269
yoshining 8 oylikdan kam bo„lishi, mokiyonlarning tullashi, ularning ratsionidagi
oqsil, vitamin, makro va mikro elementlar bilan ta‟minlanish darajasiga bog„liq.
Inkubatsiya tuxumlarini saqlash xonalarida harorat 8-12 ºS, nisbiy namlik 75-
80% ni tashkil qilishi kerak.
Tuxumlarni inkubatsiyalash davrida uning ichida harorat 37,4-37,5ºS va jo„ja
ochib chiqish paytida esa 37,0-37,2ºS, nisbiy namlik inkubatorda 50-55%; jo„ja
ochish shkafida esa 70-75% bo„lishi talab etiladi.
Inkubatorda haroratning muntazam me‟yordan past bo„lishi jo„ja ochishni
kechiktiradi, aksincha haroratning keskin oshib ketishi; 41ºS dan yuqori bo„lishi
murtakning o„limiga sabab bo„ladi.
Inkubatorlarda nisbiy namlikning me‟yordan past bo„lishi embrionning ko„p
namlik yo„qotishiga sabab bo„lib o„limga olib keladi, agar namlik oshib ketsa
tuxumdan namlik ko„tarilishi to„xtaydi, natijada tuxum po„chog„ining ustida
mikroorganizmlar
rivojlanib, tuxum ichiga kirib uning oqsilini buzadi.
Inkubatorda me‟yordagi havo harakati inkubatsiyalashga ijobiy ta‟sir
ko„rsatadi havo almashinuvi natijasida inkubator ichida 20,8% kislorod va 0,3%
karbonat angidrid gazi nisbati ta‟minlanadi.
Tuxumning tarnovlar yordamida inkubator ichida ag„darib turish ham tuxum
sarig„i embrionini po„choqqa siqib qo„yishidan saqlaydi, aks holda po„choqqa
yopishgan murtak ko„rib rivojlanishdan to„xtaydi.
Inkubatorlarda tuxum issiq havo bilan isitiladi, davriy ravishda o„zgarib
turadi. Inkubatsiyalashning 1-10 kunlarida tuxum yuzasidagi harorat 38,5-38,8ºS,
11-16 kunlari 37,5-38,6ºS, 17 nchi kundan 21 nchi kungacha 37-37,5 ºS dagi
harorat ushlab turiladi.
Inkubatsiyalash davomida havoning namligi dastlabki 5-6 kunda me‟yorda
ekanligini tuxum vaznining 0,5-0,6 % kamayganligi bilan aniqlanadi.
Inkubatsiyalash jarayonida uning me‟yorda kechayotganligini bilish uchun
biologik nazorat o„rnatiladi. Unda embrionni rivojlanishi quyidagicha kechadi:
ovoskop yordamida inkubatsiya tuxumlarini yoritib murtakning rivojlanishi
baholanadi; tuxumlarning vaznini kamayishini tortib ko„rishi; dastlabki jo„ja ochib
chiqish bilan uning oxirigicha bo„lgan vaqtni aniqlash; ochib chiqqan jo„jalarni soni
va sifatini aniqlash, palagda tuxumlarning barchasini ochib ko„rib embrionni o„lish
sabablarini aniqlash.
Ovoskop yordami inkubatsiyalanayotgan tovuq tuxumlari 6 nchi, 11 nchi va
19 kunlari; kurka va sesarka tuxumlari 7,13 va 25 kunlari, g„oz tuxumlari 8,15, 28
kunlari tekshiriladi. Buning natijasida otalanmagan embrion nobud bo„lgan
tuxumlar chiqarib tashlanadi.
Tuxumlarning vazni birnecha marta tortib ko„riladi , unga qarab embrionda
modda almashinuvi natijasida rivojlanishi vaznining kamayishi aniqlanadi.
Tuxum vazni butun inkubatsiyalash jarayonida me‟yorda 11-13% ga kamayadi.
Tortib ko„rish tovuqlarda inkubatsiyalashning 6 nchi, 12 nchi va 18 nchi, boshqa
parrandalarda esa 24inchi kunlari ham o„tkaziladi.
270
Inkubatsiya davri tovuqlarda 21 kun, o„rdak va kurkalarda 28 kun, g„ozlarda
30-31 kun, bedonalarda esa 17-18 kunni tashkil qiladi. Tovuqlarda tuxumdan
jo„jalar chiqishi 1 kunda, boshqa qishloq xo„jalik parrandalarida esa 2 kungacha
davom etadi.
Tuxumlardan jo„ja chiqish me‟yorda tovuq tuxumlarida 85%, o„rdak
tuxumlaridan 80% tashkil etib, o„rdak , g„ozlarda bu ko„rsatkich pastroq bo„ladi.
Jo„jalarning sog„lomligi harakatchanligi, ko„zining tiniqligi, tumshuq va
oyoqlarining rangidan, parlarining yaltirikligiga qarab aniqlanadi.
Jo„jalar tuxumdan chiqib bo„lgandan keyin asl jo„jalar o„stirishga o„tkazilib,
nuqsonli jo„jalarda go„sht-suyak uni tayyorlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: