JON LOKK (1632-1703 yy.) XVII asr Angliya falsafasining yirik nomayondasi bulib, Dekart
rasionalizimiga zid ravishda sensualizm (lot. «sezgi», «xis» demakdir)ni asoslashga harakat kildi.
Uzining falsafaga doyr «Kishi akli tugrisida tajriba» asarida bilish nazariyasini birinchi uringa kuydi.
J.Lokk tugma goyalar xakidagi nazariyani tankid kildi. Xudo goyasi noanik va chalkash, deb
xisobladi. Uning ta’kidlashicha, kishilar bilimi va goyalarimiz tajriba va sezgilarmizdan kelib
chikkandir. Kishilar tayyor tugma goyalarga ega bulmaydilar va bulishi xam mumkin emas. Lokk
tajribaning ikki turini-ichki va tashki tajribani bir-biridan farkladi. Tashki tajriba tashki narsalarning
sezgi a’zolarimizga ta’siri natijasida xosil bulgan sezgilar tuplamidan tarkib topadi. Ichki tajriba
(refleksiya) esa aklning uz faoliyatini va uning kurinish uslublarini kuzatishdir.
Lokk ta’limoticha, moddiy olamni bilish tashki dunyo predmet va xodisalarning sezgi a’zolarimizga
ta’sir etib, sezgi va xisslarni vujudga keltirishi bilan boshlanadi. Bilish jarayonining birinchi bosqichi
xissiy bilishdir, u tashki dunyo tugrisida oddiy goyalar beradi. Tafakkur esa bu tartibsiz goyalarni
sistemalashtiradi.
Lok bilimini uch turga ajratdi: boshlangich bilim (bevosita xissiy bilish); xulosalar chikarish orkali
kurgazmali bilim; induktiv bilim (akl-idrok orkali bilish) Lokk materiyaning sifat jixatdan turli tuman
ekanligini inkor etdi. Uning fikricha qanday narsalar xajmi, shakl, harakat va turgunlik singari
xususiyatlar bulib, ular birlamchi sifatlardir. Ular obyektiv xarakterga egadir.
Narsalarning rang, ta’m, xid, tovush singari sifatlari ikkilamchi kishilarning sezgi a’zolariga xos
subyektiv sifatdir.
XVII asr ingliz falsafasining rivojlanishi kapitalizmning karor topishi bilan uzviy boglik edi.
Kapitalizmning rivojlanishi va burjuaziyaning iktisodiy va siyosiy jixatdan kuchaya borishi bilan
burjuaziya uzining ilgor goyalarini amalga oshirish uchun, XVII asr oxirlarida mavkura
soxasida keskin burilish yasadi. Burjuaziya materializm va ateizmga karshi kurash boshlab, dinga
murojaat kila boshladi. Yangi sharoitda Angliyada subyektiv idealizm rivojlandi.
Bu davr subyektiv idealistik falsafaning yirik namoyondalari JON BERKLI (1684-1753 yy.) va
DAVID YuM (1711-1775 yy.) edilar.
Berkli uz oldiga idealizm bilan dinni xar tomonlama kullab-kuvvatlashni maksad kilib kuydi. Shu
maksadda avvalo materiya tushunchasini tankid kildi, obyektiv reallikni inkor etdi. Uning fikricha,
materiya mavxum tushuncha bulib, uni xech kim kurgan emas, chunki material tugrisida xech qanday
sezgilar yigindisi (kompleks)ni xosil qilish mumkin emas.
Berkli olamning borligini «Men» bilan boglandi. Olamda «Men» va sezgilardan boshka xech narsa
yuk, olamdagi narsalar sezgilar yigindisidan iboratdir. Xamma narsalar sezgilar kompleksidan
iboratdir. Berkli «Men» bor-olam bor. «Men» yuk-olam yuk, degan xulosaga keldi. U xudoni butun
sezgilarning birdan-bir manbai, deb xisoblashga urinib kurdi. Uning fikricha, bizni kurshab turgan
narsalar xudoning aklida goyalar sifatida yashaydi.
Bilish deydi Berkli, bu-kurish, eshitish, ta’m bilish kabilardir. Biz bilishda sezgilarimiz chegarasidan
tashkariga chika olmaymiz. Demak, narsalarni sezsak bor, sezmasak yuk. Ana shunga asoslanib,
Berkli inson sezgilaridan tashkaridagi obyektiv reallikning mavjudligini inkor etdi.
Berklining subyektiv idealistik falsafani asoslashga bagishlangan asarlari: «Kishi bilishning
prinsiplari xakida risola» (1710), «Uch suxbat» (1713).
David Yun qarashlari Berkli idealizmidan fark kilsa xam, mazmunan unga ancha yakindir. Yum
Berkliga nisbatan boshkacharok pozisiyani tanladi: obyektiv olamning mavjudligini kat’iy rad
etmadi. Yum obyektiv olam mavjudmi? Degan savolga: «bilmayman», deb javob berdi. Uning
fikricha, obyektiv reallik mavjud degan ishonchni xozirgacha na fan, na amaliyot isbot kila olmadi.
Tabiat bizdan ancha sir saklaydi. Shuning uchun xam biz bila olmaymiz. Yumning ta’kidlashicha,
bizning bilish obyektimiz obyektiv reallik emas, balki subyektiv sezgilarimizdir.
Yum inson bilimlarining obyektiv reallikka mos kelishiga shubxa bilan karadi. Yum falsafiy ta’limoti
uchun subyektiv idealizmni skeptinizm bilan kushish xosdir. U narsa va xodisalar urtasidagi sababiy
boshlanishlarni bilish mumkinligini inkor etdi. Uning fikricha kishilar narsalar va xodisalarning
takrorlanishi tufayli bir xodisani ikkinchisining sababi sifatida kurishga odatlangandirlar. Shuning
uchun xam kishilar xodisalar urtasidagi sababiy boglanishni ochishga ojizdirlar. Yum obyektiv
sababiyatni inkor kilgani xolda subyektiv sabab mavjudligini e’tirof etdi. Sabab va okibat
kategoriyalariga sezgilarning xususiyati sifatida karadi.
XVII asrning ikkinchi yarmiga kelib Garbiy Yevropa mamlakatlarida, ayniksa Fransiyada falsafa va
burjua siyosiy qarashlari urtasidagi kurash keskinlashdi. Bu kurash 1789-1794 yillardagi burjua
inkilobida uz aksini topdi. Bu inkilobni goyaviy jixatdan tayyorlashda fransuz fayl asu f lari va
ma’rifatchilari: VOLTER (1694-1778YY.) JAN JAK RUSSO (1712-1778YY.) DIDRO (1713 -
1784), LAMETRI (1709-1751), GELVESIY (1715-1771) va GOBBAX (1723-1789) muxim rol
uynaydilar .Ular din va sxolastikaga asoslangan falsafaga xamda Fransiyadagi sosial-siyosiy
tartiblarga karshi kurashdilar.
XVIII asr fransus materialistik falsafasi uziga xos xususiyatlarga egadir. Uning vujudga kelishida
utmish goyaviy-madaniy merosining ijobiy ta’siri katta buldi . Ayniksa Dekard fizikasi Spinozaking
materialistik ta’limoti , Bekon , Gobbs va Lokkning falsafiy qarashlari ijobiy ta’sir kursatdi. Yangi
davri falsafasining tabiy-ilmiy tayanchi xam XVII asrga nisbatan ancha mustaxkamrok edi.. Bu
davrda mexanika , matematika , astranomiya singari qatoriga medisina , fizialogiya, bialogiya singari
fanlar kushildi.. Bu esa fransus faylasuflarining materiya va harakat tugrisidagi tasavurlarning
kengayishiga yordam berdi.
Fransuz faylasuflari Dekart, Lokk, Gobbs, Spinoza ta’limotlaridagi biryoklamalikni bartaraf etadilar
va mexanistik materializm ta’limotini yaratdilar. Bunga sabab shu ediki, ular yashagan davrda
tabiiyot fanlari, xususan fizika, ximiya, biologiya xali yurgakda edi. Fransuz faylasuflari biologik va
ijtiomiy xodisalarni mexanika konunlari asosida isbotlashga va tushuntirishga harakat kildilar.
Materiyaning bulinmas va uzgarmas atomlaridan iborat ekanligini e’tirof etib, uning fakat fizikaviy
ta’rifini berdilar. Ularning fkricha, insonning sezgi a’zolariga ta’sir qiluvchi barcha narsalar
materiyadir.Golbax ta’limotiga kura, materiya jismlarining turlicha kelishuvidan iboratdir.materiya
abadiydir: bordan yuk bulmaydi. Materiya tabiatdan tashkaridagi kuchga muxtoj emas. Materiyaning
tuxtovsiz harakati predmetlar va ularning xossalarini uzgartirib turadi.
Fransuz materialistlarining fikricha, tabiatning asosiy moxiyati amal qilish, ta’sir etish va harakatidir.
Frasuz faylasuflari goyalar xakida fikr yuritib, «tugma goyalar» ning bulishini rad etdilar. Ularning
ta’lim berishicha oddiy goyalar sezgilarimizning maxsulidir. Golbax: «Xar qanday goya sezgi va
xissiy kabul qilishning manbai bulgan predmet obrazidir», - deb yezdi.
Fransuz faylasuflari dinni xar tomonlama: ilmiy-tarixiy, axlokiy va urf odat jixatidan tankid kildilar.
Dinning paydo bulishi kishilarning tabiat kuchlari oldidagi ojizligi, ilmsizlik va nodonlik natijasi
ekanligini isbotlashga harakat kildilar. Golbax: «Tabiat sistemasi» asarida dinni keskin tankid kilib,
xudo odamni emas, balki odam xudoni yaratgan, voke’likdan xech qanday gayri-tabiiy kuch yuk va
bulishi xam mumkin emas deb yezdi. Mutafakkirlarning fikricha din kishilar ongini zaiflatiradi,
ijodiy kobiliyatini susaytiradi, xurofot kuchiga aylantiradi.
Lametri uzining «Kishi-mashina» nomli asarida inson maxorat bilan yasalgan mexanizmdir, uning
organizimini mexanikaga tayanib urganish kerak, degan goyani ilgari surdi. Lametrining falsafiy
qarashlari Epikirning atomistik nazariyasi, Spinozaning yagona substansiya tugrisidagi ta’limoti,
Dekartning fizik qarashlari ta’sirida shakllandi. Yana bir tanikli fransuz materialisti Gelvesiy uzining
falsafiy qarashlarida axlok va ijtimoiy siyosiy masalariga kuprok e’tibor berdi. U kishi fazilatlari
muxit va tarbiya maxsulidir, degan yangi nazariyani ilgari surdi. U axlokiy masalalarida ijtimoiy va
shaxsiy manfaatlarni muvafiklashtirish tarafdori sifatida maydonga chikdi.
Fransuz faylasuflari sezgilar bilish manbai ekanligini, bilish obyektiv borligini kishi ongida aks etishi
ekanligini asoslash bilan tafakkurning bilishdagi roli va axamiyatini xam kayd etdilar.
Fransuz faylasuflari uz ijtimoiy qarashlarida tabiat tugrisidagi materialistik ta’limotlarini jamiyat
soxasiga tadbik eta olmadilar. Ular jamiyat tarixini buyuk shaxslar tarixidan iborat deb tushundilar.
XVIII asr fransuz falsafasining tarixiy axamiyati shundaki, u tabiatshunoslik fanlari bilan uzviy
bogliklikda rivojlandi va falsafiy tafakkurni yangi bosqichga kutardi.
3. Ma’lumki, hamma zamonlarda ham falsafa o’z davrining dolzarb muammolarini hal etish yo’llarini
topishga harakat qilgan. XX asrga kelib insoniyat fan va texnika taraqqiyoti sohasida ulkan yutuk-
larni ko’lga kiritdi. Lekin shu bilan birga, aynanushbu asr ijtimoiy silsilalar, ikkita jahon urushi,
ekologik inqiroz, og’ir yo’k-tishlar davri ham bo’ldi. Bu esa falsafiy fikr taraqqiyotida o’z aksini
topdi, uning turli yo’nalish va oqimlari shug’ullangan muammolarning salmog’i, maksad-muddaosini
anik belgiladi. Buning natijasi sifatida, hozirgi davr falsafasida nihoyatda xilma-xil oqim va
yo’nalishlar mavjud. O’z navbatida, bu ilm-fan va amaliyotning hamda XIX asrning ikkinchi yarmi
va hozirgacha bo’lgan falsafa ilmi rivojining asosiy xususiyatlarini belgilaydi.,
Hozirgi zamon falsafasining eng asosiy tamoyillari umuminso-niylikning ustuvorligi, uning milliylik
bilan uyg’unligi, demokra-tik erkinliklar, inson kadri, biror ta’limotni mutlaklashtirmaslikdir.
Bag’rikenglik va tolerantlik hozirgi falsafiy ta’limotlar rang-barangligini ta’minlaydi.
An’anaviy falsafada, turli g’oyaviy tizimlarga bo’linishiga qaramay, muhim muammolarni hal etishda
ma’lum bir umumiylik mavjud edi. Hozirgi zamon falsafasida aksincha, falsafiy muammolarning
ko’p xilligi va o’ziga xosligi, turli-tumanligi, ular asosida falsafiy oqimlarning mustaqil yo’nalish
sifatida shakllanganligi yaqqol ko’zga tashlanadi.
An’anaviy falsafada akd — inson mohiyatining belgilovchisi, deb talqin etilgan bo’lsa, endi
rasionalizmga qarshi insonning mavjudligi (ekzistensializm) muammolari hamda uning norasional
mohiyati ilgari surila boshladi. Ya’ni, ilgari ma’rifatparvarlik g’oyasi ustuvor bo’lsa, endilikda
ko’proq inson huqukdariga e’tibor kuchayib ketdi. Falsafa go’yoki, mavhumlikdan aniqliktomon
bordi, umumiy emas, aniq-ravshan masalalarni hal qilish boshlandi.
An’anaviy falsafada hodisalar mexanika qonunlari asosida tushuntirishga harakat qilingan bo’lsa,
endi bunday taxlil doirasidan chetda qolgan muammolar o’rganila boshlandi.
Bugungi kunga kelib ko’pgina falsafiy oqimlar o’zlarining an’anaviy falsafaga aloqador ekanliklarini
hamda ulardan farq qilishlarini ta’kidlash maqsadida, nomlariga "neo", ya’ni yangi, zamona
viylashgan degan ma’noni anglatuvchi qo’shimchani qo’shganlar. Masalan, neopozitivizm,
neotomizm va boshqalar shular jumlasiga kiradi.
Pozitivizm (lotin. positivus — ijobiy) — falsa-fiy tafakkurning G’arb mamlakatlarida keng tarkalgan
bir ko’rinishi bo’lib, uning diqqat markazida falsafa va fan munosabati muammosi turadi. XIX
asrning 30—40-yillarida Fransiyada eski falsafiy an’analardan uzil-kesil voz kechish va yangi ilmiy
falsafa yaratish zarurligi to’g’risida O. Kont bahs-munozaralar yuritadi va pozitivizm falsafasiga asos
soladi.
P. ning rivojlanish jarayonida fandan dunyoqarashga bevosita taallukli muammolar olib tashlana
bordi. Buni XIX asr pozitivizmining yirik vakillari — J. S Mill va Spenser qarashlarida yaqqol
ko’ramiz. P. vakillarining ta’kidlashicha, bilish, tajriba, subyekt-obyekt munosabati. «Narsa»,
«substansiya», voqelikning unsurlari, fiziologik va psixologik jarayonlarning o’zaro aloqadorligi
masalalari sof metafizika muammolaridir.
Neopozitivizm oqimining yirik namoyandalari Karnap, Aiyer, Rassel, Vitgenshteyn va boshqalardir.
Neo — yangi pozitiv — ijobiy, degan ma’noni anglatadi.
Neopozitivistlar verifikasiya prinsiiini ilgari suradilar (lot. Veritas — haqiqat). Ularning fikricha,
faqat tajribada o’z tasdig’ini topgan bilimgina haqiqiydir. Lekin nazariy, mavhum bilimlarning
hammasini ham tajribada ekvivalentini topish, aynan shunday ekanligini isbot qilish mumkin
emasligi tufayli bu prinsip keyinchalik inkor etildi.
Shundan so’ng postpozitivizm (ya’ni, keyingi pozitivizm) vakili K. Popper falsifikasiyalash metodini
ilgari surdi. Bunga ko’ra, inson ba’zi nazariy bilimlarning haqiqatligini emas, xato ekanligini
isbotlashi kerak. Oxir-oqibatda neopozitivizm vakillari falsafa bilimlarning haqiqiyligini mantiqiy —
lingvistik usul orqali isbotlashi va sistemalashtirishi kerak, degan xulosaga keldilar.
XX asrning 30-yillariga kelib "ekzisten-ekzistensial sial falsafa" rivojlandi. Ekzistensiya — falsafa
tom ma’noda mavjud bo’lmoq, demakdir. Ekzistensializm nihoyatda xilma-xil yo’nalishdagi
ta’limotlarni insonning ma’naviy dunyosi, inson taqdiri, erkinligi g’oyalari asosida umumlashtirdi.
Ekzistensializm-vakillari asosan ikki yo’nalishga bo’linadilar. Biri — dunyoviy (Xaydeger, Sartr,
Kamyu) va ikkinchisi liniy (Yaspers, Marsel) bo’lib bunday bo’linish nisbiydir.
Xaydeger, Sartr, Kamyularning ta’limotiga ko’ra, inson o’zining yaratish jarayonini o’zi erkin amalga
oshiradi. Insoniyat oldida ulkan imkoniyatlar mavjud bo’lib, ulardan qaysi birini tanlashda u erkindir.
Demak, inson o’z mohiyatini o’zi erkin belgilaydi, uning kim bo’lib yetishishi faqat uning o’ziga
bog’liq. Shu ma’noda, inson doimo rivojlanib boradigan, tugallanmagan loyihaga o’xshatiladi.
Erkinlik insonning o’zi tomonidan yaratiladigan ichki ruhiy holati tarzida talqin etiladi.
Shunday qilib, XX asrga kelib rang-barang falsafiy ta’limotlar shakllandi. Ularning barchasini
mazkur mavzuda ko’rib chiqish imkoniyati bo’lmasa-da, yuqorida bayon etilgan ma’lumotlardan
falsafiy plyuralizm haqida, falsafa zamon va makon bilan botlik, murakkab fan ekanligi to’g’risida
muayyan xulosaga kelish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |