Maxsus tyubikdagi ko‘z malhamini qo‘llash
1. Qo‘llar yuvib, quritiladi.
2. Tayyorlab qo‘yiladi: ko‘z malhami (tyubikda).
3. Bolaga qulay vaziyat tanlash taklif qilinadi.
4. Ko‘zlar sanatsiya qilinadi.
5. Bolaning boshi biroz orqaga engashtiriladi. Tyubik ishchi
qo‘lga olinadi.
6. Ishchi bo‘lmagan qo‘l bilan pastki qovoq pastga tortiladi.
7. Tyubikni ko‘zning ichki burchagi sohasidan tashqi bur-
chagi tomonga yo‘nalishda asta-sekinlik bilan harakatlan-
tiriladi, bunda ichidagi malham siqib chiqarib boriladi. Malham
bir tekisda qovoqning ichki yuzasini qoplashi kerak.
8. Qovoq qo‘yib yuboriladi, tyubik ko‘z oldidan olinadi,
qovoq ko‘z olmasiga bosiladi.
9. Qovoqlar barmoqlar bilan yengil uqalab qo‘yiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |