245
uzilishidan dalolat berib turardi. Bu so'nggi lahzalar uning ko'ngil tugunlari
yechilib, ruhan poklangan holda foniy dunyoni tark etish lahzalari edi.
Harbiy xizmatdan maxsus chaqirib olingan Lorens Olivye, Ralf Richardson va
yosh rejissor Jon Barreldan iborat talantli uchlik 1944-yili «Old-Vik» teatri
rahbarligini qo'lga oladi. Bosh rolda L. Olivye ishtiroki bilan sahnalashtirilgan
«Richard III» spektakli 1944—45-yil mavsumining eng yirik voqeasiga aylanadi.
«Old-Vik» teatri urush yillarida 30-yillarning g'oya va shakllarini rivojlantirish
asosida o'z tarixida eng ilhombaxsh davrlardan birini boshdan kechirdi. Urushdan
so'ng ko'p o'tmay, Angliyaning bu eng yaxshi teatri hayotida ko'p yillarga
cho'zilgan chuqur tanglik boshlanadi. Bu urushdan keyingi yillarda ingliz sahna
san'atida ro'y bergan umumiy tanazzulning bir ko'rinishi edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |