– klinik o‘lim yuz bergan vaqtni va reanimatsion choralar
boshlangan vaqtni yozib qo‘yish;
– trevoga signalini berish, yordamchilar va reanimatsiya
brigadasini chaqirish;
– imkoni boricha klinik o‘lim rivojlanishi vaqtidan qancha
daqiqa o‘tgani aniqlanadi. Agar 10 daqiqadan ko‘p vaqt o‘tgan
bo‘lsa, bemorda biologik o‘limning erta belgilari (
«mushuk
ko‘zi simptomi
» – ko‘z olmasini bosgandan keyin qorachiq
gorizontal shaklni oladi va saqlab qoladi va
«eriyotgan
muzchalar
» – qorachiqning xiralashishi simptomi bor bo‘lsa
yurak-o‘pka reanimatsiyasini o‘tkazish shubhali.
268
ABC qoidasi bo‘yicha reanimatsion choralar ketma-ketligi:
A (airways) – nafas yo‘llari o‘tkazuvchanligini tiklash.