8
БИОЛОГИЯ ФАНЛАРИ
O’UK: 581.9+628.543
OQAVA SUVLARNI BIOLOGIK TOZALASHDA SUV O`SIMLIKLARIDAN
FOYDALANISHNING SAMARALI USULLARI
K.R. Yo`ldoshev, katta o’qituvchi, Urganch davlat universiteti, Urganch
Annotatsiya. Bu maqolada turli xil ishlab chiqarish, sanoat korxonalaridan ajralib chiqayotgan
ifloslangan oqava suvlarni biologik tozalashda suv o`simliklaridan foydalanishning samarali usullari haqida
ma`lumot berilgan.
Kalit so’zlar: suv o’ti, oqava suv, biologik tozalash usuli, кimyoviy modda, biologik chiqindi
Аннотация. В данной статье представлена информация об эффективных методах
использования водных растений в биологической очистке загрязненных сточных вод, выпускаемых
различными отраслями промышленности, предприятиями.
Ключевые слова: водоросль, сточная вода, биологический метод очистки, химическое
вещество, биологические отходы
Abstract. This article provides information on effective methods of using aquatic plants in biological
treatment of polluted wastewater released from various branches of industrial enterprises.
Keywords: alga, waste water, biological purification method, chemical substance, biological waste
Keyingi yillarda qishloq xo`jaligi jadal ravishda rivojlanmoqda. Prezidentimiz va hukumatimiz
tomonidan keng tarmoqli fermer xo`jaliklarni tashkil qilish rejali ravishda amalga oshirilmoqda. Ayniqsa
chorvachilik va baliqchilik fermer xo`jaliklarini rivojlantirishga katta e’tibor berilmoqda. Buning uchun suv
juda katta ahamiyatga ega bo`lgan omildir. Lekin hamma vaqt ham suv muammosi dolzarb bo`lib kelgan. Turli
xil suv havzalari har xil sabablarga ko`ra ifloslanadi, ayniqsa ishlab chiqarish korxonalaridan ajralib
chiqayotgan chiqindi suvlar to`gridan-to`gri toza suvlarga quyiladi va buni ifloslantiradi. Oqava suvlar asosan
kimyoviy, mexanik va biologik usullarda tozalanadi. Biologik usul sodda, arzon va eng foydali choradir.
Xorazm viloyati sharoitida ham chiqindi ya’ni oqava suvlarga aylangan suvlarni biologik tozalashda
ilmiy-amaliy ishlar olib borilmoqda. Bunda asosan suvda qalqib o`suvchi yuksak o`simliklardan foydalanib,
ularni suvni tozalash darajasi o`rganilmoqda. Oqava suvlarni tozalashda biologik hovuzlarni tashkil qilish eng
samarli usullardan biridir.
Bilogik hovuzlarni oddiy uy sharoitida ham tashkil qilib oqava suvlarni tozalashni o’rganish mumkin
yoki milliy va istirohat bog’larida joylashgan har xil katta-kichiklikdagi hovuz va hovuzchalarda ham amalga
oshirish mumkin. Biologik hovuzlarda suvni tozalash jarayoni aslida tabiiy ravishda amalga oshadi. Lekin
bunda suvda o’sayotgan o’simliklarning soni va turini hamda oqava suvning fizikaviy va kimyoviy tarkibini
o’rganish ancha qiyinchilik keltirib chiqaradi. Biologik xovuzlarda oqava suvlarni tozalashda yuqori biofiltrlik
xususiyatiga ega tropik va subtropik mamlakatlardan olib kelib iqlimlashtirilgan pistiya, azolla va eyxorniya
kabi o`simliklardan foydalanish juda samaralidir. Bu o`simlliklarni oqava suvlarda o`stirib quyidagi natijalarga
erishish mumkin.
Oqava suvni biogen tuzlardan, ya`ni:
- ammiak, nitrit, nitrat, sulfatlar, xloridlardan tozalaydi;
- neft mahsulotlari qoldiqlaridan tozalaydi;
- fotosintez natijasida suvdagi kislorodning miqdori bir necha barobar ko’payadi;
- Oqava suvdagi kasallik tug’diruvchi ichak va boshqa a’zolar kasalliklarini keltirib chiqaruvchi
bakteriyalardan tozalaydi;
- Suvdagi muallaq holdagi moddalar ushlab qolib o’zlashtiriladi va tozalaydi;
- Suvda erimaydigan moddalarning miqdori kamayadi.
Oqava suvlarda pistiya, ryaska eyxorniya, azolla kabi o’simliklarni o’stirish davomida baliqlar va
boshqa suv hayvonlari uchun ozuqa va tuxum qo’yish va ko’payish uchun makon yaratiladi. Chorvachilikning
asosiy sohalari qoramolchilik, qo’ychilik, cho’chqachilik, mo’ynachilik, parrandachilik, baliqchilik,
quyonchilik sohalarida asosiy ozuqa birligiga ega bo’lgan pistiya, azolla, eyxorniya o’simliklarning
biomassasidan foydalaniladi. Tozalangan oqava suvlardan qishloq xo’jaligi ekinlari (g’o’za, bug’doy, sholi)
sug’orish va yuqori hosil olish imkoniyati yaratiladi, shuningdek qishloq xo’jaligida sarflanadigan suvlar
tejaladi [1].
Do'stlaringiz bilan baham: |