M. F. Ziyayeva, O. Z. Rizayeva


 Qusayotganda yordam ko‘rsatish



Download 3,98 Mb.
Pdf ko'rish
bet404/443
Sana09.12.2021
Hajmi3,98 Mb.
#190627
1   ...   400   401   402   403   404   405   406   407   ...   443
Bog'liq
bolalarda hamshiralik parvarishi

 
6.4. Qusayotganda yordam ko‘rsatish
 
 
Ko‘krak  yoshidagi  bola  qusganda  bolaning  boshini  yonga 
buriladi, shunday qilinganda qusuq massalari bilan aspiratsiya 
bo‘lmaydi.  Yoshi  kattaroq  bola  qusganda  esa  o‘tirgizib  qo‘yib 
oyoqlari  orasiga  tog‘ora  qo‘yiladi,  boshini  sal  oldinga 
engashtiriladi va boshi ushlab turiladi. Bola qusib bo‘lganidan 
keyin  og‘zini  chayib  tashlash  uchun  suv  beriladi,  emadigan 
yoshdagi  bolaga  bir  necha  qoshiq  qaynagan  suv  ichirib 
yuboriladi. 
 
 
 
 


 
338 
6.5. Me’dani yuvish texnikasi
 
 
1.  Tayyorlab  qo‘yiladi:  steril  yo‘g‘on  oshqozon  zondlari, 
voronka,  oshqozonni  yuvish  uchun  eritma  (natriy  gidrokar-
bonatning  4,2%  li  eritmasi)  solingan  chelak,  suv  (1  litrli  ob-
dastada), suvqog‘ozli fartuk, suvqog‘oz, yuvindi suvlari uchun 
tog‘ora, sochiq, Jane shpritsi, qo‘lqoplar. 
 
2.  Bolaga  yoki  uning  onasiga  muolaja  maqsadi  va  tartibi 
tushuntiriladi. 
 
3. Qo‘llar yuvib, quritiladi. 
 
4. Qo‘lqoplar kiyiladi va fartuk taqiladi. 
 
5.  Bolaga  ko‘ylak  yoqasi,  galstuk,  kamarini  yechish  taklif 
qilinadi. 
 
6. Bola to‘g‘rilab o‘tkaziladi. U stul suyanchig‘iga suyanib, 
boshini  oldiga  egib,  oyoqlarini  yon  tomoniga  yozib  o‘tirishi 
kerak. 
 
7. Bola bo‘yni va ko‘kragiga suvqog‘ozni shunday yopish ke-
rakki, uning oyoqlari orasiga qo‘yilgan tog‘oraga suvqog‘ozning 
chetlari tushib tursin. 
 
8. Pinset bilan idish ichidagi sterillangan nam zond olinadi. 
Uni  to‘mtoq  uchidan  10-15  sm  uzoqlikda  o‘ng  qo‘l  bilan 
ushlanadi, chap qo‘l bilan esa erkin uchi ushlanadi. 
 
9. Zonddagi belgilarga qarab (yoki oldingi qoziq, tishlardan 
kindikkacha bo‘lgan masofagacha), zondning kiritilish uzunligi 
aniqlanadi. 
 
10.  Bolaga  og‘izni  ochish  va  burun  orqali  chuqur-chuqur 
nafas olish taklif qilinadi va zondning to‘mtoq uchi til ildiziga 
qo‘yiladi. 
 
11. Har bir yutinish harakati bilan zond qizilo‘ngach orqali 
oshqozonga kerakli belgigacha yuboriladi. 
 
12. Voronka zondning erkin uchiga ulanadi. 
 
13. Voronka bolaning tizzasi sathigacha tushiriladi va unga 
yuvuvchi suyuqlik to‘ldiriladi. 
 
14.  Suyuqlik  to‘ldirilgan  voronka  asta-sekin  yuqoriga 
ko‘tariladi, bunda suyuqlik sathi voronka bo‘g‘zigacha tushishi 
kerak. 
 
15.  Voronka  oshqozondagi  moddalar  bilan  to‘lishi  uchun 
bolaning  tizzasi  sathigacha  tushiriladi  va  voronka  tog‘oraga 
bo‘shatiladi. 
 


 
339 
16. 13-15 punktlardagi muolajalar toza suv paydo bo‘lgunga 
qadar takrorlanadi. 
 
17. Zondning erkin uchi salfetka bilan o‘raladi. 
 
18. Zond salfetka orqali asta-sekinlik bilan tortib olinadi. 
 
19.  Boladan  suvqog‘ozni  yechib  olinadi,  muolaja  uchun 
ishlatilgan buyumlar yig‘ishtiriladi, so‘ng ularga ishlov beriladi. 
 
20.  Muolajadan  keyin  bola  ahvolidan  xabardor  bo‘lib 
turiladi. 
 
Izoh:  Shifokor  ko‘rsatmasi  bilan  yuvindi  suvlar  labora-
toriyaga yuboriladi, qolganlari tegishli talablarga binoan ishlov 
beriladi. 
 

Download 3,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   400   401   402   403   404   405   406   407   ...   443




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish