaev).
Do'stlaringiz bilan baham: |