Ildiz va tuganak mevali oziqalar maxsus omborlarda saqlanib, u yerda
mu‟tadil harorat va namlik yaratib beriladi.
Bunday omborxonalar bo„lmagan xo„jaliklarda lavlagi uralar yoki burtlarda
saqlanadi.
2.3.5.Jadval
Tayyorlangan turli sifatidagi oziqalar to‘yimligi
S
ifa
t kl
assi
O‟t talqoni
Pichan
Senaj
Silos
Ozuqa
birligi
Hazmla-
nuvchi
protein, g
Ozuqa
birligi
Hazmla-
nuvchi
protein, g
Ozuqa
birligi
Hazmla-
nuvchi
protein, g
Ozuqa
birligi
Hazmla
nuvchi
protein,
g
I
0,71
115,2
0,49
42,5
0,33
34,0
0,19
15,0
II
0,60
99,1
0,40
34,7
0,27
27,8
0,15
11,8
III
0,50
81,8
0,30
26,0
0,20
20,6
0,10
7,9
Klas
siz
0,35
57,6
0,20
17,3
0,14
14,4
0,07
5,5
88
Burtlarga lavlagi eni 3-5 m, balandligi 2-3 m qilib terib taxlanadi, har 3-4
metrda havo kirish moslamalari qo„yiladi, usti somon, pohol yoki chang„aloq bilan
yopib qo„yiladi.
Sifat bo„yicha klassi pasayib borishi bilan oziqalarda to„yimlik nisbati ham
kamayib boradi.
Oziqalarni yedirishga tayyorlash. Har bir hayvon yoki parranda turiga
beriladigan oziqa uning biologik xususiyatlarini inobatga olgan holda yedirishdan
oldin tayyorlanishi shart,bu tadbir oziqalarni xushxo„r bo„lishi bilan, ularning
hazmlanishini yaxshilaydi.
Dag„al oziqalar albatta maydalanib, ba‟zilari esa qo„shimcha ishlovdan keyin
yediriladi. Chunki bu oziqalarning ko„pchilik qismini kletchatka (yog„ochsimon)
moddasi tashkil qilib hayvonlar tomonidan qiyin hazm qilinadi.
Shuning uchun somon va pohol albatta ishlovdan keyin hayvonlarga
yedirilishi kerak. Ular asosan kovshovchi hayvonlarga yediriladi. Somon va pohol
dastlab 2-3 sm qilib maydalanadi, sung yuviladi undan keyin 1% sungdirilgan
oxak, yoki osh tuzi eritmasi qo„shiladi va xandaklarda 10-12 soat mobaynida(KV-
200, KV-300) quruq par bilan usti yopilgan holda parlanadi va 3-4 soat qoldiriladi.
Mexaniq va kimyoviy jarayon natijasida kletchatka ancha yumshaydi, oziqa
yeyish uchun qulay va xushxo„r bo„ladi. Buning uchun har bir fermer xo„jaligida
dag„al xashaklarni ishlab beradigan kichik sexlar qurilishi taqozo etiladi.
Somon va poholni ishlab berilsa, ular hayvonlar tomonidan to„liq yeyilmaydi
( nushxur chiqadi) hamda hayvon oshqozoni uni hazm qilish uchun ko„p energiya
sarflaydi, shuning uchun bunday davrlarda sigirlar oziq , mahsuldorligi pasayib
ketadi.
Silos, senaj 2-3 sm uzunlikda maydalanib hayvonlarga yediriladi.
Ko„k oziqalar esa dalada 2-3 sm uzunlikda o„t urish mashinalari yordamida
maydalanib tashib, keltirilib hayvonlarga yediriladi.
Ildiz va tuganak mevali oziqalar qoramollar uchun (PRK-5.) qurilmalirida
yuvib, maydalanib yediriladi. Sigirlarga tozalangan lavlagini butunlay bermasa ham
yaxshi iste‟mol qiladi.
Cho„chqalarga tuganak mevalar( kartoshka ) albatta pishirib beriladi.
Oziqa polizi hayvonlarga maxsus qurilmalarda maydalanib yediriladi.
Don oziqalar asosan maydalanib yediriladi faqat cho„chqalarga donlar
maydalanib, pishirib beriladi.
Kichik parrandachilik korxonalari va fermer xo„jaliklarida parrandalar
namlangan oziqalar bilan oziqlantiriladi.
Fermer xo„jaliklarida qoramollarga yaxshi sharoit va mehnatni oqilona tashkil
qilish maqsadida monokorm (bir xil) oziqa berish yaxshi natijalar bermoqda.
Buning uchun oziqalar yem, silos, senaj, pichan, somon , lavlagi
maydalanib(Volgar-5) yem bilan aralashtirilib 5-6 soat urab qo„yiladi. Natijada
dag„al oziqalar yumshab, mayinlashib xushxo„r bo„ladi. Bunday oziqalar
hayvonlar tomonidan suyib iste‟mol qilinadi va yaxshi hazmlanadi.
89
Mehnatni tashkil qilish osonlashadi, har bir oziqani alohida tarqatish o„rniga
monokormni bir kunda 2 marta yedirish mehnat va transport harajatlarini
kamaytiradi.
Qishloq xo„jalik hayvonlari parrandalarini meyorda oziqlantirish ularning
(salomatligini) ko„payish qobiliyatini va mahsuldorligini ta‟minlashning garovi
hisoblanadi.
Hayvon va parrandalarni yetarlicha oziqlantirmaslik ularning ozib, ko„payish
va mahsuldorligiga, salomatligiga salbiy ta‟sir etadi.
Me‟yordan oshiqcha oziqlantirish ularni ortiqcha semirishga sabab bo„lib,
ko„payish qobiliyati va mahsuldorligini pasaytirib yuboradi.
Zootexnikaviy va iqtisodiy nuqtai nazardan me‟yorda oziqlantirish
hayvonlarning salomatligi, mahsuldorligi garovi hisoblanadi.
Oziqlantirish me‟yori hayvonning sog„lom bo„lishi, ko„payish qobiliyati va
mahsuldorligini ta‟minlash uchun zarur to„yimli moddalarga talabiga aytiladi.
Me‟yor hayvon yoki parranda turi,yoshi, mahsuldorligi va fiziologik holatiga
ko„ra o„rnatiladi.
Hayvon va parrandalar talabi detallashtirilgan me‟yorlar 22-30 gacha
ko„rsatkichga ko„paytirilgan.
Oziqlantirish me‟yorlari hayvonlar ratsionini majmua baholashni talab etadi.
Ratsion – hayvonlar salomatligi, yuqori mahsuldorligini va sifatini
ta‟minlovchi, ularning to‟yimli va biologik faol moddalarga talabini qondiruvchi
oziqa miqdori va sifatidir.
Me‟yorda oziqlantirish hayvonlar turi, jinsi, yoshi, fiziologik holati,
mahsuldorligiga ko„ra energiya, asosiy to„yimli protein, ayrim aminokislotalar,
uglevod, yog„lar, mineral va vitaminlarni quruq moddalar tarkibida belgilangan
miqdorda bo„lishini ta‟minlash.
Turli tur, jins,yosh, mahsuldorligi ishlatish va saqlash sharoitlariga qarab
energiyaga bo„lgan talabi har xil bo„ladi.
Oziqalar energetik qiymati 1 kg oziqa quruq moddasining tarkibidagi
almashinuvchi energiya, yoki oziqa birligi bilan ifodalanadi .
Oziqalardan olgan energiyani hayvonlar va parrandalar modda almashinuvi ,
tana harorati saqlash a‟zolari faoliyati va mahsulot ishlab chiqarishga sarflaydi.
Oziqlantirish me‟yorlarida energiyaga talab umumiy qilib berilgan, aslida
hayvonlarni hayotini saqlab turishi va mahsuldorligiga bo„linadi. Bir xil
hayvonlarning turli mahsuldorligiga qarab energiyaga talabi o„zgaradi . Yuqori
mahsuldorlik ko„p energiyani talab etadi. Sigirni hayotini saqlashi uchun kuniga
4,7 oz. birligi kifoya, 1 kg sut uchun 0,5 oz. birligi sarflanganda 10 kg sut
beradigan sigirga 9,7 oz. birligi, 20 kg sut beruvchi sigirga esa 14,7 oz. birligi talab
etiladi.
Sigirlar mahsuldorligi ortishi bilan hayotini saqlab turishi va mahsuldorligi
uchun sarflangan energiya 1:1 dan 1:3 gacha ortishi mumkin.
90
Hayotini saqlab turish bo„lgan energiya asosan tirik vaznga bog„liq, vazni
kichik hayvonlar kamroq energiya sarflaydi,shuning uchun sutdor qoramolchilikda
bu ko„rsatkichga e‟tibor beriladi(sutdorlik koeffitsienti).
Hayvonlar energiya bo„lgan talabi , ob-havo, oziqlantirish, saqlash
foydalanishga qarab o„zgarishi mumkin.
Hayvon va parrandalar me‟yoriy mikroiqlim sharoitlarini yaratib berish
energiya sarfini kamaytiradi va ijobiy samara beradi.
Sigirlar 1 kg 4% yog„ligidagi sut ishlab, chiqarishlari uchun 0,5 oz. birligi,
5,7 mDj almashinuvi energiya, yosh qoramollar esa 1 kg vazn qushishiga 5 oz.
birligi yoki 57 mDj sarflaydi.
Qishloq xo„jalik hayvonlarini oziqlantirishda quruq modda va uning sifati
muhim o„rin to„tadi. Quruq modda iste‟mol qilinishiga oziqa sifati va uning
yedirishga tayyorlash, hayvonning mahsuldorligi va fiziologik holati, quruq
moddada almashinuvchi energiyaning yigindisi va ratsion turiga bog„liq bo„ladi.
Ratsion tarkibi – alohida va bir guruh oziqalarning to„yimligi bo„yicha
foizdagi ifodasiga aytiladi .
Hayvonlarning quruq moddalarga talabi bir oziqa birligiga yoki 100 kg tirik
vazniga keladigan miqdori bilan belgilanadi.
Oziqalar tarkibida kletchatkani mo„l bo„lishi uning hazmlanishini
qiyinlashtiradi, energiya miqdorini kamaytiradi.
Kletchatka miqdorini kam bo„lishi kovshovchilarga oziqa hazm qilish
jarayoniga salbiy ta‟sir ko„rsatadi.
Kletchatka miqdori talablar darajasida hayvonning oshqozon-ichak tuzilish
biologik xususiyatlariga yoshi, mahsuldorligi va fiziologik holatiga mos tushishi
kerak.
Oziqalardagi almashinuvchi energiya va kletchatka o„rtasida uzviy bog„lanish
bor. Eng muhim ko„rsatkich oziqa quruq moddasi tarkibidagi protein miqdoriga
bog„liq.
Ratsionda uning yetishmasligi to„yimli moddalar samaradorligini
ta‟minlamaydi, oziqalar sarfi 20-50% ortib ketadi proteinga talab turli hayvonlarda
yoshda va fiziologik holatda o„zgaradi. Sogin va bug„oz sigirlar, nasldor erkak
hayvonlarining qochirish mavsumida proteinga talabi ortadi.
Qishloq xo„jalik hayvonlari ratsioni xom va almashinuvchi protein ,
parrandalarda esa xom protein bo„yicha tenglashtiriladi. Protein 1 kg oziqa yoki 1
oz. birligi tarkibidagi miqdori bilan belgilanadi.
Kovshovchi hayvonlarda protein va uning katta qorinda erishi oqsilsiz
azotsiz birikmalari nisbati inobatga olinadi. Katta qorinda bakterial oqsil hosil
bo„lishi, kovshovchilarda ratsionlarni aminokislotalar bilan tenglashtirish shart
emas.
Kovshovchilarda ratsion barcha to„yimli moddalar bilan tenglashtirilganda
proteinga bo„lgan talabni 25-30% oqsilsiz azotli birikmalar hisobida qondirilishi
mumkin.
91
Cho„chqalarda xom va hazmlanuvchi proteindan tashqari lizin,metionin va
sistin nazorat qilinadi.
Parrandalar ratsioni protein bilan birga asosiy o„rindi almashmaydigan
aminokislotalar lizin, metionin, triptofan, arginin, gistidin, leysin, izoleysin,
fenilalanin, treonin, valin va glisin bo„yicha tenglashtirilishi shart.
Kovshovchilar qand va kraxmal protein bilan ma‟lum nisbatda bo„lishi kerak,
yoki qand - protein nisbati 0,8-1,0 ni tashkil qiladi.
Xom yog„ qoramollarda 20 kg gacha, yosh cho„chqalarda va parrandalarda
tenglashtiriladi. Parrandalarda albatta o„rni almashmaydigan yog„ kislotalari ham
nazorat qilinadi.
Mineral moddalar hayvonlar ratsionida ularning turi,yoshi, jinsi, mahsuldorligi
va fiziologik holatiga qarab tenglashtiriladi, makro va mikro elementlar
me‟yorlashtiriladi.
Barcha qishlok xo„jalik hayvonlari ratsionlari osh tuzi , kaliy va fosfor,
qoramollar ratsioni qo„shimcha magniy,kaliy, oltingugurt, qo„ylar ratsioni magniy
va oltingugurt, otlarda magniy bilan tenglashtiriladi.
Mikroelementlardan temir, mis, rux, kobalt, marganes va yod inobatga olinadi.
Barcha mineral moddalar me‟yor talablari darajasida bo„lishi shart, uning kam
yoki ko„p bo„lishi modda almashinuviga salbiy ta‟sir qilib hayvonlar mahsuldorligi
va salomatligini pasaytirib yuboradi.
Turli qishloq xo„jalik hayvonlarining vitaminlarga talabi farqlanadi.
Qoramollarda – karotin, vitamin D, Ye; qo„ylarda – karotin, vitamin
D,ko„chkorlarga qushimcha Ye vitamini; cho„chqalarda karotin A, D, Ye va B
guruh vitaminlari; otlarda – karotin, A, D
3
, Ye, B
1
, B
2
,B
3
, B
4
, B5, B
6
, Bs, B
12
vitaminlari; parrandalarda A, D, Ye, K, B
1
, B
2
,B
3
, B
4
, B
5
, B
6
, B
s
, B
12
va S
vitaminlari me‟yorlashtiriladi.
Har bir jins va yoshdagi hayvonlar guruhlariga me‟yor chegarasida hafta
yoki 10 kunga ratsion tuziladi, chunki shartlar ish muddatda o„zgarishi mumkin,
ya‟ni hayvon holati, yoki oziqa turi.
Qishloq xo„jalik hayvonlari uchun muayyan sharoitda tenglashtirilgan va
tenglashtirilmagan ratsionlar tuziladi.
Tenglashtirilgan ratsion barcha me‟yor ko„rsatkichlarini ta‟minlab,
belgilangan mahsuldorlikka erishadi.
Ratsion tuzganda oziqalar sifati va yeyilishini inobatga olish kerak, aks holda
hayvonlar mahsuldorligi pasayib ketadi.
Ratsionda ayrim tur oziqalar nisbati uning tipi deyiladi. Ratsion tipi, hayvon
turi,yoshi, fiziologik holati va mahsuldorligi hamda mahalliy oziqalarni inobatga
olgan holda belgilanadi. Qaysi oziqa nisbati ko„p bo„lsa shu oziqa nomi bilan
nomlanadi. Sigirlarda silos-senaj, silos-ildizmeva va hokazo.
Turli hududlarda iqlim, tuproq, oziqalar turi, hayvonlar turi va
mahsuldorligiga qarab aniq oziqlantirish tizimi yaratilishi kerak, unda asosan
xo„jalikda yetishtirilgan arzon oziqalardan foydalanishni ko„zda tutish kerak.
92
Me‟yorlashtirilgan oziqlantirishning asosiy maqsadi har bir guruh hayvonni
me‟yorlar asosida oqilona oziqlantirish bilan yuqori mahsuldorlikka erishish,
hamda ularni turli yuqumsiz kasalliklarga chalinishini oldini olishni taqozo etadi.
Oziqalar sifati andozalar hamda laboratoriya tahlillari asosida belgilanadi. Shu
bois har bir katta guruh(g„aram, xandak) oziqalarni yedirish boshlanishidan oldin
laborator tahlilidan o„tkazish tavsiya etiladi.
Oziqalar to„laqiymatliligi hayvonlarning yuqori mahsuldorligi, sog„ligi va
yuqori darajadagi ko„payish qobiliyatida o„z aksini topadi.
Oziqlantirishning to„laqiymatligi yana hayvonlarning ushbu oziqalarni
ishtaha bilan yeyishiga bog„liq, hayvonlarga suv ,tuz yetishmaganda ishtahasi
yomonlashadi va mahsuldorligini pasayishiga sabab bo„ladi.
Ratsion to„laqiymatliligini hayvonlar qoni chiqindilari va mahsulotlarini
bioximik tahlili asosida xulosalar qilishi mumkin. Hayvonlarda protein
almashinuvi buzilishining belgisi qonda oqsil va uning fraksiyalari, gemoglobin va
metagemoglobin, mochevina paydo bulishidan anglash mumkin.
Qonda glyukoza va glikogenning kamayishi uglevod almashinuvi buzilishidan
dalolat bo„ladi. Yog„ almashinuvi buzilishi qonda keton tanalarini sonini
me‟yoridan ko„payib ketishiga sabab bo„ladi.
Mineral moddalar me‟yori buzilishini qonning kislota-ishqor nisbatidan bilib
olsa bo„ladi.
A- vitamin bilan ta‟minlanganlikni qonda, sutda va tuxumda karotin va A
vitamini borligiga qarab aniqlanadi.
Urg„ochi hayvonlarda A vitaminni yetishmovchiligi jinsiy faoliyatga salbiy
ta‟sir ko„rsatib, otalanish qiyinlashadi.
Erkak hayvonlarda A va Ye vitaminning yetishmasligi jinsiy faoliyatining
susayishi, urug„ hajmining kamayishi va urug„da patologik jarayonlarda kuzatiladi.
Yosh hayvonlarda karotin va V vitamini yetishmaschligi oziqa hazm qilishni
buzadi.
Tuxumlaydigan tovuqlar ratsionida vitaminlar yetishmasligi tuxumning
inkubatsiyalanish sifatlariga, jo„ja chiqishi va saqlanuvchiligiga salbiy ta‟sir qiladi.
Ratsionlarni doimiy tahlil qilib borish uchun hayvonlar qoni va
mahsulotlarining muntazam biokimyoviy tahlil qilib borish, zarur hollarda tezkor
choralar, ya‟ni ratsionlarga o„zgartirishlar kiritish talab etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |