Maqsudov ilhomjon, joraev jomurod yangiboevich, amirov shavkat qo ziboevich


To‘shamalarda o‘stirishda 1 m² yuzada jo‘jalar  qalinligi, bosh



Download 3,26 Mb.
Pdf ko'rish
bet326/433
Sana30.09.2021
Hajmi3,26 Mb.
#189918
1   ...   322   323   324   325   326   327   328   329   ...   433
Bog'liq
chorvachilik asoslari

To‘shamalarda o‘stirishda 1 m² yuzada jo‘jalar  qalinligi, bosh 
 
Tuxum 
yo„nalishidagi 
jo„jalar 
Go„shtdor jo„jalar  Kurka jo„jalari 
O‟rdak jo„jalari 
G‟oz jo„jalari 
Yoshi (kun 
hisobida) 
Bosh 
soni 
Yoshi 
(kun 
hisobida) 
Bosh 
soni 
Yoshi 
(kun 
hisobida) 
Bosh 
soni 
Yoshi (kun 
hisobida) 
Bosh 
soni 
Yoshi 
(kun 
hisobida) 
Bosh 
soni 
1-30 
25 
1-30 
20 
1-20 
10 
1-10 
15 
1-30 
10 
31-60 
16 
31-70 
12 
21-60 

11-55 

31-70 

61-150 

71-180 

61-170 

56-180 
3,5 
71-180 

 
Broyler  jo„jalar  bir  kunligidan  go„shtga  topshirgunga  qadar  1  m²  yuzada  12 
boshdan boqiladi.  
Jo„jalarni  qalin  to„shamalar  ustida  o„stirishda  bruderlar  –  isitkichlardan 
foydalanish juda qulay. Har bir bruder tagida 500-600 bosh jo„ja boqilib ular uchun 
yetarli harorat yaratib beriladi.  


 
272 
O‟stirishning birinchi kunidan boshlab jo„jalar yengil hazm bo„ladigan oziqlar 
bilan oziqlantiriladi. Omixta yem tarkibi: makkajo„xori doni – 50%, bug„doy 16%, 
arpa  8%,  soya  shroti  16%,  quritilgan  yog„sizlantirilgan  sut  12%.  Donlar 
maydalanib, aralashtirib yediriladi. 
Jo„jalar  quro„q  oziqalar  bilan  oziqlantirilganda  uni  donador  qilib  yedirish 
yaxshi  natijalar  beradi.  Donador  oziqalar  o„lchami  1  oyda  3mm,  ikkinchi  oydan 
boshlab 4 mm qilib yedirilsa bo„ladi. 
Jo„jalar  dastlabki  oyda  har  2  soatda,  keyingi  oylarda  esa  3  soatda 
oziqlantiriladi.  Iloji  boricha  jo„jalarni  mahalliy  don  va  qo„shimchalar  evaziga 
ratsionning  to„laqiymatliligini ta‟minlash zarur. 
Nasldor  parrandalarni  3  oyligidan  oziqlantirish  biroz  chegaralaniladi,yoki 
ularning  muddatidan  oldin  jinsiy  yetilishi  oldi  olinadi,  o„rtacha  85  gr  omixta  yem 
beriladi,  6  oyligiga  kelib    ratsionda  asta-sekin  oziqalar  ko„paytirilib  155  gr  ga 
yetkaziladi. 
Jo„jalar  jo„ja  o„stirish  sexida  130-140  kunlikkacha  o„stiriladi.  Tovuqlar 
kataklarda  saqlanadigan  bo„lsa,  jo„jalarni  ham  kataklarda  o„stirish  maqsadga 
muvofiq  hisoblanadi.  Jo„jalar  dastlab  isitiladigan  KBE-1  va  KBM  qafasli 
batareyalarda  saqlanib  uning  katagi  0,37  m²  maydonga  ega  bo„lib,  unga  22  va  28 
jo„ja  o„tqaziladi.  Bu  kataklarda  oziqa  tarqatish,  axlatni  yig„ishtirish  to„liq 
mexanizatsiyalashgan.  61-140  kunligida  KBA,  BK-5,  BK-3  qafasli  batareyalarida 
har katakda 8-9 jo„ja saqlanadi.  
Jo„jalarni  o„stirish  mobaynida  2-3  marta  ko„chirish  ularning  o„sish  va 
rivojlanishiga salbiy ta‟sir ko„rsatadi. Shuning uchun hozir sanoatda parrandachilik 
korxonalarida  KBU  batareyalarida  1  kunlikda  140  kunlikkacha          bir  katakda 
o„stirish yaxshi natijalarni beradi. KBU-3  batareyasida 1 katak  maydoni 0,63 m². 
bu batareyalarda hamma ishlar mexanizatsiyalashgan. Unda jo„jalar dastlab 3 nchi 
qavat kataklarga  qo„yiladi, keyin esa 2-1 qavatlarga ko„chiriladi. 
Polda jo„jalar 30 kungacha o„stirish davomida bruder tagida harorat 35ºS dan 
22ºS gacha pasaytiriladi, nisbiy namlik esa 60-70% ni tashkil qiladi. 
Barcha yoshlarda reja asosida emlashlar o„tkaziladi. 
Jo„jalar  saqlanuvchanligi  qafaslarda  yoki  yerda  o„stirilganda  30  kunlikkacha 
95-97%    31-60%  kunlikda  96-99%  va  60-140  kunligida  98-99%bo„lishi  kerak. 
Zootexnikaviy  puchaklash 60  yoki  140 kunligida o„tkaziladi  va  15-20% ni  tashkil 
etadi.     
Broyler  jo„jalar  asosan  yirik  parrandachilik  sanoat  korxonalarida  o„stirilib 
,to„laqiymatli  yaxshi  hazm  bo„ladigan  maxsus  tarkibdagi  omixta  yemlar  bilan 
boqiladi.Ular  2-2,5  oyligida  1500-2000g  tirik    vaznga  ega  bo„lishi  ta‟minlanadi  . 
Ularning  1kg  vazn  oshishiga  3kg  yem  sarflanadi.Broylerlar  sanoat  korxonalari, 
fermer  xo„jaliklari  va  shaxsiy  yordamchi    xo„jaliklarda  qalin  tushamalarda 
o„stiriladi. 
O‟rdak  va  g„oz  jo„jalari  yirik  ixtisoslashgan  xo„jaliklarda  chegaralangan 
parrandaxonalarda jadal o„stirib go„shtga topshiriladi. 


 
273 
Unda  jo„jalar  10  kun  issiq  kataklarda  o„stirilib  ,keyin  qalin  tushamali 
parrandaxonalarga  o„tkaziladi.Bu  davrga  kelib  jo„jalar  vazni  200g  dan  ko„proq 
bo„lib ,isitish asosiy mezon bo„lib hisoblanmaydi. 
Go„sht  uchun  o„rdak  jo„jalari  bir  oydan  keyin  bo„rdoqilash  xonalariga 
joylashtirilib,  25  kun  bo„rdoqilanib  vazni  2,0-2,5kg  bo„lganida  go„shtga 
topshiriladi. 
O‟rdak  va  g„oz  jo„jalarini  katakli  batareya  yoki  yerda  boqqanda  ularni 
boshdan oxirigacha  bir joyda boqib bo„rdoqilagan ma‟qul. 
Kurka  jo„jalari  uch  haftagacha  tovuq  jo„jalari  singari  qalin  to„shamalar  yoki 
simli  kataklarda  saqlanadi  .Keyin  taxta  polli  yoki  qalin  to„shamali  binolarda 
boqiladi.Ularni to„laqiymatli yemlar bilan ta‟minlash yaxshi natijalar beradi.Fermer 
va  shaxsiy  yordamchi  xo„jaliklarda  ularni  yozgi    lagerlarda,yaylovlardan 
foydalangan holda o„stirish samarali hisoblanadi. 
 

Download 3,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   322   323   324   325   326   327   328   329   ...   433




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish