Sanoat chiqindilari. Asosiy mahsulot bilan ko„pgina sanoat korxonalarida
chiqindilar chiqadi, ular turli qishloq xo„jalik hayvonlari uchun oziqa sifatida
foydalaniladi.
Un, spirt va yog„ korxonalari chiqindilari chorva hayvonlari uchun qimmatli
oziqalar hisoblanadi. Qoramollar va cho„chqalar uchun qand, pivo va kraxmal
olishda chiqadigan chiqindilar yaxshi oziqa bo„lib hisoblanadi. Non, meva va
sabzavotni qayta ishlash, vino, konditer korxonalari chiqindilari ham
chorvachilikda foydalaniladi.
Un sanoati chiqindisi kepak hisoblanib u olingan doniga bog„liq. Oziqa
sifatida bug„doy va javdar kepaklari yuqori baholanadi. Un naviga qarab 28%
gacha kepak chiqadi. Kepak fosfor elementi va b guruh vitaminlarga boy.
Kepakni hamma qishloq xo„jalik hayvonlariga berish mumkin.
Shuningdek un sanoati changi ham oziqa sifatida foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |