37
Gigiyenik me’yorlardan farqli o‘laroq, gigiyenik reglamentlarni
o‘rnatish, qoida bo‘yicha tabiiy sharoitda emas, balki tajriba (eksperi-
ment) sharoitida olib boriladi.
Omillarning gigiyenik reglamentatsiyasi atrof-muhitdagi turli omil-
larning bo‘sag‘ali ta’sir konsepsiyasiga asoslanadi.
Gigiyenik reglamentlarni o‘rnatish - bu murakkab va yetarlicha
uzoq davom etadigan jarayondir. U me’yorlashtiriladigan
omilni sifat va
miqdoriy ta’riflash bilan birga fizikaviy, kimyoviy, biologik, statistik
tekshirish usullaridan foydalanishni, omilni tirik organizmga ta’sirini
o‘rganish bilan keyinchalik olingan ma’lumotlarni matematik tahlil qi-
lish va shunga muvofiq reglament ishlab chiqishni taqozo etadi.
Ko‘p sonli gigiyenik reglamentlar qatoriga kimyoviy moddalarga
ruxsat etiladigan konsenratsiyalar (REK) ni kiritish mumkin.
Taxminiy gigiyenik reglament bo‘lib, moddalarning taxminiy ta’sir
etish darajalari (OBUV), taxminiy ruxsat etiladigan darajalari (ODU),
maksimal ruxsat etiladigan daraja (MDU) lar hisoblanib, ular hisoblash
usullari orqali aniqlanadi.
REK ishlab chiqish o‘z oldiga bir qator vazifalarni hal qilishni
maqsad qilib qo‘yadi va u atrof-muhitning
qanday obyekti uchun REK
ishlab chiqilishiga bog‘liq.
1. Atmosfera havosidagi kimyoviy moddalarni reglamentlash. At-
mosfera havosida moddaning taxminiy xavfsiz REK darajasini ishlab
chiqish: bir martalik, maksimal, o‘rtacha, kunlik:
- Rezorbtiv ko‘rsatkichlar (tajriba hayvonlari organizmiga zaharli
ta’siri)
- Reflektor ko‘rsatkichlar (hidi, xohlovchilarda o‘tkazish)
- Reflektor-rezorbtiv ko‘rsatkichlar
- Sanitar-gigiyenik ko‘rsatkichlar.
Tahlil, natijalarni matematik ishlovdan o‘tkazish, REK hisoblab
topish.
2. Kimyoviy moddani havzalardagi suvda reglamentlash:
- Organoleptik ko‘rsatkichlar
- Havzalardagi suvning sanitar tartibi
- Sanitar-toksikologik ko‘rsatkichlar
Tahlil, natijalarni matematik ishlovdan o‘tkazish, REK hisoblash.
3. Kimyoviy moddalarni tuproqda reglamentlash:
- Tuproq muhitida
barqarorligi
- Translokatsiyalanish ko‘rsatkichlari
38
- Toksikologik ko‘rsatkichlar
- Umumsanitar ko‘rsatkichlar
Tahlil, natijalarni matematik ishlovdan o‘tkazish, REK hisoblash.
4. Kimyoviy moddalarni oziq-ovqat mahsulotlarida reglamentlash:
- Toksikologik ko‘rsatkichlar
- Organoleptik ko‘rsatkichlar
- Umumgigiyenik ko‘rsatkchilar
- Texnologik ko‘rsatkichlar.
Tahlil, natijalarni matematik ishlovdan o‘tkazish, REK hisoblash.
Gigiyenik reglamentlashtirishda gigiyenik-toksikologik tekshirishlar
quyidagi bosqichlarda umumiy ko‘rinishga ega bo‘ladi:
1. Moddaning fizik-kimyoviy xossalarini o‘rganish (agreget holati,
tashqi ko‘rinishi, rangi, hidi, solishtirma og‘irligi, turli muhitlarda erish
xususiyati, barqarorligi, bug‘lanish xususiyati va b.).
2. Zaharlilik xossasini baholash maqsadida toksikologik tekshirish-
larni o‘tkazish kerak. Bunda organizmga zaharli ta’sir ko‘rsatish tabiati,
maxsus ta’sir xususiyatlariga ega ekanligi aniqlanadi. Toksikologo-
gigiyenik tekshirishlarning asosiy vazifasi - o‘tkir va surunkali ta’sir
etish bo‘sag‘alarini - Lim
ac
va Lim
chr
aniqlashdir. Toksikologik tekshi-
rishlar laboratoriyalarda eksperimental hayvonlar organizmida sinash
orqali o‘tkaziladi (oq sichqonlar, oq kalamushlar, quyonlar yoki boshqa
hayvonlar) va u bir necha variantlarda amalga oshiriladi:
a) O‘tkir tajribalar: asosiy vazifa - quyidagi toksikologik parametr-
larni aniqlash - LD
50
, LD
16
, LD
84
, CL
50
hamda o‘tkir zaharlanishdagi
klinik
belgilar aniqlanadi;
b) oraliq tajriba: asosiy maqsadi - laboratoriya hayvonlari orga-
nizmiga ko‘p martalik yuborgandagi kumulyativlik xossasini aniqlash
1/5-1/10 LD
50
.
d) surunkali toksikologik tekshirish. Tajriba yoki Lim
chr
ni o‘rnatish
maqsadida, yoki moddaning maxsus ta’sir etish xususiyatini aniqlash
maqsadida o‘tkaziladi. Lim
chr
ni aniqlash LD
50
ning 1/20 -1/100 martalik
nisbatlarida uzoq muddat ta’sir ettirish (4-6 oy) orqali o‘tkaziladi va
ma’lum muddatlarda hayvonlar organizmidagi funksional, morfologik
va biokimyoviy o‘zgarishlar aniqlanadi. Tekshirish natijasida shunday
doza
aniqlanadi-ki, u hayvonlar organizmida fiziologik me’yorlardan
tashqari minimal o‘zgarishlarni keltirib chiqarishi kerak.
39
3. O‘tkazilgan tekshirishlarning natijalari asosida tekshirilgan mod-
daning zaharlilik sinfi o‘rnatiladi va talab etiladigan gigiyenik regla-
mentlar hisoblab topiladi (REK).
Ishlab chiqilgan gigiyenik me’yor va reglamentlarning samarador-
ligi aholining salomatlik holatlarini o‘rganish asosida baholanadi yoki
ishlab chiqilgan gigiyenik normativning vazifasiga
muvofiq aholining
ayrim guruhlarida baholanadi.
Shunday qilib, gigiyenik me’yorlashtirish va reglamentlashtirish
atrof-muhitdagi omillarning barchasini o‘zida aks ettirishi bilan birga
ishlab chiqiladigan barcha profilaktik va sog‘lomlashtirish tadbirlari
uchun asos bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: