6- sinf 3-dars. Wordda matn yozish qoidalari



Download 57 Kb.
Sana08.09.2017
Hajmi57 Kb.
#19705
6- sinf

3-dars. Wordda matn yozish qoidalari



Dars ta`limiy maqsadi:

O‘quvchilarga Wordda matn yozish qoidalarini o‘rgatish. Hujjatning ko‘rinishlari haqida tushuncha berish.



Dars tarbiyaviy maqsadi: O`quvchilarga masuliyatli bo`lishni o`rgatish

Rivojlantiruvchi maqsadi: Amaliy ishlar bajarib mavzuni mustahlamlash

Dars turi: yangi bilim beruvchi

Dars metodi :,ven diogrammasi

Dars jihozi: tarqatmalar ,slayd

Asosiy tushunchalar:


Hujjat ko‘rinishlari, qat’iy probel, qat’iy tire.

Mavzuni boshlashga hozirlik:

Informatika va hisoblash texnikasi asoslari darsligi tayyorlab qo‘yiladi. O‘qituvchi tomonidan kompyuterlar ishga hozirlanadi. Mavzuga mos elektron qo‘llanmalar kompyuterga yuklab ishchi holatga keltiriladi.



Darsning borishi :

  1. Salomlashish (1 minut)

  2. Davomadni aniqlash ( 1 minut)

  3. O`tgan mavzuni so`rash (10-minut)

  4. Uy vazifasi va konspektlarni tekshirish(5-minut)

Mavzuni yoritish: (13- minut)

Hujjatning ko‘rinishlari

Word dasturi hujjatni tayyorlash maqsadidan kelib chiqib uning quyidagi ko‘rinishlari holatlarini tavsiya etadi.



Oddiy () holat matnni kiritish, tahrirlash va formatlash uchun mo‘ljallangan. Bu holatda sahifa hoshiyalari, rasmlar ko‘rinmaydi. Bu holatdan matnning mazmuni ko‘proq ahamiyatli bo‘lganda foydalaniladi.

Web-hujjat () holati matnni Internet dasturlarida (masalan, Windows tarkibidagi Internet Explorerda) ko‘rsatish uchun tayyorlanganda foydalanish qulay. Bu ko‘rinishda fon, rasmlar va matn Internet sahifasidagi ko‘rinishda aks etadi.

Sahifa () holati (A-rasm). Bu holatda matn hoshiyalari, rasmlar va boshqa qismlari chop etishga mo‘ljallangan sahifadagi kabi ko‘rinishda aks etadi. Odatda, bu ko‘rinishda vertikal va gorizontal chizg‘ichlar aks etib turadi.

Struktura () holati (B-rasm) matn tarkibini ko‘rib turish, matn qismlarini nusxalash, ko‘chirib o‘tkazish yo‘li bilan matnni qayta tashkil etishda ishlatiladi.

O‘qish () holati hujjatni ekranda o‘qish uchun juda qulay. Bu holatda uskunalarning ba’zi panellari aks etmasligi mumkin.

To‘liq ekran () holati hujjatni ekranda ko‘zni charchatmasdan ko‘rib chiqish uchun qulay. Bu holatda hujjat sahifasining o‘lchamlari ekran o‘lchamlariga mos o‘zgaradi va ekranda faqat sahifa aks etadi.
Matn yozish qoidalari

Wordda matn yozganda quyidagilarni bilish maqsadga muvofiqdir:



  • Barcha matn muharrirlarida bo‘lgani kabi Wordda ham matnning bir satrga sig‘magan qismi yangi satrga avtomatik ko‘chadi.

  • Yangi abzasga o‘tish uchun Enter klavishini bosish zarur.

  • Hap qanday tinish belgisidan keyin probel (bo‘sh joy) klavishi bosilishi shart, tinish belgisidan oldin probel bosilmaydi.

  • Qat’iy probel”ni joylashtirish uchun Ctrl, Shift, probel klavishlari birgalikda bosiladi. Qat’iy tire satr ohirida yozilgan probel qatnashgan jumla (masalan, N. Solixova) ajralib qolmasligi uchun, ya’ni bir satrda joylashishi shart bo‘lganda ishlatiladi.

  • Defis” (tire, –) belgisi probellarsiz yoziladi, masalan: qovun–tarvuz.

  • Uzun tire” (—) ikki tomondan probellar bilan ajratiladi. Uni yozish uchun Ctrl, Alt va yordamchi klavishlar majmuidan ”uzun tire” klavishlari birgalikda bosiladi.

  • Qat’iy tire”ni yozish uchun Ctrl, Shift va – klavishlari birgalikda bosiladi. Qat’iy tire satr ohirida yozilgan defis qatnashgan so‘z (masalan, 5-sinf) ajralib qolmasligi uchun, ya’ni bir satrda joylashishi shart bo‘lganda ishlatiladi.

  • Qavs, tirnoq yoki qo‘shtirnoq ichiga olingan so‘zlar ulardan probellar bilan ajratilmaydi, masalan: “Windows XP”.

  • Rim raqamlarini yozish uchun I, V, X, L, C, M kabi bosh harflardan foydalaniladi.




Oddiy tire bilan yozilgan

Qat’iy tire bilan yozilgan

Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani 150-sonli maktab

Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani 150 sonli maktab




Oddiy probel bilan yozilgan

Qat’iy probel bilan yozilgan

137-sonli maktab 6-sinf o‘quvchisi B. Haitov

137-sonli maktab 6-sinf o‘quvchisi B. Haitov


Hujjatda harakatlanish

Hujjatda yurgich klavishlar yordamida quyidagicha harakatlantiriladi:



  • bir satrdan ikkinchisiga yoki bir belgidan ikkinchisiga yo‘nalish klavishlari;

  • bir so’zdan ikkinchisiga Ctrl klavishini bosib turgan holda → yoki ← klavishlarini bosish yordamida;

  • bir abzasdan ikkinchisiga Ctrl klavishini bosib turgan holda ↑ yoki ↓ klavishlarini bosish yordamida;

  • bir sahifadan ikkinchisiga PageUp va PageDn klavishlari yordamida;

  • satr boshiga Home, satr ohiriga End klavishlari yordamida;

  • matn boshiga Ctrl + Home, matn ohiriga Ctrl + End klavishlari yordamida.

Hujjat tayyorlashda matn yozish qoidalariga amal qilish muhim ahamiyatga ega. Matn yozish qoidalarining asosiylari darslikda keltirilgan. Mazkur qoidalarga amal qilmasdan tayyorlangan hujjat ko‘rimsiz chiqishi, u formatlanganda (masalan, sahifa o‘lchami o‘zgartirilsa) kutilmagan natijaga (masalan, abzatslar bir biriga qo‘shilib ketishi,…) olib kelishi mumkin. Bunday hollarni avvaldan tayyorlab qo‘yilgan misollar yordamida o‘quvchilarga namoyish etish maqsadga muvofiq.

Hujjatda yurgichni harakatlantirishni to‘rtta yo‘nalish klavishlari yordamida amalga oshirish mumkin. Ammo yurgichni hujjat bo‘ylab harakatlantirishning boshqa usullari ham borki, ulardan foydalanish hujjat tayyorlashni tezlashtirib, vaqtni tejashga imkon beradi. Ushbu usullar darslikda batafsil bayon etilgan. Bu usullar amalda namoyish etiladi. Buning uchun avvaldan bir necha sahifalik matn tayyorlab qo‘yish maqsadga muvofiq.



Mavzuni mustahkamlash va yakunlash(12-minut)

Bu bosqichda o‘quvchilarga mavzudagi asosiy tushunchalar bilan bog‘liq savollar bilan murojaat qilish (yoki test vazifalarini bajarish) va darslikdagi 2–mashqni bajariladi Kompyuterda matn terish



Uyga vazifa: (3-minut)

  1. Darslikdagi 1 – mashq.

  2. “Mening vatanim” mavzusida 15 satrli hikoya yozib kelish.

4. 3-mavzuni o‘qib kelish.



Download 57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish