Мавзу: “Teatr tarixi” kursiga kirish



Download 0,83 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/151
Sana09.12.2021
Hajmi0,83 Mb.
#190583
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   151
Bog'liq
teatr tarixi

 
245 
Zodagonlar  dilxushligiga  qaratilgan  ko'plab  komediyalar  o'z  vazifasini  o'tab, 
tarix sahifasidan tushib qolgani tabiiy. Lekin Uyg'onish davri italyan komediyalari 
orasida  bir  asar  borki,  u  hamon  yashashda  davom  etib,  teatr  sahnalarini  bezab 
keladi.  Bu  Nikollo  Makiavelli  qalamiga  mansub  «Mandragora»  asaridir.  Atoqli 
yozuvchi,  tarixchi  Makiavelli  bu  asarida  Ariosto  an'anasini  davom  ettirib, 
komediya san'atini yangi bosqichga olib chiqdi. 
Makiavelli  komediyasida  o'kinchli  kechinmalar  hajv  ohanglariga  qorishiq 
tarzda  ifodalangan.  Pyesa  cho'ponlarning  beshafqat  hukmdorlar  adolatsizligidan 
o'kinchli  nolalari  bilan  boshlanadi,  so'ng  iztirobli  ohanglar  hajviy  lavhalarga 
tutashib  ketadi:  yosh  va  go'zal  Lukretsiyaga  uylangan  huquq  doktori,  boy,  lekin 
laqma  va  beor  Nicha  farzand  ko'rishni  istab  qoladi.  Shunda  sohibjamol 
Lukretsiyaga  oshiq  Kallimako  degan  yigit  o'zini  naslsizlikni  davolovchi  faranglik 
mashhur tabib deb e'lon qiladi. Ayol mandragora degan o'simlik sharbatini ichishi 
kerak, shunda farzand ko'radi; lekin buning bir xatarli tomoni bor: uni ichgan ayol 
bilan birinchi aloqada bo'lgan kishi o'lar ekan. Nicha bola ko'rishni istaydi-yu lekin 
o'lishni  istamaydi.  Chora  topiladi:  ayol  yotoqxonasiga  birinchi  ko'ringan 
yo'lovchini  taklif  etishga  kelishiladi,  unga  nicha  ham  rozi.  Bu  yo'lovchi  o'z 
qiyofasini o'zgartirib olgan Kallimako bo'lib chiqadi. 
Ruhoniy Lukretsiyani xiyonat yo'liga tortarkan, shunday deydi: «Bu ish yo'lida 
muqaddas yozuvlarni ikki soatdan ortiq diqqat bilan o'rganib, ko'p saodatli fatvoyu 
o'gitlarga duch keldim. Bu ishni gunoh deyish g'irt yolg'on, ruhimiz gunoh qiladi, 
xolos,  jismimiz  emas.  Xotin  er  ko'nglini  topolmasa,  gunohga  botadi,  siz  er 
ko'ngliga yo'l izlayapsiz; zino lazzatini o'ylagan gunohga botadi, siz uchun bu ish 
lazzat emas, ko'ngilsizlik». U o'git-nasihatlarini «Maqsadingiz — jannatga jonzot 
ato  etish  va  eringiz  uchun  korixayrli  ish  qilishdir»,  deya  ko'tarinki  ruhda 
yakunlaydi. 
Lukretsiya  o'z  erining  burdsiz  va  benomusligi  hamda  rohib  Timoteoning 
riyokorligi  va  qabihligiga  ishonch  hosil  qilgach,  Kallimakoni,  «Tayanchim, 
rahnamoyim»,  deb  u  bilan  bo'lib  ketadi.  Lukretsiyaning  bu  ahdu  paymonida 
Uyg'onish  davrining  ezguligi  ifoda  etilgan;  yosh  Lukretsiya  sevgisiga  -  boy, 



Download 0,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   151




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish