Toshkent shahar xalq ta`limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti malaka ishi mavzusi: 6-sinfda informatika fanini o`qitishda o`quvchilarda fanga oid kompetensiyalarni shakllantirish
O’tilgan mavzu: WordArt obyekti O’tilgan mavzuni mustahkamlash 1. WordART obyekti qanday vazifani bajaradi? 2. WordART obyekti qanday usullar bilan joylashtiriladi? 3. WordART uskunalar paneli qanday imkoniyatlar beradi? 4. WordART obyekti shaklini (formasini) o'zgartirishni amalda ko'rsating. 5. Informatika fanidan referat uchun muqova tayyorlang.
O’tilgan mavzu yuzasidan topshiriq: Quyidagi WordART obyektini hosil qiling:
Matematikadan yoki fizikadan darsliklaringizni varaqlasangiz, turli ko'rinishdagi ifoda va formulalarni ko'rasiz. Turli ifoda va formulalarni yozish uchun Word dasturining formulalar muharriri deb ataluvchi imkoniyatidan foydalaniladi.
Avval yurgich formula yozilishi kerak bo'lgan joyga joylashtiriladi. So'ng formulalar muharriri quyidagi ketma-ketlikda ishga tushiriladi:
Joylashtirish menyusidan Obyekt ( Объект,.,) bo'limi tanlanadi.
Ochilgan Obyektni joylashtirish (Вставка объекта) oynasidan Microsoft tenglamalari (Microsoft Equation 3.0) bo'limi tanlanadi.
Natijada yurgich turgan joyda formula yozish lavhasi va formulaga amal belgilar-ni tanlash imkonini beruvchi quyidagi Formula oynasi aks etadi:
Agar uskunalar panelida formulalar muharriri uskunasi belgisi [ ] joylashtirilgan bo'lsa, u holda formulalar muharririni ishga tushirish uchun shu uskunani tanlash kifoya. Formulalar muharridan chiqish uchun sichqoncha ko'rsatkichini ish maydonimng bo'sh joyiga olib kelib chap tugmasi bir marta bosiladi.
Agar yozilgan formulada xatolik bo'lsa, bu formulaga tuzatish kiritish mumkin. Buning uchun sichqoncha ko'rsatkichini yozilgan formula ustiga olib kelib chap tugmasi ikki marta bosiladi. Natijada yozilgan formula lavhasi ochiladi va ekranda Formula oynasi aks etadi. Shundan keyin yurgichni kerakli joyga sichqoncha yoki yo'nalish klavishlari yordamida joylashtirish va xatolikni tuzatish mumkin bo'ladi.