86
urish, ag„darish, to„plash, ortish, tashish, g„aramlash. Urish kosilkalar va jatkalar
yordamida amalga oshiriladi. Urilgan o„t bir tekisda qurishi uchun u ag„dariladi,
uning namligi 20-25% ga tushganda u to„planadi, pogro„zchiklar (PU-0,5)
yordamida telejkalarga ortiladi va pichanxonalarga yetkaziladi. Pichan g„aramga
bosiladi. G„aram tagi yerdan kamida 70 sm baland bo„lishi kerak, pichan to„liq
bosib bo„lingandan keyin uning usti suyri bo„lim qor va yomgir suvlari bemalol
oqib tushadigan bo„lishi kerak. Iloji boricha garam ustini nam o„tkazmaydigan
matolar
bilan urash kerak, natijada pichan harajati 15-20% kamayadi.
Pichanni iloji bor joylarda maxsus ayvonlar tagida, soyada quritish uning
tarkibidagi barcha to„yimli moddalar va karotinni saqlab qolish imkonini beradi.
Bundan tashqari yirik fermer xo„jaliklarda pichanlarni sun„iy shamollatish
(ventilyatorlar yordamida) orqali sifatli pichan tayyorlash mumkin.
Ko„k o„tlarda o„t talqoni tayyorlash alohida ahamiyatga ega, chunki ushbu
oziqa yosh hayvonlar, ayniqsa cho„chqa va parrandalar ratsioning ajralmas qismi
hisoblanadi. Kuk o„tlar AVM-0,4;0,8.,agregatlarida talqonga aylantiriladi, kerak
bo„lsa OGM -0,8 agregatlarida donorga aylantirilib omborda saqlanadi.
Qishloq xo„jalik hayvonlarini oziqlantirishda silos alohida o„rin tutadi, chunki
konservalanish davrida o„simlik qandidan hosil bo„lgan sut kislotasi barcha
mikroorganizmlar faoliyatini tuxtatishi natijasida oziqalar tarkibida barcha to„yimli
moddalari va xossalari saqlanib qoladi.
Silos tayyorlash uchun o„simlik namligi 65-70% bo„lib, doni dumbul bo„lishi
kerak. Xo„jalikda
texnika tayyorlanadi, xandaklar ta‟mirlanadi va oqlanadi.
Silos tayyorlash uchun o„simlik (makkajo„xori, oqjuxori, kungaboqar, ko„k
boshoqlilar) kombayn bilan urilib 3-4sm uzunlikda maydalanib telejkalarga
ortiladi. Telejka uni silos xandagiga olib kelib ag„daradi. Xandaklarda silos
massasi og„ir zanjirli traktorlar bilan to„xtovsiz shib balandi, natijada havo siqib
chiqariladi. Xandak to„lgandan keyin uning usti sellofan yopqich bilan yopilib, usti
30-40 sm qalinlikda tuproq qatlami bilan qo„shib qo„yiladi. Bu qatlam silosni turli
tashqi muhit ta‟siridan himoya qiladi, silos ichida qolgan havoni bosib chiqarib
yuboradi.
Siloslash jarayoni anaerob, havosiz muhitda ro„y beradi, yoki sut achitqi
mikroorganizmlari poya tarkibidagi uglevodlarni iste‟mol qilib sut kislotasi hosil
qiladi va bu muhitda chirituvchi mikroorganizmlar yasha olmaydi (ph=4,2),
natijada bosilgan o„simlik to„yimligi va xususiyatlarini saqlab qoladi.Siloslash
jadal, ya‟ni har xandak 2-3 kun to„ldirilib, shu zahoti yok me‟yorda berkitilishi
kerak.Agar siloslash asossiz cho„zib yuborilsa (10-15 kun), og„ir zanjirli traktorlar
bilan shibbalanmasa silos massasi orasida yetarli miqdorda kislorod qolishi
natijasida aerob jarayon kechib chirituvchi mikroblar va zamburug„lar rivojlanib
silosning sifatini buzadi, ko„p hollarda bunday siloslar yaroqsiz hisoblanadi.
Ba‟zi hollarda siloslanadigan o„simliklar talabga javob bermay namligi past
qo„rib ketsa konservantlar yordamida siloslash mumkin.