III daraja (dekompensasiya davri). Bola ahvoli juda og‘ir.
Bola qo‘zg‘algan, es-hushi xiralashgan. Nafas olishi
qiyinlashgan, ko‘krak qafasi chuqurlashgan, nafasda yordamchi
mushaklar qatnashadi. Teri va shilliq qavatlar oqargan, ba’zan
yer rangida, akrosianoz, sovuq ter bosgan. Qon aylanish
buzilishi belgilari, teri marmar rangida, taxikardiya. Yurak
urishlari soni normadan 15% ga oshgan, yurak tonlari bo‘g‘iq,
tez-tez kuchsiz aritmik puls, jigar kattalashgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |