7.2. O‘tkir yurak yetishmovchiligi
O‘tkir yurak yetishmovchiligi bu yurakning to‘liq zo‘riqishi
bo‘lib, patologik belgilar (terining, shilliq qavatlarning oqarishi,
hanshirash, shishlar va b.) bilan kechadi. Bu kutilmaganda yoki
birdan nafas siqish xuruji (yurak astmasi) bilan namoyon
bo‘ladi.
Klinik belgilari. Bola bezovta, ko‘krak qisishidan, nafas
olishning qiyinlashishi sababli havo yetishmasligidan, o‘lib
qolish hissidan shikoyat qiladi, majburiy holatni egallaydi,
hansirash, yo‘tal bezovta qiladi. Asorati o‘pka shishishi.
Terminal holat rivojlanishi bola hayotini saqlab qolish va uni
hayot faoliyatiga qaytarish uchun o‘z vaqtida va to‘g‘ri yurak-
o‘pka reanimatsiyasi o‘tkazishni talab qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |