F. I. Salomova, L. K. Abdukadirova, X. A. Sadullayeva, S. A. Sharipova mutaxassislikka kirish



Download 3,61 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/270
Sana28.09.2021
Hajmi3,61 Mb.
#188450
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   270
Bog'liq
MUTAXASSISLIKKA KIRISH

 
 
 


40 
 
 
 
 
2. O‘zbekiston Respublikasida sanitariya nazorati. 
Aholini sanitariya-epidemiologik osoyishtaligini ta’minlash 
 
Davlat sanitariya nazorati – bu sanitariya qonunlarining buzilishi ol-
dini olish, aniqlash va ularga chek qo‘yishga qaratilgan sanitariya 
epidemiologiya xizmatining faoliyatidir.  
Davlat sanitariya nazorati O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saq-
lash vazirligiga qarashli sanitar epidemiologik xizmat muassasalari va 
idoralari tomonidan amalga oshiriladi. Ushbu tashkilotlar va muassasa-
larning vazifalari va ish faoliyatining mazmuni O‘zbekiston Respublika-
si Konstitutsiyasi, “Fuqarolar salomatligini muhofaza qilish”, “Aholini 
sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi to‘g‘risida”gi qonunlar, harakat-
dagi me’yoriy hujjatlari bilan belgilanadi. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 12-iyundagi 
“Sog‘liqni saqlash organlarining faoliyatini yanada takomillashtirish 
chora-tadbirlari” to‘g‘risidagi Qarori va Vazirlar Mahkamasining 2015-
yil 26-iyundagi 170-sonli “Respublika sanitariya –  epidemiologiya xiz-
mati faoliyatini va uni malakali kadrlar bilan ta’minlanish tizimini 
yanada takomillashtirish chora-tadbirlari” to‘g‘risidagi Qarorlarga aso-
san sanitariya-epidemiologiya xizmatining tarkibi belgilangan, shuning-
dek, sanitar-gigiyenik va epidemiologik xizmati muassasalari tizimiga 
kiruvchi davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati boshqarmasi, 
sanitariya epidemiologik osoyishtaligi agentligi, OITS markazi, karantin 
va  o‘ta xavfli infeksiyalar markazlari, salomatlik markazlari bo‘yicha 
nizomlar tasdiqlangan.  
Sanitariya epidemiologik osoyishtaligi agentligi xizmatini Sog‘liqni 
saqlash vaziri muovini, Davlat Bosh sanitariya vrachi boshqaradi, uning 
tizimiga sanitariya-gigiyena va epidemiologiya bo‘limlari hamda 
sanitariya epidemiologik osoyishtaligi agentligining hududiy bo‘limlari 
(SEOA), Respublika SEOA, viloyatlar va Toshkent shahar SEOAlar va 
tumanlardagi  SEOAlari kiradi. Bosh boshqarmaning nizomida quyida-
gilar belgilangan: 
- boshqarmaning vazifalari; 
- boshqarma rahbarlarining huquqlari; 
- boshqarmani boshqarish bo‘yicha huquqlar. 


41 
 
SEOAlar nizomida ularning vazifalari, huquqlari, burchlari va 
faoliyat turlari ko‘rsatilgan. 
SEOA  O‘zbekiston Respublikasi hududlarida joylashtirilgan  ido-
ralar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, birlashmalar qaysi idoraga 
bo‘ysunishidan va mulkchilikning shaklidan qat’iy nazar alohida shaxs-
larning sanitariya me’yorlari, qoidalari va gigiyena me’yorlariga rioya 
etishlar ustidan Davlat sanitariya nazoratini olib boradi. SEOA  davlat 
tasarrufidan chiqarilmaydi va xususiylashtirilmaydi. 
SEOA  boshqarish tartibiga ko‘ra 3 darajaga bo‘linadi:  O‘zbekiston 
Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Respublika sanitariya-
epidemiologik osoyishtalik agentligi (III daraja), Qoraqalpog‘iston Res-
publikasi    sanitariya-epidemiologik  osoyishtalik agentligi  va viloyatlar 
SEOAlari va Toshkent shahar SEOA  (II daraja), shahar (tumanlarga 
bo‘linmagan) SEOAlariga va tuman SEOAlariga (I daraja) bo‘linadi. 
Ma’muriy munosabati bo‘yicha  SEOA  darajasiga qarab: Vazirlar 
Mahkamasiga, hokimiyatga (viloyat, shahar, tuman) va ularga qarashli 
sog‘liqni saqlash idoralariga, vazifasi bo‘yicha  o‘zidan yuqori turuvchi 
sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligiga bo‘ysunadi.  
SEOA  bosh vrachi tasdiqlangan smeta doirasida kreditlarni 
boshqaradi va sanitariya-epidemiologiya nazorati markazlariga ishga qa-
bul qilish va egallab turgan vazifasidan ozod etish huquqidan foydala-
nadi.  SEOAlar boshqarish darajasiga qarab markazlashgan holda 
budjetdan alohida paragraflar orqali mablag‘  bilan ta’minlanadi hamda 
o‘zlarining xarajatlar smetasiga, banklarda hisob raqamlari va xizmat 
yozishmalari uchun maxsus blankalariga ega. Budjetdan tashqari qo‘-
shimcha mablag‘ bilan ta’minlash manbalari bor, ya’ni ularga shartnoma 
asosida pullik xizmat, o‘z ixtiyori bilan to‘lagan badallari, epidfond, 
ma’muriy jarimalar va boshqalar kiradi. 
SEOA  umumiy tuzilishi va shtat normativlar  O‘zbekiston Respub-
likasi Sog‘liqni saqlash vazirligining buyrug‘i bilan tasdiqlanadi. 
III va II darajali SEOA qoshida sanitariya-epidemiologiya xizmatini 
rivojlantirish, uning moddiy-texnik bazasini va mablag‘  bilan 
ta’minlanishini yaxshilash maqsadida bosh davlat sanitariya vrachi to-
monidan tasdiqlangan nizom asosida ish yurituvchi sanitariya-epidemi-
ologiya nazorati kengashi tashkil qilinadi. 
SEOA boshqarish darajasiga va tuzilishiga qarab aloqa vositalariga, 
avtotransportlarga, maxsus asbob-uskunalar va apparaturaga, epidemiya-


42 
 
ning oldini olishga mo‘ljallangan amaldagi me’yorlar va ta’minlash 
ro‘yxatiga asosan kerakli vositalarga ega bo‘lishi shart. 
SEOA  oliy tibbiy ta’lim muassasalari, vrachlar malakasini oshirish 
instituti va tibbiyot kollejlarining o‘quv bazasi sifatida qo‘llanilishi 
hamda malakaviy amaliyot o‘tash uchun tibbiy OTM va tibbiyot kollej-
larining amaliy tajriba bazasi bo‘lishi mumkin. 
SEOA  o‘zining boshqarish darajasiga qarab quyidagi asosiy vazi-
falarni bajaradi: 
- idoralar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar qaysi idoraga bo‘y-
sunishidan va mulkchilikning shaklidan qat’iy nazar, sanitar-gigiyenik 
me’yor va qoidalarga rioya qilishlari ustidan ogohlantiruvchi va joriy 
davlat sanitariya nazoratini o‘tkazish; 
 - sanitariya gigiyena va epidemiyaga qarshi tadbirlarni, ya’ni aholi-
ning mehnat, turmush tarzi, dam olish sharoitlarini, sog‘lomlashtirishni, 
gigiyenik  o‘qitishni, yuqumli va yuqumli bo‘lmagan kasalliklarni 
kamaytirishda atrof-muhit omillarining inson salomatligiga ta’sirini o‘r-
ganish, aholi orasida immunoprofilaktik tadbirlar o‘tkazish, xalq 
iste’mol mollari, ishlab chiqaruvchilarning mahsulotlarini inson salo-
matligiga xavfsizligi haqida shahodatnoma berish; 
-  barcha davlat va nodavlat korxonalarni loyihalashtirishda, yer 
tanlash,  qurish va qayta ta’mirlash ustidan ogohlantiruvchi sanitariya 
nazoratini olib borish; 
-  oziq-ovqat mahsulotlari, xomashyo, kimyoviy, maishiy, polimer 
materiallar, asboblar, uy ro‘zg‘or, sanitar-texnik qurilmalar va boshqalar 
ustidan ogohlantiruvchi sanitariya nazoratni o‘tkazish va h.k.; 
- davlat va nodavlat korxonalarda reja asosida mavzuviy, maqsadli, 
reydli, chuqurlashtirilgan va kompleks joriy sanitariya nazoratini olib 
borish; 
-  yashash, ovqatlanish, mehnat qilish, dam olish, tarbiyalash, o‘qi-
tishning sanitar-gigiyenik sharoitlarini baholashda tekshirish tartibiga 
binoan laborator-instrumental tekshirish vositalari yordamida o‘tkazili-
shi kerak. 
Yashash, ovqatlanish, mehnat qilish, dam olish, tarbiyalash, 
o‘qitishning sanitariya sharoitini baholashda tekshirish qoidasiga binoan 
laborator instrumental tekshiruv o‘tkazilishi belgilangan. 
Yuqorida qayd etib o‘tilgan vazifalardan tashqari, tuman va shahar 
(tumanlarga bo‘linmagan)  SEOAlari  o‘z vakolatida quyidagi ishlarni 
bajaradi: 


43 
 
-  aholining sanitar-gigiyenik va epidemiologik barqarorligini ta’-
minlashda mahalliy davlat boshqaruv idoralari, huquqni himoya qilish, 
tabiatni muhofaza qilish, nazorat qilish idoralari va jamoat birlashmalari 
bilan birgalikda ish olib borish; 
-  atrof-muhit, ish sharoiti, dam olish sharoitini sog‘lomlashtirish, 
aholi orasida kasalliklar tarqalishining oldini olish va kamaytirish, hu-
dudlarga inson uchun xavfli bo‘lgan infeksiyalarni olib kirilishi va tarqa-
lishida sanitariya muhofazasi tadbirlarini ishlab chiqish. 
-  nazorat ostidagi obyektlarni sanitar-gigiyenik holatini yaxshilash 
uchun reja-topshiriqlar ishlab chiqish va o‘tkazilayotgan tadbirlarning 
samaradorligini tahlil qilish; 
-  aholining yashash va ishlash sharoitlariga zararli ta’sir qiluvchi, 
atrof-muhitni zaharlovchi, kimyoviy, biologik va fizik manbalarni aniq-
lash; 
-  mahalliy hokimiyat, yuqori tashkilotlar va boshqaruv idoralariga 
sanitar-gigiyenik va sog‘lomlashtirish tadbirlarini o‘tkazish va uni ko‘rib 
chiqish bo‘yicha takliflar tayyorlash; 
-  sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi agentligi  ishida samarali 
profilaktika vositalarining yangi tashkiliy shakllari va usullarini  ishlab 
chiqish, amalda qo‘llash; 
-  nazorat ostidagi obyektlarda laboratoriya tekshiruvlari,  asboblar 
yordamida tekshiruvlar o‘tkazish, korxonalar laboratoriyalariga atrof-
muhitni ifloslanishi nazorati bo‘yicha uslubiy yordam ko‘rsatish; 
-  qaysi idoraga bo‘ysunushidan va mulkchilikning shaklidan qat’iy 
nazar, ishlab chiqaruvchilarning mahsulotlariga sertifikat berishni pullik 
xizmat asosida tashkil etish;  
-  nazorat ostidagi obyektlarning ishchilari va aholi orasida  gigiye-
nik bilimlarni targ‘ib qilish; 
- aholi va ishchilardan tushgan ariza, xat, shikoyatlarni o‘z vakolati 
doirasida ko‘rib chiqish; 
Qoraqolpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahar va viloyatlar 
SEOAlari vazifalari va majburiyatlariga asosan atrof-muhitni sog‘-
lomlashtirishga, yuqumli va yuqumli bo‘lmagan kasalliklarning oldini 
olish va kamaytirishga qaratilgan tadbirlarni o‘tkazishda shahar va tu-
man sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi agentligiga tashkiliy, uslubiy 
va amaliy yordam ko‘rsatish, shuningdek, mudofaa, ichki ishlar vazir-
liklari, milliy xavfsizlik xizmatini, temir yo‘l va boshqa tashkilotlarning 


44 
 
sanitariya-epidemiologiya nazorati markazlari xizmatiga uslubiy rah-
barlik, yo‘l-yo‘riq ko‘rsatib, ularning ish faoliyatini nazorat qiladilar. 
Bundan tashqari, birinchi darajadagi SEOAlarning ish faoliyatlarini 
tahlil qiladi, ilg‘or ish tajribalarini o‘rganadi va mujassamlashtiradi, 
SEOA xodimlarining malakasini oshirish borasida takliflar berib, yig‘i-
lishlar olib boradi. 
SEOA quyidagi asosiy ish usullari: 
- nazorat ostidagi obyektlarning sanitariya holatini yozish usuli;  
- laboratoriya va instrumental tekshirish usullari (tekshirishga ko‘ra 
kimyoviy, fizik, biologik, fiziologik); 
-  ogohlantiruvchi va joriy sanitariya nazorati, atrof-muhit omillari-
ning inson organizmiga ta’siri, aholining yashash va maishiy sharoitlari, 
yuqumli va yuqumli bo‘lmagan kasalliklar, aholi demografiyasi va 
kasallanish ma’lumotlarini ishlab chiqish va o‘rganishga asoslangan 
statistik usul.  
Sanitariya tekshiruvi o‘tkazilganligi haqida dalolatnoma (259-hisob 
shakli), sanitariya-gigiyena qoidalar va epidemiyaga qarshi kurash 
tartiblarini buzganligi haqida bayonnoma (253-hisob shakli), jarima 
solish to‘g‘risidagi qaror (254-hisob shakli) va taqiqlash, to‘xtatib 
qo‘yish to‘g‘risidagi qaror (251-hisob shakli) lar to‘ldiriladi. 
Tekshirilayotgan obyektning sanitariya holati qoniqarsiz bo‘lsa 
(dalolatnomada bu buzilishlar ko‘rsatiladi), muddatlari ko‘rsatilgan 
holda  SEOA  Bosh davlat sanitariya vrachi yoki o‘rinbosari “Sanitariya 
bo‘yicha qonun, me’yor va qoidalar, gigiyenik ko‘rsatmalarni buzganligi 
to‘g‘risidagi ma’muriy va jinoiy javobgarlikka tortish haqidagi yo‘riq-
noma”, shuningdek, Vazirlar Mahkamasining 1998-yil  8-apreldagi 
davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati faoliyati samaradorligini 
oshirish bo‘yicha 147-sonli buyrug‘iga asosan kerakli chora-tadbirlarni 
ko‘radi. Sanitariya qoida va me’yorlarini buzganligi uchun ma’muriy 
javobgarlikning quyidagi ta’sir ko‘rsatuvchi choralari ko‘riladi: 
ma’muriy choralar, jarima solish, ishni to‘xtatish (obyektning qurilishi 
yoki ekspluatatsiyasi, uskunalar, xomashyoning qo‘llanilishini taqiqlash) 
yoki jinoiy javobgarlikka tortish. 
Ma’muriy huquqbuzarlik va jarima solish huquqiga SEOA tomoni-
dan quyidagi shaxslar ega: 
- O‘zbekiston Respublikasi Bosh davlat sanitariya vrachi; 
-  davlat sanitariya nazorati boshqarmasi boshlig‘i,  SEOAning bosh 
vrachlari va ularning bo‘limlari muovinlari va vrachlari. 


45 
 
Bosh davlat sanitariya vrachlari va ularning muovinlari, sanitariya-
epidemiologik xizmatga javobgar shaxslar jinoyat protsessual kodeksi 
va  O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksiga asosan aybdor shaxslar 
ishini jinoiy javobgarlikka tortish uchun berib yuborish huquqiga ega. 
Aybdor shaxslar tomonidan jarima, jarima to‘lash to‘g‘risidagi 
qaror chiqqandan so‘ng 15 kundan kechikmagan muddatda to‘lanishi 
kerak. 
Sanitariya qonun, sanitar me’yor, qoida va gigiyenik me’yorlar bu-
zilib, to‘g‘ridan-to‘g‘ri aholining turli qatlamlari hayoti va sog‘lig‘iga 
zarar yetkazilganda yoki kasallikning kelib chiqishi yuz berganda, Bosh 
davlat sanitariya vrachi yoki muovini shu obyektning qurilishini, fao-
liyat ko‘rsatayotgan har bir turdagi tashkilot va korxonalarning ish 
faoliyatini, uskunalar, jihozlar, kimyoviy birikmalar va boshqa mahsu-
lotlar ishlab chiqarishni to‘xtatish to‘g‘risida qaror chiqaradi.  
Bosh davlat sanitariya vrachlari va ularning muovinlari, sanitar-
epidemiologik xizmatning javobgar shaxslari jinoyat protsessual kodeksi 
va  O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksiga asosan, atrof-muhit va 
tabiatdan foydalanish me’yor va talablarini buzganligi, buning natijasida 
jamiyat xavfsizligiga xavf solganda (shu bilan birga, radiatsion xavfsiz-
lik), shuningdek, aholi salomatligiga va hayotiga xavf soluvchi atrof-
muhit ifloslanishi yoki o‘lim holatlari kelib chiqqanda, ommaviy 
ravishda kishilarning kasallanishi yoki og‘ir holatlar kuzatilib, bu 
ma’lumotlarni berkitgan yoki buzib ko‘rsatgan shaxslar ishini jinoiy 
javobgarlikka tortish uchun berib yuborish huquqiga ega. 
 

Download 3,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   270




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish