246
ishchi organizmiga ularning ta’sir ko‘lamini oshiradi. Yangi turdagi
mahsulotlarni ishlab chiqaruvchi korxonalar ishchilarning talablari va
istaklarini to‘liq qondiribgina qolmay, balki ular organizmiga
yangi
omillarning ta’sirini ham yuzaga keltiradi. Chunki korxonalarda yangi
turdagi xom-ashyolarni qo‘llash va yangi turdagi mahsulotlarni ishlab
chiqarish tabiiy-ki, yangi omillarni kelib chiqishi uchun sharoit yaratadi.
Yuqorida keltirilganlardan ko‘rinib turibdi-ki, mehnat sharoitlarini
yaxshilash masalalari zamonaviy korxonalarda o‘tmishdagi korxo-
nalardagidan kam emasligi ko‘rinib turibdi. Shuning uchun ham nafaqat
ishlab chiqariladigan mahsulotlarning hajmi, balki ishchilarning
salomatlik holatlari ham ana shu jarayonlar bilan chambarchas
bog‘liqdir. Bu muammolarning hammasi tibbiyot bilan
ham cham-
barchas bog‘liq, chunki sanoat korxonalari ishchi va xizmatchilariga
tibbiy xizmat ko‘rsatish tibbiyotning asosiy vazifasidir.
Tibbiy mehnatning asosiy qismi mehnat gigiyenasi hisoblanadi. Bu
sohaning asosiy vazifasi ishlab chiqarish muhitida bo‘ladigan zararli
omillarning ishchilar organizmiga ta’sir etish xususiyatlarini o‘rganib,
uning asosida ishchilar o‘rtasida kuzatiladigan kasalliklarning oldini
olishga qaratilgan tadbirlarni ishlab chiqadi va hayotga tatbiq qiladi. Bu
tadbirlarning barchasi ishchilar organizmida kelib chiqadigan kasb
kasalliklarini
bartaraf qilish, ishlab chiqarish muhitini sog‘lomlashtirish-
ga yo‘naltirilgan bo‘lib, natijada ishlab chiqarish ko‘lamini ortishiga olib
keladi. Mehnat gigiyenasining ko‘rsatib o‘tilgan maqsadlari faqatgina
ijtimoiy yo‘nalishga ega bo‘lmay, balki iqtisodiy yo‘nalishga ham ega.
Shuning uchun mehnat gigiyenasi ishlab chiqqan amaliy tadbirlarni
amalga oshirish faqat tibbiy xodimlarni emas, balki sanoatchilarning
o‘zlarini, tadbirkorlarni, korxona ma’muriyatini qiziqtirishi kerak.
Mehnat gigiyenasining fani faqatgina
ishlayotgan odamlar emas,
balki shu korxona, shu korxonadagi ishlab chiqarish texnologiyasi hi-
soblanadi, shuning uchun ham mehnat gigiyenasining asosiy vazifalari
quyidagilardan iborat:
- texnologik jarayonlarni o‘rganish va ishchilar organizmiga zararli
ta’sir ko‘rsatuvchi omillarni aniqlash;
- korxonadagi zararli omillarni odam va hayvon organizmiga ta’sir
etish xususiyatlarini o‘rganish va bu omillarning eng optimal bo‘lgan
parametrlarini aniqlash, zararli omillar uchun esa - odam organizmi
uchun befarq bo‘lgan parametrlarini aniqlashdir;
247
- tekshirilgan korxonadagi zararli omillarga nisbatan ishlab
chiqil-
gan gigiyenik me’yorlar va reglamentlarni ishlab chiqarish jarayoniga
tatbiq qilish;
Ishlab chiqarish muhitida bor bo‘lgan juda ko‘p omillar uchun
bugungi kunda gigiyenik me’yorlar va reglamentlar ishlab chiqilgan,
ammo sanoat korxonalarida yuz berayotgan texnologik o‘zgarishlarning
davom etayotganligi mehnat gigiyenasi oldiga yangi-yangi vazifalarni
qo‘yadi. Bunday vazifalar qatoriga takomillashtirilayotgan korxonalarda
ishlab chiqarish muhitini gigiyenik nuqtai-nazardan baholash, yangi
texnologiyalarning xususiyatlarini o‘rganish, avtomatlashtirilayotgan,
kompyuterlashtirilayotgan, robotlashtirilayotgan
texnologik jarayonlarni
o‘z vaqtida o‘zlashtirish hamda bu yerdagi yangi omillarga o‘z vaqtida
gigiyenik baholar berish hisoblanadi. Zamonaviy korxonadagi eng mu-
him bo‘lgan gigiyenik vazifalardan biri shundan iborat-ki, tako-
millashtirilgan texnologiyalarni odam organizmiga moslashtirilganligini
gigiyena nuqtai-nazardan asoslashdir. Zamonaviy
texnologiyaga odam-
ishchini emas, balki bu texnologiyani ishchi organizmiga mos-
lashtirilganligi muhimdir.
Do'stlaringiz bilan baham: