334
1 yoshgacha 3.5x7 sm, 2 yoshgacha 4,5x9 sm, 4 yoshgacha
5,5x11 sm, 7 yoshgacha 6,5x13 sm, 10 yoshgacha 8,5x15 sm,
10 yoshdan keyin standart razmerda bo‘ladi.
Bajarish tartibi:
l. Qo‘llar yuvib, quritiladi.
2. Tayyorlab qo‘yiladi:
fonendoskop, tonometr.
3. Bolaga yoki uning onasiga muolaja maqsadi va tartibi
tushuntiriladi.
4. Bola shunday joylashtiriladiki, uning qo‘li tekis yuzada
joylashsin.
5. Bolaning qo‘l kaftini yuqoriga qaratib, tirsak bo‘g‘imida
yozgan holda joylashtiriladi.
6. Yelkasi shunday ochiladiki, bunda kiyim yelkani
manjetkadan yuqoriga siqmasligi kerak.
7. Tonometr manjetkasini bolaning ochiq yelkasiga tirsak
bo‘g‘imidan 2-3 sm yuqorida, manjetka va yelka oralig‘iga 1
barmoq
sig‘adigan
darajada
bo‘shliq
qoladigan
qilib
joylashtiriladi. Bunda rezina naychalar yon tarafda qolishi
kerak.
8. Tonometrni manjetka bilan ulanadi.
9. Tonometr milini shkalaning 0 belgisiga nisbatan to‘g‘ri
joylashtiriladi.
10. Shu qo‘l bilan bilak arteriyasining pulsatsiyasi aniqlanadi.
11. Bo‘sh qo‘l bilan rezina nokdagi ventilni yopib,
manjetkaga havoni arteriyadagi pulsatsiya yo‘qolgunga qadar
damlanadi.
12. Tonometr ko‘rsatkichi eslab qolinadi.
13. Ventil ochiladi va havo chiqara boshlanadi.
14. Fonendoskop boshchasi tirsak chuqurchasiga qo‘yiladi.
15. Rezina nokdagi ventilni yopib, manjetkaga avvalgi
ko‘rsatkichgacha va 20-30 mm simob ustuniga ko‘proq havo
yuboriladi.
16. Ventil ochiladi va havoni asta-sekinlik bilan chiqariladi,
tonometrning mili yoki simob ustuni bir tekisda pasayib borishi
kerak.
17. Fonendoskopdagi tovushlar diqqat bilan tinglanadi,
birinchi puls zarbi paydo bo‘lgan payt qayd qilinadi – bu
sistolik bosimdir, birinchi bor eshitgan zarbga to‘g‘ri kelgan
raqam eslab qolinadi.
335
18. Fonendoskopdagi tovushlar diqqat bilan tinglanadi, puls
zarbalarining tugash payti qayd qilinadi – bu diastolik bosimdir,
pulsatsiya to‘xtagan paytdagi ko‘rsatkich eslab qolinadi.
19.
Havo chiqarib yuboriladi, manjetka yechib olinadi. Bola
avvalgi holatiga keltiriladi.
20. O‘lchash natijasi baholanadi. Kerak bo‘lsa, shifokor
kelgunga qadar yordam ko‘rsatiladi.
21. A/B o‘lchash ko‘rsatkichlari bolaning tibbiy varaqasiga
kiritiladi: kasr ko‘rinishida (suratida sistolik bosim, mahrajida
diastolik bosim) va harorat varaqasiga grafik ko‘rinishida chizib
qo‘yiladi.
22. Qo‘llar yuvib, quritiladi.
Arterial bosim doimiy kattalik emas. U bolaning ahvoliga
yoki asab tizimining holatiga, yoshiga bog‘liq. Bola qancha yosh
bo‘lsa arterial bosim shuncha past bo‘ladi.
Bolaning yoshiga qarab arterial bosimini taxminan quyidagi
formula bilan aniqlasa bo‘ladi:
Bir yoshgacha arterial bosim = 70 + n (bu yerda, n – oylarda
ifodalangan bolaning yoshi) ;
Bir yoshdan keyin = 80 + 2n, (bu yerda, n – yillarda
ifodalangan bolaning yoshi).
Do'stlaringiz bilan baham: