Мавзу: “Teatr tarixi” kursiga kirish



Download 0,83 Mb.
Pdf ko'rish
bet125/151
Sana09.12.2021
Hajmi0,83 Mb.
#190583
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   151
Bog'liq
teatr tarixi

 
245 
Brext  o'z  g'oyaviy  niyatini  shunday  keng  qamrovda,  jonli  voqealar  orqali 
ifodalaydiki,  bu  uning  hayratomuz  layoqatidan  darak  beradi.  Uning  «Uch  pullik 
opera»,  «Onaizor  Kuraj»  va  1940-yili  yozilgan  «Sezuanlik  sahiy  odam»  asarlari 
o'tkir  publitsistik  pyesalar  bo'libgina  qolmay,  ayni  paytda  chinakam  shoirona 
ruhdagi asarlar hamdir. 
ITALIYA  TEATRI.  LUIDJI  PIRANDELLO  (1867-1936-y.).  Italiya  adabiyoti 
chuqur  tanazzulga  yuz  tutgan  davrda  inson  hayoti  va  qismatiga  xolisona 
munosabatda  bo'lib,  italyan  teatrida  yangi  badiiy  yo'nalishning  chinakam 
ijodkoriga aylanish faqat yakka-yolg'iz Luidji Pirandelloga nasib etdi. 
Pirandello Sitsiliyada tavallud topdi. Rim, so'ngra Bonn dorilfununlarida tahsil 
ko'rdi. Rimda turg'un bo'lib qolib, shu yerda adabiy faoliyatini boshlaydi. 
Pirandello  mahalliy  turmush  ikir-chikirlarini  ifoda  etishga  qaratilgan  verizm 
uslubidan  aqliy-tahliliy  uslubgacha  bo'lgan  yo'lni  bosib  o'tib,  proza  ustasi  bo'lib 
tanilgach,  dramaturgiyaga  o'tadi.  U  o'z  dramaturgiyasi  bilan  1910-yillari  italyan 
verizm  uslubiga  xotima  yasaydi.  «Liola»  (1916)  asarida  u  J.  Verga  bilan 
munozaraga kirishib, pyesadagi to'qnashuv qishloq turmush tarzi bilan emas, balki 
ishtirok  etuvchi  shaxslar  qarashlarining  ziddiyatliligi  bilan  bog'liqligini  izohlab 
berdi.  «Shunday  o'ylasangiz,  shundayda»  (1917)  dramasi  voqeasini  falsafiy 
musohaba asosiga qurdi. «Ahmoqona qalpoq» (1917) va «Ezgulik halovati» (1918) 
pyesalarida  sahnaga  hayot  nobopligidan  azobda  qolgan  «abgor  odam»larning 
mubolag'ali  qiyofalarini  olib  chiqdi.  Lekin  ularda  zarracha  ko'tarinkilik  ruhi  yo'q 
edi.  Muallif  tirikchilik  tashvishiga  mubtalo  «kichik  odam»ning  dard-
kechinmalarini  qaynoq  xayrixohlik  tuyg'usi  bilan  tasvirlaydi.  Parokanda  borliq 
bilan  aynan  «kichik  odam»ning  to'qnash  kelishi  hayotning  beburdlik  holatini 
yanada yorqinroq ochilishiga olib keladi. 
Pirandello  ijodining  gullash  davri  20-yillarga  to'g'ri  keldi.  Dramaturg  «O1ti 
personaj  muallifini  izlaydi»  (1921)  degan  mashhur  pyesasida  o'z  ijodining 
kashfiyotchilik  qudratini  to'la-to'kis  namoyon  etdi.  U  ijtimoiy  ziddiyatlarni 
e'tibordan  holi  qoldirmay,  drama  voqealarini  g'oyat  tomoshaviy  ruhda  tasnif  etdi. 



Download 0,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   151




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish