1.Falsafa tarixida rivojlanish xakidagi karashlar evolyusiyasi. Rivojlanish
Rivojlanishning tiplari. Ochik tizimlarning evolyusiyasi.
3.Konun tushunchasi. Konunlarning turlari. Bazis va lokal konunlar.
4.Falsafaning asosiy qonunlari. Karama-karshilik birlgii va kurashi konuni.
Mikdor va sifat uzgarishlari dialektikasi. .Inkorni-inkor konuni va vorisiylik.
5.Kategoriya tushunchasi va ularning turlari. Fan va falsafa kategoriyalarining
Biz o’tgan olam, borliq, uning tuzilishi, shakllari atributiv xususyatlari haqida fikr yuritgan edik.
Falsafaning ushbu masalalari bilan shug’ullanadigan sohasi antologiya deb atalishi haqida to’xtalgan
edik. Falsafa borliqni bilishning sohasi gnoseologiya (yunoncha gnosis bilish, logos-ta’limot) deb
ataladi. Bizning bugungi mavzumizning maqsadini ana shu masala, ya’ni bilish masalasi tashkil etadi.
Falsafa borliqni o’z-o’zicha o’rganib qolmaydi, balki uning o’zgarishi , taraqqiyotining umumiy
qonunyatlarini bilib olish yo’nalishida o’rganadi. Va bunda muayyan metodlar va metodologiyaga
tayanadi.
Falsafada bilish masalasini qanday talqin qilishlariga ko’ra va bunda qanday metod va metodologiya
Shu bois «metod» va «metodologiya» tushunchalari mazmuni xususida to’xtalamiz.
Metod (yunon. metods - usul) keng ma’noda ijodiy faoliyatning har qanday shakli ma’nosini
1. Ijodiy faoliyatda qo’llaniladigan ma’lum usullar tizimi (fanda,siyosatda,san’atda va x).
2. Metodlar yig’indisi va faoliyat turi haqida ta’limotdir yoki metod haqidagi nazariya.
Fan metodologiyasi uning strukturasi,taraqqiyoti,ilmiy tadqiqot vositalari va usullari,uning
natijalarini asoslash yo’llari,bilimni tajribaga tadbiq qilish mexanizmi va shakllarini o’rganadi.
Falsafada metod, metodologiya masalasi insonning borliqni va o’z borlig’ini bilish masalasi
hisoblanadi. shunga ko’ra mazkur masala falsafa tarixida bahs mavzui bo’lib kelgan holda, u doimo
faylasuflarning diqqat e’tiborida bo’lgan. Va bugungi kunda ham ushbu masala hozirgi zamon
falsafiy yo’nalishlarida metodologiya bilishning muhim omili, vositasi bo’lib hisoblanadi. Masalan,
falsafiy, xususan ijtimoiy metodologiya hozirgi zamon germenevtikasida muammolar yechimini tahlil
qilishda keng qo’llanilmoqda.
Har qanday metodlar muayyan ilmiy nazariyalar negizida yaratiladi va bilish quroli vazifasini
bajaradi. Va mazkur bilishning natijasi o’z navbatida metodlar uchun xizmat qiluvchi nazariyalarning
boyishi mukammallashishiga xizmat qiladi. Shu manoda har qanday metod real hayotiy bilish
jarayonida shakllanadi. Metod haqiqiyligi tadqiqot predmeti (obektning) va bilish subyekti mazmuni
bilan bog’liq.
Shu bois metodning bilish usuli ekanligi nazariya , predmet(obyekt) va subyekt tushunchalarining
mazmuni orqali anglashiladi. Darxaqiqat, metod subyekt va obyektning dialetik birligida amal qiladi,
mukammallashib, rivojlanib boradi.
Metodlar turli asoslar-mezonlar bo’yicha tasniflanadi. Qaysi sohada qo’llanishiga ko’ra moddiy,
ma’naviy, g’oyaviy turlarga , uslubiyatga ko’ra ilmiy- nazariy va amaliy faoliyat turlariga ajratiladi.
Metod metodikada konkretlashadi. Metodika doimiy materiallarni yig’ish va saralash vositasi,aniq
faoliyat turidir.
Metodlar umumiylik darajasi va amal qilish doirasiga ko’ra bir necha guruhlarga bulinadi:eng
umumiy metodlar,umumiy va xususiy metodlar. Eng umumiy metodlar falsafiy metodlardir,u barcha
bilim sohalari, faoliyat uchun metodologiya bo’lib xizmat qiladi.
Falsafiymetodlar:dialektika,metafizika,sinergetika,sofistika.
Dialektika (yunon dialektika-bahs.) tabiat , jamiyat va bilish taraqqiyoti qonuniyatlari hamda ularning
asosida shakllanadigan umumiy tafakkur uslubi va amaliy faoliyat haqidagi ta’limotdir.
Abadiy va azaliy uzluksiz, o’zoro aloqadorlik, vaqtning ortga qaytmasligi, rivojlanish va taraqqiyot,
olamining birligi dealektikaning asosiy tamoyillaridir.
Falsafada ana shu tamoyillarga asoslangan tafakkurni- dialektik tafakkur, dunyoqarashni- dialektik
dunyoqarash, metodni-dialektik metod deb yuritiladi.
Qadimgi davrda Geraklit ( eramizdan avvalgi 540-483) dialektikani bilish metodi sifatida talqin
qilgan bo’lib, bu qarash keyinchalik Gegel tomonidan yanada chuqurroq tahlil qilinadi. U dialektikani
falsafiy metod, ta’limot darajasida ishlab chiqadi.
Metafizika ( yunon meta Physic fizikadan keyin) dialektika kabi unversal metoddir. Hozirgi zamon
fanida metafizika uch asosiy ma’noni anglatadi. Bular:
1. Umumiy hodisalar haqidagi falsafiy fandir. Uning asosi Arastudir.
2. Umuman borliq haqidagi ta’limot bo’lib, nazariya bilish mantig’i va uning xususiy
ko’rinishlaridan mustasnodir.
3. U bilish ( tafakkur) va harakatni falsafiy tushunish ma’nosida dialektikaga qarama-qarshi
qo’yiladi. Uning eng asosiy xususiyatlaridan biri bir tomonlamalik bilish jarayonining faqat nisbiy
xaqiqat darajasini mutlaqlashtirishdir. U turli tarixiy shakllarda, turli davrlarda o’zgarib borgan:
metafizik matrializm, natur falsafa va x.
Do'stlaringiz bilan baham: