245 DRAMATURGIYA. XX asrning 10-yillarida Germaniyada ekspressionizm oqimi
paydo bo'ladi. Bu oqim birinchi jahon urushi arafasida yaqinlashib kelayotgan
ijtimoiy larzalarning aks sadosi sifatida dunyoga kelgan edi.
Ekspressionistlarni voqelikning ichki, botiniy mohiyatini ochish qiziqtirdi.
O'tgan asrdagi naturalizm va shuningdek realizm voqelikning ustki jihatigagina
qaratilgan izohchilik ruhidagi uslublar, deb e'lon qilindi. Ekspressionistik
dramaturgiyaning turqi-tarovati madaniyat tarixida «Hayqiriq dramasi» degan
tushuncha ta'birda o'z ifodasini topdi. Bu san'atda har narsa oshirib-toshirib
ifodalanishi shart: sujet tuzilishi va obrazlar rivojida birma-bir mantiqiy
izchillikkka erishishdan qochish; mashmashalarning oddiy va oshkoraligi;
holatlarni bir-biriga zid qo'yish kabilar ushbu oqimning muhim belgilari edi.
Ekspressionizm dramaturgiyasi V. Gazenkleverning «0'g'il» (1914) pyesasi
bilan dunyo yuzini ko'rdi. Jahon urushi arafasida yozilgan bu pyesada o'g'ilning
otaga qarshi bosh ko'tarib chiqish voqeasi odatdagi oilaviy mashmashalarni
eslatardi. Lekin undan ota va o'g'il orasidagi kelishmovchiliklarning mantiqiy
asoslarini izlash behuda. Unda ekspressionizmga xos tarzda rahm-shafqatlilik,
ezgulik haqida ko'p so'z-mulohazalar bo'lishiga qaramay, oxiri o'g'il o'z
to'pponchasini otaga qaratib o'q uzadi. Lekin muallifning asosiy maqsadi o'g'ilning
otaga qarata o'q uzishini ko'rsatishda emas, balki shu fojeani keltirib chiqargan
noinsoniy muhitni fosh etishda edi.
Ekspressionistlar urushlarni keskin qoralab chiqdilar. O'ziga qarshi o'zi qurol
ko'tarib chiqqan kimsalar insonligini yo'qotgan. O'ziga o'zi choh qazuvchi
manqurtlar tarzida baholandilar. Reynxardt Geringning “Dengiz jangi” (1918)
tragediyasida sahnada kishilarning jismoniy va ruhiy halokati ko'rinishi namoyon
bo'ldi. Dengiz qa'riga cho'kayotgan kema matroslari sardorining buyrug'I bilan
yuzlariga niqob tortib, vahima ichida o'zligini yo'qotib olomonga aylanib urush
falokatidan benom, beiz foniy dunyoni tark etib borardilar. Ular urushga tortilib
bashardan ajralib, o'limdan o'zga chorasi qolmagan gumroh bandalar edi.
Frand fon Unruni «Qavm» nomli dramatik trilogiyasi (1918-1920, songgi qismi
1936-yili tugallangan) haqli ravishda ekspres-sionizmning urush haqidagi eng yirik