Kraxmal sanoati chiqindilari. Kraxmal asosan, kartoshkadan, ba‟zan
bug„doy, guruch va makkajo„xoridan olinadi. Kartoshkadan kraxmal olinganda
undan tuppa chiqadi, uni xul, siloslangan va quruq holda hayvonlarga yedirilsa
bo„ladi.
1 kg kartoshka tuppasida 0,11 oziqa birligi, 1 g hazmlanuvchi protein, 0,2 g
kalsiy va 0,5 fosfor bor. Bunday chiqindilar qoramollar uchun yaxshi oziqa bo„lib,
sigirlarga 15-20 kg, burdoqilarga 30-40 kg yedirish mumkin.
Spirt sanoati chiqindilari. Builarga turli bardalar, o„zum va meva tuppalari
kiradi. Barda turli donlar, kartoshka, qand lavlagisidan spirt olganda chiqadi.
Barda tarkibida 88-95% namlik bo„ladi, uni qoramollar, otlar va qo„ylarga
berish mumkin. Sigirlarga 20-25, burdoqilarga 70-80, qo„ylarga 8-10, otlarga 10-
15l ichirish mumkin.
76
Do'stlaringiz bilan baham: |