Bunday hollarda og‘iz bo‘shlig‘ida ishqoriy muhitni saqlab
turish juda muhim, buning uchun natriy bikarbonat (soda) ning
2% li eritmasi bilan og‘iz chayiladi yoki shilliq pardadagi oq
karashlar yo‘qolgunicha artib chiqiladi. Shuningdek, og‘iz
bo‘shlig‘i shilliq pardasiga ba’zan metilen ko‘kining suvdagi 1%
li eritmasi, 100% li qand sharbati bilan ishlov berish ham
337
samarali bo‘lib chiqadi. Og‘iz oqarishiga asosan zamburug‘lar
sabab bo‘lishini hisobga olib, shilliq parda artib tozalangach,
unga nistatin yoki levorin tabletkalaridan maydalab sepib turish
yaxshi natija beradi.