342
bilan hech qanday kuch ishlatilmasdan ballon uchligini to‘g‘ri
ichakka 4-5 sm kiritiladi. Keyin ballonni qisib, suyuqlikni
ichakka kiritiladi va bo‘shashtirib yubormasdan, uni to‘g‘ri
ichakdan chiqarib olinadi. Suyuqlik chiqib ketmasligi uchun
bola dumbalarini bir necha daqiqa yumib ushlab turiladi.
Ko‘krak yoshidagi bolalarga huqnani chalqancha yotqizib
qo‘ygan holda, oyoqlarini sal balandga ko‘tarib turib qilinadi.
Tozalovchi huqna uchun suyuqlik miqdori bolaning yoshiga
bog‘liq: 1-3 oylik bolaga 60 ml, 3 oylikdan 1 yoshgacha - 90 ml
dan 150
ml gacha, 1-2 yoshli bolaga 200 ml; 2-9 yoshli bolaga
400 ml/gacha, 9 yoshdan oshganlarga 500 ml. Katta yoshdagi
bolalarga tozalovchi huqna bajarish tartibi:
1. Qo‘llar yuvib, quritiladi.
2. Tayyorlab qo‘yiladi: Esmarx krujkasi, uchlik, shtativ,
vazelin, tuvak, suvqog‘oz, qo‘lqop, bemor mustahabi uchun
to‘plam, to‘siq, choyshabcha, niqob, fartuk.
3. Bola ruhiy jihatdan tayyorlanadi.
4. Bola mo‘ljallanayotgan muolaja haqida, uning o‘tkazilish
joyi va vaqti haqida ogohlantiriladi.
5. Qo‘lqoplar kiyiladi va fartuk taqiladi.
v
6. Xona haroratidagi (20
o
C) 1-1, 5 litr suv Esmarx
krujkasiga quyiladi.
7. Krujka shtativga ilib qo‘yiladi.
8. Rezina krujkadagi ventil ochiladi va suv bilan to‘ldiriladi,
ventil yopiladi.
9. Uchlik vazelin bilan yog‘lanadi, kushetka ustiga suvqog‘oz
to‘shaladi. Bunda uning chetlari pastga qo‘yilgan tog‘oraga
tushib turishi kerak.
10. Bolani chap yonboshiga yotqiziladi. Bolaning oyoqlari
tizzadan bukilgan va biroz qoringa keltirilgan bo‘lishi kerak.
11. Dumbalari orasi chap qo‘lning 4 ta barmog‘i bilan
ochiladi, o‘ng qo‘l bilan esa uchlik anal teshikka ehtiyotkorlik
bilan kiritiladi. Bunda avval kindik yo‘nalishida 3-4 sm, keyin
esa umurtqa pog‘onasiga parallel yo‘nalishda 8-10 sm kiritiladi.
12. Suvning tez oqishi og‘riq chaqirishi mumkin, shuning
uchun ventilni qisman ochish kerak.
13. Agar suv ichaklarga bormasa, krujka balandroq ko‘tariladi
yoki uchlik holati o‘zgartiriladi: u biroz chuqurroq kiritiladi
yoki sirtdan tortib ko‘riladi. Agar bu yordam bermasa, uchlikni
343
chiqarib, boshqasiga almashtiriladi (u najas bilan tiqilib qolgan
bo‘lishi mumkin).
14. Ichakka suv borishi to‘xtagandan keyin ventil berkitiladi
va uchlik ehtiyotlik bilan chiqariladi.
15. Bolaga suvni ichakda bir necha daqiqa ushlab turish
kerakligi tushuntiriladi.
16. Unga tuvak beriladi.
17. Defekatsiya aktidan keyin najas ko‘zdan kechiriladi. Agar
tuvakda faqat najas toshlari aralash suv bo‘lsa huqnani shifokor
ko‘rigidan keyin qaytarish zarur.
18. Defekatsiyadan keyin bolaga mustahab qildiriladi.
19. Asboblar, parvarish buyumlari va bemor ajralmalariga
ishlov beriladi.
20. Qo‘lqoplar yechiladi va ularga ishlov beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: