Maqsudov ilhomjon, joraev jomurod yangiboevich, amirov shavkat qo ziboevich


Ildiz  va  tuganak    mevali  oziqalar



Download 3,26 Mb.
Pdf ko'rish
bet137/433
Sana30.09.2021
Hajmi3,26 Mb.
#189918
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   433
Bog'liq
chorvachilik asoslari

Ildiz  va  tuganak    mevali  oziqalar      maxsus  omborlarda  saqlanib,  u  yerda 
mu‟tadil harorat va namlik yaratib beriladi. 
Bunday  omborxonalar  bo„lmagan  xo„jaliklarda  lavlagi  uralar  yoki  burtlarda 
saqlanadi. 
2.3.5.Jadval   
Tayyorlangan turli sifatidagi oziqalar to‘yimligi 
 
S
ifa
t kl
assi
 
O‟t talqoni 
Pichan 
Senaj  
Silos  
Ozuqa 
birligi 
Hazmla-
nuvchi 
protein, g 
Ozuqa 
birligi 
Hazmla-
nuvchi 
protein, g 
Ozuqa 
birligi 
Hazmla-
nuvchi 
protein, g 
Ozuqa 
birligi 
Hazmla
nuvchi 
protein, 


0,71 
115,2 
0,49 
42,5 
0,33 
34,0 
0,19 
15,0 
II 
0,60 
99,1 
0,40 
34,7 
0,27 
27,8 
0,15 
11,8 
III 
0,50 
81,8 
0,30 
26,0 
0,20 
20,6 
0,10 
7,9 
Klas 
siz 
0,35 
57,6 
0,20 
17,3 
0,14 
14,4 
0,07 
5,5 
 


 
88 
Burtlarga    lavlagi    eni  3-5  m,  balandligi  2-3  m    qilib  terib  taxlanadi,  har  3-4 
metrda havo kirish moslamalari qo„yiladi, usti somon, pohol yoki chang„aloq bilan 
yopib qo„yiladi.  
Sifat  bo„yicha  klassi  pasayib  borishi  bilan  oziqalarda  to„yimlik  nisbati  ham 
kamayib boradi. 
 Oziqalarni  yedirishga  tayyorlash.    Har  bir  hayvon  yoki  parranda  turiga 
beriladigan  oziqa  uning  biologik  xususiyatlarini  inobatga  olgan  holda  yedirishdan 
oldin  tayyorlanishi  shart,bu  tadbir  oziqalarni  xushxo„r  bo„lishi  bilan,  ularning 
hazmlanishini yaxshilaydi. 
Dag„al oziqalar albatta maydalanib, ba‟zilari esa qo„shimcha ishlovdan keyin 
yediriladi.  Chunki  bu  oziqalarning  ko„pchilik  qismini  kletchatka  (yog„ochsimon) 
moddasi tashkil  qilib hayvonlar tomonidan qiyin hazm qilinadi. 
Shuning    uchun  somon  va  pohol  albatta  ishlovdan    keyin    hayvonlarga 
yedirilishi kerak. Ular asosan kovshovchi hayvonlarga yediriladi. Somon va pohol 
dastlab  2-3  sm    qilib  maydalanadi,  sung  yuviladi  undan  keyin  1%  sungdirilgan 
oxak, yoki osh tuzi eritmasi qo„shiladi va xandaklarda 10-12 soat mobaynida(KV-
200, KV-300) quruq par bilan usti yopilgan holda parlanadi va 3-4 soat qoldiriladi. 
Mexaniq  va  kimyoviy  jarayon  natijasida  kletchatka  ancha  yumshaydi,  oziqa 
yeyish uchun qulay va xushxo„r bo„ladi. Buning uchun  har bir fermer xo„jaligida 
dag„al xashaklarni ishlab  beradigan kichik sexlar qurilishi taqozo etiladi.  
Somon va poholni ishlab  berilsa, ular hayvonlar tomonidan to„liq yeyilmaydi  
( nushxur chiqadi) hamda hayvon oshqozoni uni hazm qilish uchun ko„p energiya 
sarflaydi,  shuning  uchun  bunday  davrlarda  sigirlar  oziq  ,  mahsuldorligi  pasayib 
ketadi. 
Silos, senaj 2-3 sm uzunlikda maydalanib hayvonlarga yediriladi. 
Ko„k oziqalar esa dalada 2-3 sm uzunlikda  o„t urish mashinalari yordamida 
maydalanib tashib, keltirilib hayvonlarga yediriladi. 
Ildiz  va  tuganak  mevali  oziqalar  qoramollar  uchun  (PRK-5.)  qurilmalirida 
yuvib, maydalanib yediriladi. Sigirlarga tozalangan lavlagini butunlay bermasa ham 
yaxshi  iste‟mol qiladi.  
Cho„chqalarga tuganak mevalar( kartoshka ) albatta pishirib beriladi. 
Oziqa polizi hayvonlarga maxsus qurilmalarda maydalanib yediriladi. 
Don  oziqalar  asosan  maydalanib  yediriladi    faqat  cho„chqalarga  donlar 
maydalanib, pishirib beriladi. 
Kichik  parrandachilik  korxonalari  va  fermer  xo„jaliklarida  parrandalar 
namlangan oziqalar bilan oziqlantiriladi. 
Fermer xo„jaliklarida qoramollarga yaxshi sharoit va mehnatni oqilona tashkil 
qilish  maqsadida  monokorm  (bir  xil)  oziqa    berish  yaxshi  natijalar  bermoqda. 
Buning  uchun  oziqalar  yem,  silos,  senaj,  pichan,  somon  ,  lavlagi 
maydalanib(Volgar-5)  yem  bilan  aralashtirilib  5-6  soat  urab  qo„yiladi.  Natijada  
dag„al  oziqalar  yumshab,  mayinlashib  xushxo„r  bo„ladi.  Bunday  oziqalar  
hayvonlar tomonidan suyib iste‟mol qilinadi va yaxshi hazmlanadi. 


 
89 
Mehnatni  tashkil  qilish  osonlashadi,  har  bir  oziqani  alohida  tarqatish  o„rniga 
monokormni  bir  kunda  2  marta  yedirish    mehnat  va  transport  harajatlarini 
kamaytiradi. 
Qishloq  xo„jalik  hayvonlari  parrandalarini  meyorda  oziqlantirish  ularning 
(salomatligini)    ko„payish  qobiliyatini  va  mahsuldorligini    ta‟minlashning  garovi 
hisoblanadi. 
Hayvon va parrandalarni yetarlicha oziqlantirmaslik ularning ozib, ko„payish 
va  mahsuldorligiga, salomatligiga  salbiy ta‟sir etadi. 
Me‟yordan  oshiqcha    oziqlantirish  ularni  ortiqcha  semirishga  sabab  bo„lib, 
ko„payish qobiliyati va mahsuldorligini pasaytirib yuboradi. 
Zootexnikaviy  va  iqtisodiy  nuqtai  nazardan  me‟yorda  oziqlantirish 
hayvonlarning salomatligi, mahsuldorligi garovi hisoblanadi. 
Oziqlantirish    me‟yori hayvonning sog„lom bo„lishi, ko„payish qobiliyati va 
mahsuldorligini ta‟minlash uchun zarur to„yimli moddalarga talabiga aytiladi. 
Me‟yor hayvon yoki parranda turi,yoshi, mahsuldorligi va fiziologik holatiga 
ko„ra o„rnatiladi. 
Hayvon  va  parrandalar  talabi    detallashtirilgan  me‟yorlar  22-30  gacha  
ko„rsatkichga ko„paytirilgan. 
Oziqlantirish me‟yorlari hayvonlar ratsionini majmua  baholashni talab etadi. 
Ratsion  –  hayvonlar  salomatligi,  yuqori  mahsuldorligini  va  sifatini 
ta‟minlovchi,  ularning  to‟yimli  va  biologik  faol  moddalarga  talabini  qondiruvchi 
oziqa miqdori va sifatidir. 
Me‟yorda  oziqlantirish    hayvonlar  turi,  jinsi,  yoshi,  fiziologik  holati, 
mahsuldorligiga  ko„ra  energiya,  asosiy  to„yimli  protein,  ayrim  aminokislotalar, 
uglevod,  yog„lar,  mineral  va  vitaminlarni  quruq  moddalar  tarkibida  belgilangan 
miqdorda bo„lishini ta‟minlash.  
Turli  tur,  jins,yosh,  mahsuldorligi  ishlatish    va  saqlash    sharoitlariga  qarab 
energiyaga bo„lgan talabi har xil bo„ladi.  
Oziqalar  energetik  qiymati  1  kg  oziqa  quruq  moddasining    tarkibidagi 
almashinuvchi energiya, yoki oziqa birligi bilan ifodalanadi . 
Oziqalardan  olgan  energiyani  hayvonlar  va  parrandalar  modda  almashinuvi  , 
tana harorati saqlash a‟zolari faoliyati va mahsulot ishlab  chiqarishga sarflaydi. 
Oziqlantirish  me‟yorlarida  energiyaga  talab  umumiy  qilib  berilgan,  aslida 
hayvonlarni    hayotini  saqlab  turishi  va  mahsuldorligiga  bo„linadi.  Bir  xil 
hayvonlarning    turli  mahsuldorligiga  qarab  energiyaga  talabi  o„zgaradi  .  Yuqori 
mahsuldorlik    ko„p  energiyani  talab  etadi.  Sigirni  hayotini  saqlashi  uchun  kuniga 
4,7  oz.  birligi  kifoya,  1  kg  sut    uchun  0,5  oz.  birligi  sarflanganda  10  kg    sut 
beradigan sigirga 9,7 oz. birligi, 20 kg sut beruvchi  sigirga esa 14,7 oz. birligi talab 
etiladi.  
Sigirlar  mahsuldorligi    ortishi  bilan  hayotini  saqlab  turishi  va  mahsuldorligi 
uchun sarflangan energiya 1:1 dan 1:3 gacha ortishi mumkin.  


 
90 
Hayotini  saqlab  turish  bo„lgan  energiya  asosan  tirik  vaznga    bog„liq,  vazni 
kichik hayvonlar kamroq energiya sarflaydi,shuning uchun sutdor qoramolchilikda 
bu  ko„rsatkichga  e‟tibor beriladi(sutdorlik koeffitsienti). 
Hayvonlar  energiya  bo„lgan  talabi  ,  ob-havo,  oziqlantirish,  saqlash 
foydalanishga qarab o„zgarishi  mumkin. 
Hayvon  va  parrandalar  me‟yoriy  mikroiqlim  sharoitlarini  yaratib  berish 
energiya sarfini kamaytiradi va ijobiy  samara beradi. 
 Sigirlar  1  kg  4%  yog„ligidagi  sut  ishlab,  chiqarishlari  uchun  0,5  oz.  birligi, 
5,7  mDj  almashinuvi  energiya,  yosh  qoramollar  esa  1  kg  vazn  qushishiga  5  oz.  
birligi yoki 57 mDj sarflaydi. 
 Qishloq  xo„jalik  hayvonlarini  oziqlantirishda  quruq  modda  va  uning  sifati 
muhim  o„rin  to„tadi.  Quruq  modda  iste‟mol  qilinishiga  oziqa  sifati  va  uning 
yedirishga  tayyorlash,  hayvonning  mahsuldorligi  va  fiziologik  holati,  quruq 
moddada  almashinuvchi energiyaning yigindisi    va ratsion turiga bog„liq bo„ladi. 
Ratsion  tarkibi  –  alohida  va  bir  guruh  oziqalarning    to„yimligi  bo„yicha    
foizdagi   ifodasiga aytiladi . 
Hayvonlarning  quruq moddalarga talabi bir oziqa birligiga yoki 100 kg tirik 
vazniga keladigan miqdori bilan belgilanadi. 
Oziqalar  tarkibida  kletchatkani  mo„l  bo„lishi  uning  hazmlanishini 
qiyinlashtiradi, energiya miqdorini kamaytiradi. 
Kletchatka  miqdorini  kam  bo„lishi  kovshovchilarga  oziqa  hazm  qilish 
jarayoniga salbiy ta‟sir ko„rsatadi. 
Kletchatka  miqdori  talablar  darajasida  hayvonning  oshqozon-ichak  tuzilish 
biologik  xususiyatlariga  yoshi,  mahsuldorligi  va  fiziologik  holatiga  mos  tushishi 
kerak. 
Oziqalardagi almashinuvchi  energiya va kletchatka o„rtasida uzviy bog„lanish 
bor.  Eng muhim  ko„rsatkich oziqa quruq moddasi tarkibidagi  protein miqdoriga 
bog„liq. 
Ratsionda  uning  yetishmasligi  to„yimli  moddalar  samaradorligini 
ta‟minlamaydi, oziqalar sarfi 20-50% ortib ketadi proteinga talab turli hayvonlarda 
yoshda va  fiziologik holatda o„zgaradi. Sogin va  bug„oz sigirlar,  nasldor erkak 
hayvonlarining qochirish mavsumida proteinga talabi ortadi. 
Qishloq  xo„jalik  hayvonlari  ratsioni  xom  va  almashinuvchi  protein  , 
parrandalarda esa xom protein bo„yicha tenglashtiriladi. Protein 1 kg oziqa yoki 1 
oz. birligi tarkibidagi miqdori bilan belgilanadi. 
Kovshovchi          hayvonlarda  protein  va  uning  katta  qorinda  erishi    oqsilsiz 
azotsiz  birikmalari  nisbati  inobatga    olinadi.  Katta  qorinda  bakterial  oqsil  hosil 
bo„lishi,  kovshovchilarda  ratsionlarni  aminokislotalar  bilan  tenglashtirish  shart 
emas. 
Kovshovchilarda  ratsion  barcha  to„yimli  moddalar  bilan  tenglashtirilganda 
proteinga  bo„lgan    talabni  25-30%  oqsilsiz  azotli  birikmalar  hisobida  qondirilishi 
mumkin. 


 
91 
Cho„chqalarda    xom  va  hazmlanuvchi  proteindan  tashqari  lizin,metionin  va 
sistin nazorat qilinadi. 
Parrandalar  ratsioni  protein  bilan  birga  asosiy  o„rindi  almashmaydigan 
aminokislotalar  lizin,  metionin,  triptofan,  arginin,  gistidin,  leysin,  izoleysin, 
fenilalanin, treonin, valin va  glisin bo„yicha tenglashtirilishi shart.  
 Kovshovchilar qand va kraxmal protein bilan ma‟lum nisbatda bo„lishi kerak, 
yoki qand  - protein nisbati 0,8-1,0 ni tashkil qiladi. 
Xom  yog„  qoramollarda  20  kg  gacha,  yosh  cho„chqalarda    va  parrandalarda 
tenglashtiriladi.  Parrandalarda  albatta  o„rni  almashmaydigan  yog„  kislotalari  ham  
nazorat qilinadi.  
Mineral moddalar hayvonlar ratsionida ularning turi,yoshi, jinsi, mahsuldorligi 
va  fiziologik  holatiga  qarab  tenglashtiriladi,  makro  va  mikro  elementlar 
me‟yorlashtiriladi. 
Barcha  qishlok  xo„jalik  hayvonlari  ratsionlari  osh  tuzi  ,  kaliy  va  fosfor, 
qoramollar ratsioni qo„shimcha magniy,kaliy, oltingugurt, qo„ylar ratsioni  magniy 
va oltingugurt, otlarda magniy bilan tenglashtiriladi.  
Mikroelementlardan temir, mis, rux, kobalt, marganes va yod inobatga olinadi. 
Barcha mineral moddalar me‟yor talablari darajasida bo„lishi shart, uning kam 
yoki ko„p bo„lishi modda almashinuviga salbiy ta‟sir qilib hayvonlar mahsuldorligi 
va  salomatligini pasaytirib yuboradi.  
Turli  qishloq  xo„jalik  hayvonlarining    vitaminlarga    talabi  farqlanadi. 
Qoramollarda  –  karotin,  vitamin  D,  Ye;  qo„ylarda  –  karotin,  vitamin 
D,ko„chkorlarga  qushimcha  Ye  vitamini;    cho„chqalarda  karotin  A,  D,  Ye  va  B 
guruh  vitaminlari;    otlarda  –  karotin,  A,  D
3
,  Ye,  B
1
,  B
2
,B
3
,  B
4
,  B5,  B
6
,  Bs,  B
12
 
vitaminlari;  parrandalarda    A,  D,  Ye,  K,  B
1
,  B
2
,B
3
,  B
4
,  B
5
,  B
6
,  B
s
,  B
12
  va  S  
vitaminlari me‟yorlashtiriladi. 
Har  bir    jins  va  yoshdagi  hayvonlar    guruhlariga  me‟yor  chegarasida  hafta 
yoki 10 kunga  ratsion tuziladi,  chunki shartlar ish  muddatda o„zgarishi    mumkin, 
ya‟ni hayvon holati,  yoki oziqa  turi. 
 Qishloq  xo„jalik  hayvonlari  uchun  muayyan  sharoitda  tenglashtirilgan  va 
tenglashtirilmagan  ratsionlar tuziladi. 
Tenglashtirilgan    ratsion  barcha  me‟yor  ko„rsatkichlarini  ta‟minlab, 
belgilangan mahsuldorlikka erishadi.  
Ratsion  tuzganda oziqalar sifati va yeyilishini inobatga  olish kerak, aks holda 
hayvonlar mahsuldorligi pasayib ketadi. 
Ratsionda  ayrim  tur  oziqalar  nisbati  uning  tipi  deyiladi.  Ratsion  tipi,  hayvon 
turi,yoshi,  fiziologik  holati  va  mahsuldorligi  hamda  mahalliy  oziqalarni  inobatga 
olgan  holda  belgilanadi.  Qaysi  oziqa  nisbati  ko„p  bo„lsa  shu  oziqa  nomi  bilan 
nomlanadi. Sigirlarda silos-senaj, silos-ildizmeva va hokazo. 
Turli  hududlarda  iqlim,  tuproq,  oziqalar  turi,  hayvonlar  turi  va 
mahsuldorligiga  qarab  aniq  oziqlantirish  tizimi  yaratilishi  kerak,  unda  asosan 
xo„jalikda yetishtirilgan arzon oziqalardan foydalanishni  ko„zda  tutish kerak. 


 
92 
Me‟yorlashtirilgan  oziqlantirishning  asosiy  maqsadi  har  bir  guruh  hayvonni 
me‟yorlar    asosida  oqilona  oziqlantirish  bilan  yuqori  mahsuldorlikka    erishish, 
hamda ularni turli yuqumsiz kasalliklarga chalinishini oldini olishni taqozo etadi. 
Oziqalar sifati andozalar hamda laboratoriya tahlillari asosida belgilanadi. Shu 
bois  har  bir  katta  guruh(g„aram,  xandak)  oziqalarni  yedirish  boshlanishidan  oldin 
laborator tahlilidan o„tkazish  tavsiya etiladi. 
Oziqalar  to„laqiymatliligi  hayvonlarning  yuqori  mahsuldorligi,  sog„ligi  va 
yuqori darajadagi ko„payish qobiliyatida o„z aksini topadi. 
Oziqlantirishning    to„laqiymatligi  yana  hayvonlarning    ushbu  oziqalarni 
ishtaha  bilan  yeyishiga  bog„liq,  hayvonlarga  suv  ,tuz  yetishmaganda  ishtahasi 
yomonlashadi va mahsuldorligini pasayishiga sabab bo„ladi. 
Ratsion  to„laqiymatliligini  hayvonlar  qoni  chiqindilari  va  mahsulotlarini 
bioximik  tahlili  asosida  xulosalar  qilishi  mumkin.    Hayvonlarda  protein 
almashinuvi buzilishining belgisi qonda oqsil va uning fraksiyalari, gemoglobin va 
metagemoglobin, mochevina paydo bulishidan anglash mumkin. 
Qonda glyukoza va glikogenning kamayishi uglevod almashinuvi buzilishidan 
dalolat  bo„ladi.  Yog„  almashinuvi  buzilishi  qonda  keton  tanalarini  sonini 
me‟yoridan ko„payib ketishiga sabab bo„ladi. 
Mineral moddalar me‟yori buzilishini qonning kislota-ishqor nisbatidan  bilib 
olsa bo„ladi. 
A-  vitamin  bilan  ta‟minlanganlikni  qonda,  sutda  va  tuxumda  karotin  va  A 
vitamini borligiga qarab aniqlanadi.  
Urg„ochi  hayvonlarda  A  vitaminni  yetishmovchiligi  jinsiy  faoliyatga  salbiy 
ta‟sir ko„rsatib, otalanish qiyinlashadi. 
Erkak  hayvonlarda  A  va  Ye  vitaminning  yetishmasligi  jinsiy  faoliyatining 
susayishi, urug„ hajmining kamayishi va urug„da patologik jarayonlarda kuzatiladi. 
Yosh  hayvonlarda  karotin  va  V vitamini  yetishmaschligi oziqa hazm  qilishni 
buzadi.  
Tuxumlaydigan    tovuqlar  ratsionida  vitaminlar  yetishmasligi  tuxumning 
inkubatsiyalanish sifatlariga, jo„ja  chiqishi va saqlanuvchiligiga salbiy ta‟sir qiladi. 
Ratsionlarni    doimiy  tahlil  qilib  borish  uchun  hayvonlar  qoni  va 
mahsulotlarining  muntazam  biokimyoviy  tahlil  qilib  borish,  zarur  hollarda  tezkor 
choralar, ya‟ni ratsionlarga o„zgartirishlar kiritish talab etiladi. 
 

Download 3,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   433




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish