7. Oziq-ovqat mahsulotlarining sifatini va ularning inson organizmi- ga ta’sirini aniqlash bilan birgalikda, aholining salomatlik holatini yaxshilashga qaratilgan oziq-ovqat mahsulotlariga qo‘yilgan talab- larni, ularni tayyorlash, saqlash va qo‘llashga qaratilgan sanitar- gigiyenik me’yoriy ko‘rsatkichlarni o‘rgatadigan fanni ko‘rsating: A. ovqatlanish gigiyenasi;
B. mehnat gigiyenasi;
D. kommunal gigiyena;
E. bolalar va o‘smirlar gigiyenasi;
F. radiatsion gigiyena.
8. O‘suvchi organizmga atrof-muhitda mavjud bo‘lgan turli omil- larning ta’sirini o‘rganish va olingan ma’lumotlar asosida bolalar va o‘smirlar organizmiga moslashtirilgan holda ilmiy asoslangan gigiyenik normativlarni, tavsiyalarni ishlab chiqish gigiyenaning qaysi bo‘limiga tegishli: A. bolalar va o‘smirlar gigiyenasi;
B. mehnat gigiyenasi;
D. kommunal gigiyena;
E. ovqatlanish gigiyenasi;
F. radiatsion gigiyena.