XORAZM MA’MUN AKADEMIYASI AXBOROTNOMASI – MAXSUS SON
10
Urganch davlat universiteti Tabiiy fanlar fakultetiga qarashli tajriba yer uchastka maydonida joylashgan sun‘iy
plastmassa hovuzlarida olib borilmoqda.
1- jadval. Oqava suvning fizik kimyoviy tarkibi (Parrandachilik korxonasi oqava suvida tajribagacha va
tajribadan keyin, 32 kun pistiya o’stirilganda)
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI:
1. Xolmurodov A. F., Shoyaqubov R. Sh., Qutliyev J. Oqava suvlarni pistiya bilan samarali tozalash
biotexnologiyasi yuzasidan tavsiyalar Toshkent 1993
2. Qutliyev J. Oqava suvlarni tozalashda biologik hovuzlarning xizmati-Toshkent, O`zbekiston «Fan nashriyoti»
1989.
3. Rahimov A., Rahimova S. Suv o`simliklari- ozuqa manbai. Toshkent O`zbekiston «Fan nashriyoti» 1987
4. Буриев Б.С. Микроводоросли как очистители сточных вод и объекты для разработки эффективных
биотехнологий. Автореф.дисс.д.б.н., Ташкент,1963.
O’UK: 581.9+628.543
OQAVA SUVLARNI TABIIY VA MAXSUS USULLARDA TOZALANISHIDA SUV
O`SIMLIKLARINING AHAMIYATI
K.R. Yo`ldoshev, katta o’qituvchi, Urganch davlat universiteti, Urganch
R.A.Salayeva, talaba, Urganch davlat universiteti, Urganch
Annotatsiya. Bu maqolada toza suvlarni ifloslanib oqava suvlarga aylanish sabablari hamda bu
suvlarni tabiiy va maxsus usullarda tozalashda ishtirok etuvchi o`simlik turlari haqida ma`lumot berilgan.
Kalit so’zlar: toza suv, oqava suvlar, tabiiy usullarda tozalash, maxsus usullarda tozalash.
Aннотация. В этой статье дана информация о причине загрязнения и превращения воды в
сточную и участие растений в очистке воды естественными и специальными способами.
Ключевые слова: чистая вода, сточная вода, естественная очистка, специальные методы
очистки.
Abstract. In the following article reasons of water pollution were shown and information was provided
about the species of plants which are used in process of purifying sewage water.
Keywords: pure water, wastewater, natural cleaning, special methods of cleaning
Keyingi yillarda chiqindi suvlarni tozalash va undan qayta foydalanish davlat muammosi darajasiga
ko’tarilgan. Buning uchun davlatimiz bir necha qaror va qonunlar qabul qilgan. Suvni asrash, saqlash va
tozalash hamma vaqt ham dolzarb muammo bo’lib kelgan. Aholini hamda sanoatni ichimlik suvi bilan yetarli
darajada ta`minlash xalq xo`jaligining asosiy vazifalaridan hisoblanadi. Aholini ichimlik suvi bilan ta`minlash
aholining turmush darajasini yaxshilash bilan birga suv orqali o`tadigan har xil kasalliklardan ham saqlaydi.
Hozirda shaharlar va qishloqlarda qurilayotgan zamonaviy imoratlarni suv ta`minotisiz tasavvur qilib
bo`lmaydi. Suv asosiy xom-ashyo hisoblanib, sanoatga katta ta`sir ko`rsatadi. Aholini, sanoat va qishloq
xo`jaligini suv bilan ta`minlash masalaning birinchi tomoni bo`lsa, uning ikkinchi tomoni suv sog`lom va toza,
epidemiologik jihatdan xavfsiz, kimyoviy tarkibi zararsiz va mazasi yoqimli bo`lishi kerak.
Suv ifloslanishining sababi nimada? Butun dunyo sog`likni saqlash ekspertlarining ko`rsatishicha,
suvning ifloslanishi muammosi hamma mamlakatlarda mavjud. Bu muammo, ayniqsa sanoati tez sur`atlar
Do'stlaringiz bilan baham: |