IRIM - g‘ayritabiiy hodisalarning kishilarga ta’sir qilishiga ishonib, biror niyat bilan
qilinadigan odat, xatti-harakat. I. o‘zni ehtiyotlash, birovlarga yaxshilik tilash yoki zarar
yetkazish va b. niyatlarda qilinadi. Jahovdagi deyarli hamma xalqlarda va turli kasb-
hunar sohalarida uchraydi. I., bir tomondan kishilarning ezgulikka intilishlari, orzulari
bilan bog‘lansa, ikkinchi tomondan, tabiat va jamiyatda qandaydir g‘ayritabiiy sehrli
kuchlarning borligiga ishonishga asoslanadi. I.ni Islom dini bilan hech qanday aloqador
joyi yo‘q. Islom diniga ko‘ra, bu amal xurofot sanaladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |