3. XVII-XII asr Yevropa falsafasi tom ma’noda progressiv burjuaziyaning dunyoqarashi bulib, u
avvalo tabiiyot fanlari erishgan barcha yutuklarni umumlashtirgan, unga tayangan va uning uzi ayni
vaqtda tabiiyot fanlari uchun nazariy asos va bilish metodi bulib xizmat kilgan.
Bu davr falsafasi uchun metafizik tafakur va mexnaizm xos edi. Bunday xolatni vujudga kelishi
tarixiy sharoit va tabiiyot fanlari tarakkiyotining darajasi bilan boglik edi. Ma’lumki, tabiat
tugrisidagi kadimgi davrda erishilgan bilimlar umumiy xarakterga ega bulib, u yangi davr amaliyoti
va fani talablariga javob bera olmaganligi uchun yangi davr tabiatshunoslari fanlarni bir necha
tarmoklarga ajratdilar, falsafadagi metafizik metodga ingliz mutafakkirlari F.Bekon va J.Lokk asos
soldilar.
bulib, XVI asr oxiri -XVII asrda Yevropaning Gollandiya, Fransiya va Angliya singari
mamlakatlarida kapitalistik munosabatlar tez rivojlanayotgan davrda yashadi. Bu davrga kelib
Angliya dengiz mamlakatiga aylandi. Burjuaziya yangi rivojlanish bosqichiga kutarildi, yangicha
xayotiy va amaliy extiyojlar ishlab chikarish va fan oldiga katta talablar kuya boshladi. Ana shunday
tarixiy sharoitda F.Bekon ingliz sanoat burjuaziyasi va yangi dvoryanlar manfaatining tarafdori
Bekon urta asr sxolastikasining nazariy asosi bulib, xizmat kilgan Pifagor va Platon goyalariga karshi
chikib, falsafa avvalo amaliy (praktik) xarakterga ega bulishi kerak, uning asosiy predmeti materiya
va uning tuzilishini urganishdir, degan goyani ilgari surdi. Uning fikricha, materiya buzilmas
shakllarga ega bulib, bu moddiy shakllar zichlik, siyraklik, sovuklik, ogirlik, issiklik singari turlicha
harakatlanuvchi oddiy sifatlarning moddiy ifodasidir.
Bekon harakat materiyaning obyektiv ichki xususiyati ekanligini e’tirof etdi, lekin olamdagi
tarakkiyotni inkor kilid. U harakatni 19 bulakka ajratdi. Harakat shakllari turlicha bulsa xam ular bir
doyra ichida qayta-qayta takrorlanish xususiyatiga egadir, deb tushuntirdi. Bekon Platonning tabiat
moxiyatini, shuningdek uning konuniyatlarini bilish mumkinligini inkor etuvchi nazariyasini tankid
kildi. Bekon bilishning asosiy kuroli sifatida tajribani oldi, shu bilan qatorda bilish jarayonida
tafakkur bilan nazariyaning rolini inkor kilmadi. Tajriba orkali tabiatni bilish mumkinligini tasdikladi.
Bekon moddiy olamni bilishda inson bilimining kuchi va kudratiga yukori baxo berdi va birinchi
bulib, «bilim-kuchdir» degan shiorni urtaga tashladi. Bekon fikricha bilish earayoni barcha
amaliyotning uzaro birligidan iboratdir. Bilimning uzi esa obyektiv olamning kishilar ongidagi
in’ikosidir. Kishilarning sezgilari, xislari orkali olingan dalillar, bilimlar va tajriba xulosalari tafakkur
orkali qayta ishlanadi.shuning uchun xam Bekon bilish jarayonida tafakkur rolini inkor etuvchi
empiriklar va rasionalistlarni tankid kilib, empiriklarni narsalar tuplashdan boshka narsani
bilmaydigan chumoliga rasionalistlarni esa tukuvchi urgimchaklarga uxshatdi.
Bekon yangi fan mash’alini yokdi-eksperimental tabiatshunoslik faniga asos soldi. Fan xulosalari
faktlarga asoslanish, ulardan keng umumlashtirishga utishi kerak, narsa va xodisalarning sababiy
boglanishini aniklash xakikiy bilimning asosiy garovidir, deb ta’kidladi.
Bekonning falsafa tarixidagi ulkan xizmatlaridan yana biri shundaki, u bilishda induktiv metodni
ishlab chikdi. Bu yangi ilmiy metod kuzatish, taxlil, kiyoslash va eksperimentni uz ichiga oladi.
Uning fikricha, indktiv bilish metodi ayrim faktlarni bilishdan boshlanib, asta-sekin umumiy nazariy
xulosalar tomon boradi. Uning moxiyati dalillarni kuzatish, ularni sistemalashtirish va turlarga
ajratish, ularni keraksiz dalillardan tozalash, xodisalarni kismlarga bulish, faktlarni tajribada tekshirib
kurish va faktlarni umumlashtirishdan iboratdir, deb kursatdi. Bekonning induktiv metodi fan
tarkkiyotida, shubxasiz katta axamiyatga ega buldi.
Bekon uzining ilgor falsafiy qarashlari bilan davr talablariga javob berishga harakat kildi, falsafa va
fan tarixida aloxida mavke’ni egalladi. Bekon yangi davr ingliz materialistik falsafasi va umuman,
tabiiy fanlar asoschisidir.
Do'stlaringiz bilan baham: