M. F. Ziyayeva, O. Z. Rizayeva


NAFAS OLISH A’ZOLARI KASALLIKLARIDA BOLA



Download 3,98 Mb.
Pdf ko'rish
bet384/443
Sana09.12.2021
Hajmi3,98 Mb.
#190627
1   ...   380   381   382   383   384   385   386   387   ...   443
Bog'liq
bolalarda hamshiralik parvarishi

 NAFAS OLISH A’ZOLARI KASALLIKLARIDA BOLA 
 
VA UNING OILASIGA HAMSHIRALIK PARVARISHIDA 
BAJARILADIGAN AMALIY KO‘NIKMALAR
 
 
4.1. Tana haroratini o‘lchash
 
Termoregulatsiya  deb,  organizmda  issiqlik  hosil  bo‘lishi  va 
issiqlik chiqarishini boshqarib turadigan murakkab jarayonlarga 
aytiladi. Tana harorati shu tufayli doimiy bo‘ladi. 
 
Bolalarda  harorat  normada  kattalarnikidan  birmuncha 
yuqori bo‘ladi, chunki ularning o‘sishi uchun zarur oksidlanish 
jarayonlari jadalroq boradi. 
 
Harorat kun mobaynida darajaning bir necha o‘nlik ulushiga 
o‘zgarishi  oksidlanish  jarayonlarining  bola  yoshi  yoki  ovqat 
yeyishi bilan bog‘liq bo‘lgan o‘zgarishlariga bevosita bog‘liqdir. 
Sog‘lom  bolalarda  harorat  kechqurundagiga  nisbatan,  odatda 
ertalab gradusning o‘ndan bir necha ulushigacha past bo‘ladi. 
Harorat qayerdan o‘lchanganiga qarab ko‘rsatkichlar ham har 
xil bo‘ladi. Chunonchi, og‘iz bo‘shlig‘i, qin, to‘g‘ri ichak shilliq 
pardasining  harorati  qo‘ltiq  va  chov  sohalari  terisining  haro-
ratidan 0,2-0,4
o
C yuqoridir. 
 
Katta odamning qo‘ltiq sohasida o‘lchangan o‘rtacha haro-
rati 36,5- 37
o
C ga teng deb qabul qilinsa, bolalarda u 0,5-1
o

yuqori  (37-37,5
o
C),  keksalarda  esa  pastroq  (35,5-36,5
o
C) 
bo‘ladi. 
 
Biroq  haroratning  fiziologik  o‘zgarishlari  nimalarga  bogliq 
bo‘lishidan qat'iy nazar, normada 1
o
C dan oshmasligi kerak. 
 
Tana  haroratini  o‘lchash  uchun  hozirgi  vaqtda  juda  ko‘p 
modifikatsiyadagi  termometrlar  tavsiya  etilmoqda.  Bularga 
og‘iz-qo‘ltiqosti, rektal, past haroratlarni o‘lchovchi, kimyoviy, 
timpanik va elektron termometrlarni keltirish mumkin. Ushbu 
termometrlardan kimyoviy, timpanik va elektron termometrlar 
hali tekshiruv va sinov bosqichida hisoblanadi. Bajarish tartibi:
 
l. Qo‘llar yuvib, quritiladi. 
 
2.  Tayyorlab  qo‘yiladi:  tibbiy  termometr,  sochiq,  haroratni 
qayd qilish jurnali, dezinfeksiyalovchi eritma (xloraminning 1% 
li eritmasi) solingan idish. 
 
3.  Bolaga  yoki  uning  onasiga  muolaja  maqsadi  va  tartibi 
tushuntiriladi. 
 
4. Bolaga qulay vaziyat egallash taklif qilinadi. 
 


 
321 
5.  Termometrni  qo‘lga  olib,  simobning  rezervuarda 
ekanligiga ishonch hosil qilinadi, kerak bo‘lsa silkitib simobni 
rezervuarga tushiriladi. 
 
6. Haroratni o‘lchash sohasida mahalliy yallig‘lanish jarayoni 
bor-yo‘qigini tekshirish uchun ko‘zdan kechiriladi. 
 
7. Haroratni o‘lchash sohasi quruq sochiq bilan artiladi. 
 
8.  Termometrni  teri  burmasida  shunday  joylashtiriladiki, 
simob rezervuari har tomonlama teriga tegib turishi kerak. 
 
9. Termometrni 7-10 daqiqadan keyin olinadi. 
 
10.  Termometr  ko‘rsatkichini  simob  ustunining  balandligi 
bo‘yicha baholanadi. 
 
11.  Termometr  ko‘rsatkichi  haroratni  qayd  qilish  jurnaliga 
kiritiladi. 
 
12. Termometrni simob rezervuariga tushguncha yoki 35
o

ko‘rsatkichiga qadar tushgunicha silkitiladi. 
 
13. Termometrga ishlov beriladi. 
 
14.  Haroratni  qayd  qilish  jurnalidagi  ko‘rsatkich  harorat 
varaqasiga grafik egrilik ko‘rinishida kiritiladi. 
 
Termometrlarga ishlov berish:
 
–  quyidagi  dezinfeksiyalovchi  vositalar  xloraminning  2%  li 
eritmasiga 30 daqiqaga;
 
–  vodorod  peroksidining  3%  li  eritmasiga  80  daqiqa, 
dezoksonning 0,5% li eritmasiga 20 daqiqaga solib qo‘yiladi;
 
– oqar suv bilan hidsizlanguncha yuvib quritiladi;
 
–  termometrlarni  quruq  holda  ostida  paxta  bo‘lgan  idishda 
saqlanadi. Chaqaloqlarda harorat chov burmasidan yoki to‘g‘ri 
ichakdan  o‘lchanadi.  Termometrni  chov  burmasiga  qo‘yib, 
oyoqni  chanoq  son  bo‘g‘imidan  bukiladi.  Termometr 
rezervuariga  vazelin  surtiladi  va  orqa  chiqaruv  yo‘liga  2-3  sm 
kiritiladi.  O‘lchash  vaqtida  dumbalarni  qisib  turish  lozim. 
Termometr  chiqarib  olingandan  so‘ng  tozalab  yuviladi  va 
dezinfeksiya qilinadi. 
 
Og‘iz  bo‘shlig‘idan  o‘lchash  uchun  termometr  rezervuarini 
tilning  pastki  yuzasi  bilan  og‘iz  bo‘shlig‘i  tubining  orasiga 
qo‘yiladi. Bemor og‘zini yumib termometrni tutib turadi.
 
Qo‘ltiq va chov sohasidan haroratni o‘lchash muddati 7-10 
daqiqa, bo‘shliqlardan o‘lchash muddati 5 daqiqa. 
 
Kasalxonada  harorat  hamma  bemorlarda  ertalab  soat  7-00 
dan  9-00  gacha,  kechqurun  soat  17-00  dan  19-00  gacha 


 
322 
o‘lchanadi. Ba’zan kuniga 3-4 marta yoki har 2-soatda o‘lchash 
talab etiladi, chunki harorat ko‘tariladigan vaqt hamma bemor-
larda ham uni odatdagi o‘lchash vaqtiga mos kelavermaydi. 
 
Olingan ma’lumotlar kasallik tarixiga yozib boriladi. Bundan 
tashqari, har bir bemorga harorat varaqasi tutilib, uni kasallik 
tarixiga  qo‘shib  qo‘yiladi.  Har  bir  o‘lchash  natijasini  shu 
varaqqa yozish, so‘ngra kasallik tarixiga ko‘chirish kerak. 
 

Download 3,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   380   381   382   383   384   385   386   387   ...   443




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish