Go‘sht uchun broyler jo‘jalarini o‘stirish muhim soha bo„lib
hisoblaanadi.
Go„sht uchun duragay, tez o„sish qobiliyatiga ega, oziqadan samarali
foydalanadigan jo„jalar kerak. Duragay broyler jo„jalari 8 haftalikda 1,5-1,7kg,
o„rdak jo„jalari 7-8 haftaligida 3 kg; urg„ochi kurkalar 7-8 haftaligida 3,5-4 kg,
erkaklari 5 kg; g„oz jo„jalari 8-9 haftaligida 4,5 kg, sesarka jo„jalari 10-11
haftaligida 1 kg, bedona 9 haftaligida 110-120 gramm tirik vaznga erishadi. Broyler
jo„jalari 1 kg vazn qo„shishi uchun 2,2-2,6 kg yem, kurka jo„jalari 3,0-3,6 kg,
o„rdak jujlari 3 kg oziqa sarflaydi. Davlat andozasi bo„yicha go„shtga
topshirilganda jo„jalar 0,6 kg, broyler jo„jalari 0,8 kg, kurka jo„jalari 2 kg, o„rdak
jo„jalari 1,3 kg, g„oz jo„jalari 2 kg, sesarka 0,6 kg vazndan kam bo„lmasligi talab
etiladi.
Broyler jo„jalari yirik korxonalarning bir qismi, fermer, kichik korxona
shaxsiy yordamchi xo„jaliklarda qalin tushamalar ustida o„stiriladi. Ba‟zi
ixtisoslashgan broyler go„shti ishlab chiqaradigan fabrikalarda kataklarda
o„stiriladi. Broyler jo„jalari to„shamalar ustida 1m² yuzada 12-20 boshdan
saqlanadi.
Parrandaxonaga 1 kunlik jo„jalar keltirilgandan keyin 50-56 kundan keyin
to„liq go„shtga so„yiladi.
Broyler jo„jalari o„stirish xonasida harorat 24-25ºS dan past bo„lmasligi,
bruderlar ostida esa 33-35ºS bo„lishi ta‟minlanadi. Keyinchalik harorat 20ºS ,
undan ham pasaytiriladi, nisbiy namlik 60-70% tashkil qiladi. Yoritish butun
o„stirish davomida 24 soatni tashkil qiladi.
Broyler jo„jalarini 2 xil omixta yem bilan o„stiriladi. Birinchisi 30
kunlikkacha, ikkinchisi 30 kundan 55 kungacha qo„llanib tarkibi bilan farqlanadi.
Kurka jo„jalarini go„sht uchun o„stirishda sanoat asosida yopiq binolarda,
yayratmasdan o„stiriladi. Ular ko„pro„q oziqalar bilan boqilib, 120 kunlikda
go„shtga so„yiladi. Yerga tushalgan qalin tushamaning har bir 1m² maydoni
yuzasiga 4-5 bosh kurka jo„jasi to„g„ri keladi.
O‟rdak jo„jalari qalin tushamalarda yoki katakli batareyalarda o„stiriladi.
Ular bruderlar tagida o„stirilganda 1m² yuzaga 10 kunlikda 14-16 bosh, 20 kunlikda
12 bosh, keyingi davrda esa 6-7 boshdan joylashtiriladi.
G‟oz jo„jalarini go„sht uchun o„stirishda qalin tushamalardan, ba‟zan sanoat
asosida ishlaydigan korxonalarda katakli batareyalardan foydalaniladi. Ular 60 kun
jadal o„stirilib so„yiladi. Shu davrda ular 3,7-4,2 kg vaznga yetib, 1 kg vazn
qo„shishiga 3,0-3,5 kg oziqa sarflaydi.
279
Katta parranda go„shti ishlab chiqarish korxonalari berk doirada ishlaydi.
U inkubatsiya tuxumini olishdan boshlab, tayyor go„sht mahsulotini sotish bilan
tugaydi. Bunday xo„jaliklarda 4-4,5 marta jo„ja boqilishi nazarda tutiladi.
Ota-ona galasi yil davomida ishlab chiqarilishi lozim bo„lgan broyler go„shti
hajmidan kelib chiqadi. Bunda yana albatta ota-ona zotlardan bittasida oq tusning
dominantligiga e‟tibor beriladi, chunki oq tus broyler go„shtining tovar xususiyatini
ta‟minlaydi.
Inkubatsiya tuxumi go„sht tovuqlaridan 8 oyligidan 16 oyldikkacha yoki 7-8
oy tuxum olinadi, shundan tuxumlashning birinchi 5 oyida tuxum berish ko„proq
bo„ladi. 16 oylikdan katta yoshdagi tovuqlar tuxumi broyler jo„jalari olishga
yaroqsiz hisoblanadi.
Ota-ona galasi yerda saqlanadi, ma‟lum qatorga mansub 150 kunlik
parrandalar guruhlanadi. 2m² maydonga 7 ta tovuq joylashtiriladi. Harorat 15-18 ºS
, nisbiy namlik 60-70% bo„ladi. Yosh mokiyonlar 210 kunligida voyaga yetgan
tovuqlar toifasiga o„tadi.
Ota-ona galasi uchun yosh jo„jalar, jinsi bo„yicha ajratilib, asllari o„stirishga
qoldiriladi. 63 kungacha broyler jo„jalari kabi o„stiriladi, yoki 1 m² maydonga 16-
17 bosh 1 kunlik jo„ja to„g„ri keladi, 63 kunda tanlab yaxshi rivojlanganlari
qoldiriladi. 70 kunlikdan boshlab 250 kkal energiya va 16% xom proteinga ega
omixta yem bilan oziqlantiriladi.
Yoritish 24 soatdan 8 soatga tushiriladi, natijada jinsiy balog„at yoshiga
yetish biroz orqaga suriladi. Asosiy galaga o„tkazishda yana baholanib, talabga
javob bermaydigan parrandalar puchak qilinadi.
Broyler jo„jalari asosan yerda 10000-20000 boshdan qilib boqiladi. Shuning
uchun keng tovuqxonalarda “broyler 10”,“ broyler 20” jihozlari o„rnatilib unda
barcha jarayonlar mexanizatsiyalashgan va qisman avtomatlashgan. Ular bunkerli
oziqa tarqatgich, oziqa tarqatish yo„lagi, vakuum so„g„orgich, silindrsimon osma
oxurlar, elektr bruderdar va ular to„siqlar bilan ta‟minlagan.
Yangi jo„jalar olishdan oldin bino obdan tozalanib, dezinfeksiya qilinib,
yuzasiga sundirilgan ohak sepiladi (0,5kg 1 m² ga) va 12-15 sm qalinlikda tekis
qilib tushama solinadi. O‟stirish davomida 1 bosh broyler uchun 2,2-2,5 kg
to„shama sarflanadi. Har bir parrandaxona bir kunda bir kunlik ikki jinsdagi jo„jalar
bilan to„ldiriladi. Broylerlarni joylashtirish ularning yoshi va vazniga qarab 1 m²
yerga 13-14 boshni tashkil qiladi. Har bir bruder tagiga 500 jo„ja qo„yiladi. Bruder
atrofiga 40 sm balandlikdagi to„siqlar o„rnatiladi, shunday qilganda 1 chi hafta
jo„jalar to„liq issitgich tagida bo„ladi.
Birinchi besh kunlikda harorat 26-25ºS, bruder tagida esa 33-35ºS,
keyinchalik u sekin pasaytirib boriladi va o„stirish oxirida 18 ºS bo„ladi. Bruderlar
3-4 haftada foydalanilib keyin uchirib qo„yiladi.
Dastlabki 3-4 kun jo„jalarga mayin yem beriladi, keyin kichik oxurlar olinib
katta oxurlar qo„yiladi.
280
Jo„jalar osma suv oxurlaridan foydalanishga o„rganadi.2 haftaligidan boshlab
jo„jalar oziqa tarqatgichlar yordamida oziqlantiriladi. Bunda 1 broyler jo„jasiga 5-6
sm yem va 3-4 sm suv oxur uzunligi ajratiladi. Respublikamizda broyler jo„jalari
63 kunlikgacha ustiriladi(chet elda 49 kundan 56 kungacha). Jo„ja go„shti ishlab
chiqarish samarasi ularning qanchalik jadal o„sishiga bog„liq. Barcha qishloq
xo„jalik parrandalari go„sht uchun so„yish muddatlari, davrlar bo„ylab o„sish
tezligi, nimta va go„sht sifati, 1 kg semirishi uchun sarflangan oziqa miqdori bilan
baholanadi.
Broylerlarni o„stirishda alohida yoritish tizimi qo„llaniladi. Birinchi 3-4 hafta
yoritish 24 soat , 40 kunlikdan 17 soat qilib belgilanib o„stirish oxirigacha shunday
qoldiriladi. 1 o„n kunlikda yoritish darajasi 1m² ga 4 Vt, keyinchalik 2 Vt ga
tushiriladi, tunlari esa yoritish 0,5 Vt/ m² bo„lsa yetarli bo„ladi.
Hozirgi paytda broyler jo„jalari katakli batareyalarida o„stirilish natijasida
mehnat unumdorligi 3-4 barobar ortadi. Broylerlarni o„stirishda asosiy e‟tibor
oziqlantirishga qaratilishi kerak, oziqa to„laqiymatli, ko„pro„q va har doim
oxurlarda turishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |