1-mavzu: Falsafaning baxs mavzulari, jamiyatdagi o’rni va asosiy vazifalari. Reja



Download 421,16 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/10
Sana08.12.2021
Hajmi421,16 Kb.
#190075
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
1 ma'ruza

Ushbu  davr  falsafasi  xam  oldingiga  nisbatan  katta  kadam  tashladi.  Fanda  qo’lga  kiritilgan 

yutuqlarning falsafiy izohlanishi, kashf etilayotgan ilmiy usul va uslublarning falsafaga tatbik etilishi, 

falsafiy  konunlarni  fanning  turli  sohalarida  sinab  ko’rilishi  o’sha  davr  faylasuflari  uchun  odatiy 

holga  aylandi.  Bu  tamoyillar  esa  milliy  chegaralarni  bilmaydigan,  umuminsoniy  qadriyatlar 

xususiyatiga  egadir.  Uyg’onish  davri  Yevropa  fani  va  falsafasi  ham  insoniyat  tarixida  eng  buyuk 

ko’tarilish davrlaridan biri bo’lib koldi.

3.  XVII-XII  asr  Yevropa  falsafasi  tom  ma’noda  progressiv  burjuaziyaning  dunyoqarashi  bulib,  u 

avvalo tabiiyot fanlari erishgan barcha yutuklarni umumlashtirgan, unga tayangan va uning uzi ayni 

vaqtda tabiiyot fanlari uchun nazariy asos va bilish metodi bulib xizmat kilgan.

Bu  davr  falsafasi  uchun  metafizik  tafakur  va  mexnaizm  xos  edi.  Bunday  xolatni  vujudga  kelishi 

tarixiy  sharoit  va  tabiiyot  fanlari  tarakkiyotining  darajasi  bilan  boglik  edi.  Ma’lumki,  tabiat 

tugrisidagi kadimgi davrda erishilgan bilimlar umumiy xarakterga ega bulib, u yangi davr amaliyoti 

va  fani  talablariga  javob  bera  olmaganligi  uchun  yangi  davr  tabiatshunoslari  fanlarni  bir  necha 

tarmoklarga  ajratdilar,  falsafadagi  metafizik  metodga  ingliz  mutafakkirlari  F.Bekon  va  J.Lokk  asos 

soldilar.

Ingliz  faylasufi  FRENSIS  BEKON  (1561-1626  yy.)  yangi  davr  falsafasining  asoschilaridan  biri 

bulib,  XVI  asr  oxiri  -XVII  asrda  Yevropaning  Gollandiya,  Fransiya  va  Angliya  singari 

mamlakatlarida  kapitalistik  munosabatlar  tez  rivojlanayotgan  davrda  yashadi.  Bu  davrga  kelib 

Angliya  dengiz  mamlakatiga  aylandi.  Burjuaziya  yangi  rivojlanish  bosqichiga  kutarildi,  yangicha 

xayotiy va amaliy extiyojlar ishlab chikarish va fan oldiga katta talablar kuya boshladi. Ana shunday 

tarixiy  sharoitda  F.Bekon  ingliz  sanoat  burjuaziyasi  va  yangi  dvoryanlar  manfaatining  tarafdori 

sifatida uzining falsafiy asari - «Yangi organon»ni yaratdi.



Bekon urta asr sxolastikasining nazariy asosi bulib, xizmat kilgan Pifagor va Platon goyalariga karshi 

chikib, falsafa avvalo amaliy (praktik) xarakterga ega bulishi kerak, uning asosiy predmeti materiya 

va  uning  tuzilishini  urganishdir,  degan  goyani  ilgari  surdi.  Uning  fikricha,  materiya  buzilmas 

shakllarga ega bulib, bu moddiy shakllar zichlik, siyraklik, sovuklik, ogirlik, issiklik singari turlicha 

harakatlanuvchi oddiy sifatlarning moddiy ifodasidir.

Bekon  harakat  materiyaning  obyektiv  ichki  xususiyati  ekanligini  e’tirof  etdi,  lekin  olamdagi 

tarakkiyotni inkor kilid. U harakatni 19 bulakka ajratdi. Harakat shakllari turlicha bulsa xam ular bir 

doyra  ichida  qayta-qayta  takrorlanish  xususiyatiga  egadir,  deb  tushuntirdi.  Bekon  Platonning  tabiat 

moxiyatini, shuningdek uning konuniyatlarini bilish mumkinligini inkor etuvchi nazariyasini tankid 

kildi.  Bekon  bilishning  asosiy  kuroli  sifatida  tajribani  oldi,  shu  bilan  qatorda  bilish  jarayonida 

tafakkur bilan nazariyaning rolini inkor kilmadi. Tajriba orkali tabiatni bilish mumkinligini tasdikladi. 

Bekon  moddiy  olamni  bilishda  inson  bilimining  kuchi  va  kudratiga  yukori  baxo  berdi  va  birinchi 

bulib,  «bilim-kuchdir»  degan  shiorni  urtaga  tashladi.  Bekon  fikricha  bilish  earayoni  barcha 

amaliyotning  uzaro  birligidan  iboratdir.  Bilimning  uzi  esa  obyektiv  olamning  kishilar  ongidagi 

in’ikosidir. Kishilarning sezgilari, xislari orkali olingan dalillar, bilimlar va tajriba xulosalari tafakkur 

orkali  qayta  ishlanadi.shuning  uchun  xam  Bekon  bilish  jarayonida  tafakkur  rolini  inkor  etuvchi 

empiriklar  va  rasionalistlarni  tankid  kilib,  empiriklarni  narsalar  tuplashdan  boshka  narsani 

bilmaydigan chumoliga rasionalistlarni esa tukuvchi urgimchaklarga uxshatdi.

Bekon  yangi  fan  mash’alini  yokdi-eksperimental  tabiatshunoslik  faniga  asos  soldi.  Fan  xulosalari 

faktlarga  asoslanish,  ulardan  keng  umumlashtirishga  utishi  kerak,  narsa  va  xodisalarning  sababiy 

boglanishini aniklash xakikiy bilimning asosiy garovidir, deb ta’kidladi.

Bekonning  falsafa  tarixidagi  ulkan  xizmatlaridan  yana  biri  shundaki,  u  bilishda  induktiv  metodni 

ishlab  chikdi.  Bu  yangi  ilmiy  metod  kuzatish,  taxlil,  kiyoslash  va  eksperimentni  uz  ichiga  oladi. 

Uning fikricha, indktiv bilish metodi ayrim faktlarni bilishdan boshlanib, asta-sekin umumiy nazariy 

xulosalar  tomon  boradi.  Uning  moxiyati  dalillarni  kuzatish,  ularni  sistemalashtirish  va  turlarga 

ajratish, ularni keraksiz dalillardan tozalash, xodisalarni kismlarga bulish, faktlarni tajribada tekshirib 

kurish  va  faktlarni  umumlashtirishdan  iboratdir,  deb  kursatdi.  Bekonning  induktiv  metodi  fan 

tarkkiyotida, shubxasiz katta axamiyatga ega buldi.

Bekon uzining ilgor falsafiy qarashlari bilan davr talablariga javob berishga harakat kildi, falsafa va 

fan  tarixida  aloxida  mavke’ni  egalladi.  Bekon  yangi  davr  ingliz  materialistik  falsafasi  va  umuman, 

tabiiy fanlar asoschisidir.


Download 421,16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish