Мавзу: “Teatr tarixi” kursiga kirish



Download 0,83 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/151
Sana09.12.2021
Hajmi0,83 Mb.
#190583
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   151
Bog'liq
teatr tarixi

 
245 
shaharlarining qisqa vaqt ichida boyib ketishiga sabab bo'ladi. Italyan savdogarlari 
Turkistonning  turli  shaharlarida  savdo-sotiq  ishlarini  yo'lga  qo'yadilar.  Shu 
bahonada  ular  bu  sarhadlarda  yaratilgan  san'at  asarlarini  qo'lga  kiritishni  ham 
unutmaydilar.  Ayrim  ma'lumotlarga  qaraganda,  ulug'  Navoiy  asarlari  XVI  asrda 
italyan tiliga tarjima qilina boshlangani bejiz bo'lmasa kerak. 
Italiyaning yangi davr teatr san'ati rivojiga qo'shgan hissasi beqiyos: aynan shu 
zaminda  tragediya,  komediya,  pastoral  (cho'ponnoma)  yangi  taraqqiyot  yo'liga 
kirdi,  opera  yaratildi,  drama  san'atining  asosiy  qonuniyatlari  ishlab  chiqildi, 
birinchi  teatr  binolari  qad  ko'tardi,  spektaklni  yangicha  bezash  tamoyillari  joriy 
etildi. 
Italiyaning  dramaturgiya  sohasida  boshlovchilik  mavqeyini  egallashi  uning 
qadimgi  Rim  badiiy  merosining  vorisi  va  uni  qayta  o'zlashtiruvchisi  sifatida 
maydonga chiqishi bilan belgilandi. Plavt, Terensiy, Seneka asarlari avval lotincha, 
so'ng yangi italyan tiliga o'girilgan holatda zodagonlar saroylarida ko'rsatiladi. Shu 
zaylda original asarlarga yo'l ochiladi. 
Jahonga  mashhur  “Telba  Roland”  dostonining  muallifi  ulug'  italyan  shoiri 
Ludaviko  Ariosto  (1474—1533)  yangi  teatr  mash'alani  yoqqanlardan  biri  bo'ldi. 
Uning «Sandiq haqida komediya»si 1508-yili ferrara saroyida sahnalashtiriladi. Bu 
Rim  namunasi  asosida  yozilgan  birinchi  original  komediya  edi.  Unda  qullar  va 
cho'rilar,  uchar  malaylar  va  ularning  betashvish  xo'jalari  bamisoli  qadimgi  rim 
teatridan  kirib  kelgan  qahramonlarga  o'xshardilar.  Antik  komediya  shakli  orqali 
bo'lsa-da,  har  qalay,  shonli  davrning  turmush  lavhalari  yarq  etib  ko'rinib  turardi. 
Bir o'rinda qahramonlardan  biri sudxo'rdan qarz olgani haqida so'z  ochsa, boshqa 
o'rinda  bir  sohibjamolning  noz-karashmalari  ta'riflab  beriladiki,  bu  faqat  shu 
zamon  juvonlariga  xos  bo'lishi  mumkin:  «Ko'zgu  qarshisida  qad-qomatini  ko'z-
ko'z  qilib  turli  holatlarga  solar,  qosh  terar,  biqin  va  ko'kraklariga  ko'targichlar 
qo'yar...». Saroy komediyanavisi zamondoshlari sha'niga keskin gaplarni aytishdan 
ham toymaydi. 
Ariosto  «Almashilganlar»,  «Talabalar»,  «Afsungar»,  «Qo'shmachi»  komedi-
yalarida ham o'z shahri Ferrara hayoti haqida hikoya qilgan. 



Download 0,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   151




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish