F. I. Salomova, L. K. Abdukadirova, X. A. Sadullayeva, S. A. Sharipova mutaxassislikka kirish


Ishlab chiqarishga doir nomuvofiq mikroiqlim



Download 3,61 Mb.
Pdf ko'rish
bet213/270
Sana28.09.2021
Hajmi3,61 Mb.
#188450
1   ...   209   210   211   212   213   214   215   216   ...   270
Bog'liq
MUTAXASSISLIKKA KIRISH

Ishlab chiqarishga doir nomuvofiq mikroiqlim 
 
Qizdiruvchi mikroiqlimga xos bo‘lgan keltirilgan omillar asosan 
organizmning issiqlik boshqarilish jarayoniga ta’sir ko‘rsatadi. Terlash 
hisobiga organizmdan uzatiladigan issiqlik miqdori keskin ko‘tariladi, 
natijada bir ish smenasi davomida odam  8 l  gacha suvni yo‘qotishi 
mumkin. Ter bilan birga organizmdan tuzlarning chiqishi ham kuzatiladi 


254 
 
(birinchi navbatda xloridlar). Agar shu fonda ishchilar organizmida bir 
qator  funksional  o‘zgarishlar kelib chiqadi va u patologiya holatlari-
gacha yetib borishi mumkin. Nafas va puls urishi tezlashadi, azot alma-
shinuvi  o‘zgaradi (oqsillarning juda tez parchalanishi), organizmdagi 
vitaminlar miqdori kamayadi, ayniqsa  “C vitamini”, suv va tuz alma-
shinuvi izdan chiqadi. Qizdiruvchi mikroiqlim uzoq muddat davomida 
ta’sir etganda ishchilar organizmida mushaklarning tirishib qisqarishi 
kuzatilishi mumkin  –“tirishish kasalligi”, u suv va tuz muvozanatining 
buzilishiga bog‘liqdir. Ishchilar organizmga yorqin ko‘zga tashlanadigan 
issiqlik ta’siri issiq urish va to‘satdan hushdan ketish holatini keltirib 
chiqarib, tana haroratining ko‘tarilishi bilan boradi. 
Ishchilar organizmining qizishini oldini olish tadbirlari kompleks 
bo‘lishi  kerak, va u ham mikroiqlimni yaxshilashga,  ham organizmga 
issiqning ta’sirini yumshatishga qaratilgan bo‘lishi kerak. Mikroiqlimni 
yaxshilash uchun agar texnologiya bo‘yicha imkoniyat bo‘lsa qizigan 
jihozlar yuzasini izolyatsiya qilish zarur. Ishchi xonalar havosini 
aeratsiya qilish va sun’iy shamollatishning ahamiyati katta. Sex havosini 
aeratsiya qilish uchun qizigan jihozlarning tepa qismidan havoni sun’iy 
tarzda so‘rish va qizigan havoni tashqariga chiqarib tashlash moslama-
lari o‘rnatiladi, bunda sex ichiga tashqaridagi toza havo eshiklar va de-
razalar orqali kirishi nazarda tutiladi. Bizning issiq iqlim sharoitimizda 
yilning issiq faslida aeratsiya faqat havo harakati tezligini oshiradi xolos, 
ammo havo haroratini pasaytirmaydi, chunki havo haroratining o‘zi ham 
45-46 darajada bo‘ladi. Bunday sharoitda havoni sun’iy tarzda shamolla-
tish talab etilib, berilayotgan havoni salqinlashtirish maqsadga muvofiq 
(konditsionerlash). Biroq katta-katta eshiklari bor bo‘lgan sexlardagi 
havoni konditsionerlar yordamida muvofiqlashtirishning deyarli imko-
niyati yo‘q, shuning uchun bunday sharoitda mikroiqlim parametrlari 
juda yuqori bo‘lgan ish joylari havosini havo dushlari yordamida 
salqinlashtirish mumkin bo‘ladi. Issiq sexlardagi ishchilarda tuz-suv 
almashinuvining buzilishini oldini olish uchun ularni tuz qo‘shilgan 
ichimlik suvi bilan yetarli darajada ta’minlash zarur. Bu yo‘nalishdagi 
eng yaxshi yo‘l ana shunday issiq sexlarga gazlashtirilgan suvlarni 
beruvchi saturatorlarni o‘rnatish hisoblanadi. Ishchilar organizmning 
tashqi muhit bilan issiqlik almashinuviga ta’sir ko‘rsatmaydigan maxsus 
kiyimlar bilan ta’minlanishi kerak. Issiq mikroiqlim sharoitida 
organizmdagi oqsil va vitaminlarning parchalanishini tezlashishini 
inobatga olib, ishchilarning ovqatlanishini to‘la qiymatli bo‘lishiga 


255 
 
e’tibor qaratish va ularga polivitaminlar (xamirturush  ko‘rinishidagi) 
berish tavsiya qilinadi. 
      Ko‘rish organiga infraqizil nurlanishlarning zararli ta’sirini oldini 
olish uchun ishchilarning hammasi himoya ko‘zoynaklari yoki to‘siqlar 
qalqon bilan ta’minlanishi kerak. 
      Ishlab chiqarish muhitidagi sovutuvchi mikroiqlim past harorat, havo 
harakatining yuqoriligi va ko‘pincha yuqori namlik bilan ta’riflanadi. 
Bizning iqlim sharoitimizda sovituvchi mikroiqlimga  nisbatan shunday 
fikrlar borki,  bizdagi sanoat korxonalari uchun sovituvchi mikroiqlim 
juda ham xarakterli emas degan fikrlar mavjud. Ammo, juda ko‘p tek-
shirishlarning natijalari shuni ko‘rsatmoqda-ki, katta-katta sexlarga ega 
bo‘lgan korxonalarda (mas., qurilish industriyasi korxonalari) gi 
sexlarning darvozalarning hajmi judda katta bo‘lib, ular orqali transport 
vositalarining kirib chiqishi ko‘zda tutilgan. Shuning uchun bunday 
sexlarda qoida bo‘yicha qish kunlari havo harorati 7-13
o
C  atrofida, 
havoning namligi esa 85% gacha yetadi, havoning harakati tezligi 
ko‘pincha 1 m/sekdan yuqori bo‘ladi. Bunday mikroiqlim sharoitlari har 
qanday toifadagi ishchilar uchun nomuvofiq hisoblanadi. Bu sharoit 
og‘ir jismoniy ishlarni bajaruvchi ishchilar organizmiga sovutuvchi 
ta’sir ko‘rsatadi.
 
 
Organizmni  sovishining eng oxirgi 
darajasi  -  muzlash holatlari faqat yuqori 
havo harakati bilan kuzatiladigan manfiy 
haroratlardagina kuzatilishi mumkin (mas., 
ochiq havoda ishlash). Ammo, manfiy 
haroratga ega bo‘lmagan  sovutuvchi mik-
roiqlimning uzoq muddat davomida ta’sir 
etishi ishlab chiqarish muhitining muhim 
omili hisoblanib, shamollash kasalliklari 
(o‘tkir respirator kasalliklar, anginalar, 
radikulitlar) va ginekologik kasalliklarning kelib chiqishiga sharoit 
yaratadi.  Shunga bog‘liq holda keltirilgan kasallik shakllari yilning 
sovuq fasllarida ko‘pgina korxonalar  uchun xarakterli hisoblanadi.  Bu 
kasalliklarning kelib chiqmasligini oldini olish uchun korxonalardagi 
mikroiqlimni yaxshilash katta ahamiyatga ega. Agar sexlar yopiq bo‘lsa, 
talab etiladigan mikroiqlim sharoitini markazlashtirilgan isitish tizimi 
orqali amalga oshirish mumkin. “Ochiq”  sexlarda esa (eshiklari katta 
bo‘lgan sexlar) mikroiqlimni muvofiqlashtirishga issiq havo beruvchi 
8.3.1-rasm. Temirni 

Download 3,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   209   210   211   212   213   214   215   216   ...   270




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish