F. I. Salomova, L. K. Abdukadirova, X. A. Sadullayeva, S. A. Sharipova mutaxassislikka kirish



Download 3,61 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/270
Sana28.09.2021
Hajmi3,61 Mb.
#188450
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   270
Bog'liq
MUTAXASSISLIKKA KIRISH

cheklovchi tadbirlar (karantin)  —  yuqumli va parazitar kasallik-
lar tarqalishining oldini olishga qaratilgan, xo‘jalik faoliyati va boshqa 
faoliyatning alohida tartibini, aholi, transport vositalari, yuklar va (yoki) 
tovarlar harakatlanishining cheklanishini nazarda tutadigan ma’muriy, 
tibbiy sanitariya chora-tadbirlari va boshqa chora-tadbirlar; 
yuqumli va parazitar kasalliklar — insonga u yashayotgan muhit-
ning biologik omillari ta’sir ko‘rsatishi hamda kasallikka chalingan 
insondan yoki hayvondan sog‘lom insonga kasallik yuqishi mumkinligi 
sababli paydo bo‘ladigan va tarqaladigan inson kasalliklari. 
Ushbu Qonunning 4-moddasida  aholining sanitariya-epidemiologik 
osoyishtaligi sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari quyida-
gilardan iborat deb ko‘rsatilgan:  sanitariya-gigiyena  tadbirlarini va 
epidemiyaga qarshi tadbirlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirish; 
davlat tomonidan sanitariya-epidemiologiya normalarining joriy etilishi; 
aholining sanitariya madaniyati darajasini oshirish; davlat sanitariya 
nazoratini amalga oshirish; xalqaro hamkorlikni amalga oshirish. 
Ushbu Qonunning  5-moddasida  Sanitariya qoidalari, normalari va 
gigiyenik normativlar,  6-moddasida  O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasining aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi sohasi-
dagi vakolatlari, 7-moddasida Mahalliy davlat hokimiyati organlarining 
aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi sohasidagi vakolatlari, 
8-moddasida Davlat sanitariya nazoratini amalga oshiruvchi organlar, 9-
moddasida  Davlat sanitariya nazoratini amalga oshiruvchi mansabdor 
shaxslar, 10-moddasida O‘zbekiston Respublikasi Bosh davlat sanitariya 
vrachining vakolatlari,  11-moddasida  Qoraqalpog‘iston Respublikasi, 
viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar bosh davlat sanita-
riya vrachlarining vakolatlari, 12-moddasida Davlat sanitariya nazoratini 


31 
 
amalga oshiruvchi mansabdor shaxslarning huquqlari,  13-moddasida 
sanitariya nazoratini amalga oshiruvchi mansabdor shaxslarning majbu-
riyatlari,  14-moddasida  Aholining sanitariya-epidemiologik osoyish-
taligini ta’minlashda fuqarolar o‘zini  o‘zi boshqarish organlarining, 
nodavlat notijorat tashkilotlarining ishtirok etishi, 15-moddasida Yuridik 
shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarning aholining sanitariya-
epidemiologik osoyishtaligi sohasidagi huquqlari, 16-moddasida Yuridik 
shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarning aholining sanitariya-
epidemiologik osoyishtaligi sohasidagi majburiyatlari,  17-moddasida 
Fuqarolarning aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi soha-
sidagi huquq va majburiyatlari,  18-moddasida  Normativ-texnik hujjat-
larni ishlab chiqishga doir talablar,  19-moddasida  Obyektlarni rejalash-
tirish, loyihalashtirish va qurishga, korxonalarni texnik va texnologik 
jihatdan qayta jihozlashga hamda ishga tushirishga doir talablar,  20-
moddasida  Hududlarni, inshootlarni, binolarni saqlashga, uskunalar va 
transport vositalaridan foydalanishga doir talablar,  21-moddasida 
Kimyoviy moddalarni, biologik vositalarni va materiallarni tashish, 
saqlash, qo‘llash, zararsizlantirish, utilizatsiya qilish hamda  ko‘mib 
tashlash paytidagi talablar,  22-moddasida  Radioaktiv moddalar va 
boshqa ionlashtiruvchi nurlanish manbalari bilan ishlash paytidagi 
talablar,  23-moddasida  Turar joylarga ko‘chib kirishga va ulardan foy-
dalanishga doir talablar, 24-moddasida Oziq-ovqat xomashyosiga, oziq-
ovqat mahsulotlariga, ularni ishlab chiqarishga, tashishga, saqlashga va 
realizatsiya qilishga doir talablar,  25-moddasida  Xorijdan olib kirila-
digan mahsulotni yetkazib berish va realizatsiya qilish paytidagi talablar, 
26-moddasida Xo‘jalik va ichimlik suvi bilan ta’minlashga doir talablar, 
27-moddasida  Ta’lim shart-sharoitlarini tartibga soluvchi sanitariya 
qoidalari, normalari va gigiyenik normativlarga rioya etilishiga doir 
talablar, 28-moddasida Mehnat sharoitlariga doir talablar, 29-moddasida 
Maxsus ekspertizalar o‘tkazish, 5-bobida Sanitariya-gigiyena tadbirlarini 
va epidemiyaga qarshi tadbirlarni tashkil etish hamda o‘tkazish,  30-
moddada Sanitariya-gigiyena tadbirlari va epidemiyaga qarshi tadbirlar, 
31-moddasida O‘zbekiston Respublikasi hududining sanitariya muhofa-
zasi, 32-moddasida  Yuqumli va  parazitar kasalliklar o‘choqlarida  o‘t-
kaziladigan chora-tadbirlar,  33-moddasida  Profilaktik emlashlar o‘tka-
zish,  34-moddasida  Dezinfeksiya tadbirlari,  35-moddasida  Majburiy 
tibbiy ko‘riklar, 36-moddasida Fuqarolarni gigiyenik o‘qitish va tarbiya-
lash,  37-moddasida  Davlat sanitariya nazoratini amalga oshirish bo‘yi-


32 
 
cha faoliyatga aralashishga yo‘l qo‘yilmasligi,  38-moddasida  Nizolarni 
hal etish,  39-moddasida  Aholining sanitariya-epidemiologik osoyish-
taligi to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik,  40-
moddasida  Ayrim qonun hujjatlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish 
41-moddasida Qonun hujjatlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirish, 42-
moddasida  Ushbu Qonunning kuchga kirishi  to‘g‘risida ma’lumotlar 
keltirilgan. 
 

Download 3,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   270




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish