F. I. Salomova, L. K. Abdukadirova, X. A. Sadullayeva, S. A. Sharipova mutaxassislikka kirish


 Ruhiy fiziologik guruhlarga kiruvchi omillarga



Download 3,61 Mb.
Pdf ko'rish
bet211/270
Sana28.09.2021
Hajmi3,61 Mb.
#188450
1   ...   207   208   209   210   211   212   213   214   ...   270
Bog'liq
MUTAXASSISLIKKA KIRISH

8.2. Ruhiy fiziologik guruhlarga kiruvchi omillarga  
gigiyenik ta’rif 
 
      Qoida bo‘yicha, turli korxonalarda ma’muriyat xodimlari va tibbiy 
xodimlarning asosiy diqqat-e’tiborlari fizikaviy va kimyoviy omillarga 
qaratilgan bo‘ladi. Bu albatta qonuniy bir hol, chunki bu omillarning 
ta’siri ko‘zga ko‘rinarli ta’sir samaralarini keltirib chiqaradi. Ammo, ho-


250 
 
zirgi zamonaviy sanoat korxonalarida, yangi turdagi o‘rta va kichik 
korxonalarda kundan-kunga ruhiy-fiziologik omillarning tutgan o‘rni 
ham ortib bormoqda, vaholanki, bu korxonalarda texnologik nuqtai-
nazardan unchalik takomillashmagan texnologiyalar faoliyat ko‘rsat-
moqda. Jumladan,  jismoniy ishlarni bajarish yoki tik turgan holatda 
ishlarni bajarish tayanch organlaridagi  mushaklar, bo‘g‘in boylamlarida 
statik va dinamik zo‘riqishlarni kelib chiqishi kuzatiladi. Bunday 
holatlarda asosiy og‘irlik oyoq mushaklariga tushadi, ikkinchi navbatda 
chanoq va qorin mushaklari zo‘riqadi (og‘ir yuklarni tashuvchilar, 
sotuvchilar, ofitsiantlar, militsionerlar, pochtalonlar, stanoklarda ishlov-
chilar kabi).  
Uzoq muddatli statik zo‘riqish oqibatida oyoqlardagi vena qon 
tomirlarining varikoz kengayishi, yassi tovonlik kelib chiqadi. Ayollarda 
esa, og‘ir yuklarni ko‘tarish, yuklarni qo‘zg‘atish jarayonida bachadon-
ning pastga siljishi, bachadon bo‘yni va qin devorlarining chiqib ketish 
holatlari kuzatiladi. Tayanch organlari -  oyoqlardagi nospetsifik o‘zga-
rishlarni oldini olish tadbirlari qatoriga ishchilarga ish jarayonida ish 
holatlarini o‘zgartirib turish (o‘tirib dam olish soatlariga e’tibor berish), 
ish kunining oxirida toliqqan oyoq mushaklarini massaj qilish va iliq 
vannalar belgilash, ish kuni davomida to‘g‘ri tanlangan oyoq kiyimlarini 
kiyish-yassi bo‘lmagan oyoq kiyimlari, oyoq kiyimining poshnasi 2 - 3 
sm atrofida bo‘lishiga e’tibor berilishi kerak. 
Harakat tayanch organlarining jismoniy zo‘riqishi ko‘pincha og‘ir 
yuklarni ko‘tarish va tashish jarayonida kuzatiladi (yuk tashuvchilar). 
Bunday ishchilarda vaqt o‘tishi bilan qorinning oq chizig‘i sohasida 
churralarning paydo bo‘lishi kuzatiladi. Kasallikni oldini olish maqsa-
dida ish jarayonlarini mexanizatsiyalashtirish va jismoniy tarbiya 
mashqlarini bajarib turish tavsiya etiladi. 
Gipodinamiya  -  holati kun davomida o‘tirib ishlovchilarda yoki 
avtomatlashtirilgan jarayonlarni o‘tirib boshqaruvchilarda ko‘proq qayd 
qilinadi. O‘tirib ishlash holati  aksariyat hollarda kichik chanoq sohasi-
dagi organlarda bosimning ortib ketishiga sababchi bo‘ladi. Natijada 
bunday kasbdagilarda bavosil (gemorroy), ayollarda esa menstruat sikl-
ning  o‘zgarish  holatlari yuzaga keladi. Bundan tashqari o‘tirib ishlash 
jarayonida yurak-tomir kasalliklarini kelib chiqishiga sharoit yaratiladi. 
Bunday nomuvofiq oqibatlarni oldini olish tadbirlariga ishlab chiqarish 
gimnastikalari bilan shug‘ullanish, jismoniy tarbiya va sport turlarining 


251 
 
biri bilan shug‘ullanish, ishchi holatlarini oqilona bo‘lishini ta’minlash 
kabilar kiradi. 
    Ayrim organlarning fiziologik zo‘riqishi.  Bu guruhdagi omillar 
bir qator kasbdagilarda -  qo‘lda sut sog‘uvchilar, mashinistkalar, piani-
noda o‘ynovchilar, komyuterlarga dastur tuzuvchilar, xarf teruvchilarda 
kuzatilib, ana shu zo‘riqqan organlarda yoki kichik mushak guruhlarida 
o‘zgarishlar kelib chiqadi. Shunday kasblarda uzoq muddat davomida 
ishlash oqibatida tendovaginitlar, miozitlar, qo‘l mushaklari va bo‘g‘in-
larida og‘riqlar paydo bo‘ladi. Bunday kasbdagi ishchilarga kasbiy 
patologiyaning spetsifik shakli koordinator nevroz hisoblanadi. 
Bunday  o‘zgarishlarni oldini olish uchun  bajariladigan ishlarni  
o‘zgartirib turish, qo‘lda sut sog‘uvchilarning ishini mexanizatsiya-
lashtirish lozim. Ish vaqti tugagandan so‘ng toliqqan mushak guruhlarini 
massaj qilish, issik vannalar belgilash maqsadga muvofiq. 
Sanoat korxonalarida juda ko‘p turdagi kasb ishchilari ko‘z ana-
lizatorining zo‘riqib ishlashi holatiga duchor bo‘ladilar (soatsozlik 
korxonalari, kompyuterlarni, radio va televizion apparatlarni ishlab 
chiqarish korxonalari, elektron korxonalari, kartograflar va h.k.).  Bu 
kasbdagi ishchilarda  ish kunining oxiriga kelib ko‘rish organining 
toliqish, ko‘rish  o‘tkirligining pasayishi kuzatiladi. Bunday kasblarda 
uzoq muddat davomida ishlash jarayonida rivojlanuvchi miopiya 
kasalligi shakllanadi. Bundan tashqari ish joylarining yaxshi yoritil-
masligi sharoitida konyunktivit kasalligi tez-tez qayd qilinishi mumkin, 
bunday holatlarni oldini olishdagi eng muhim tadbirlar qatoriga ish 
joylarining oqilona yoritilganligi  muhimdir. Bundan tashqari ish 
joylarining yoritilish darajasi  bajariladigan ishlarning turi va tabiatiga 
qarab  o‘zgarishi mumkin. Bunday kasbda ishlash uchun ishchilarni 
ishga qabul qilishda ko‘rish analizatorining funksional holati va ko‘rish 
o‘tkirligini aniqlanishi shart. 
       Miqdori  bo‘yicha katta guruhdagi kasallanish holatiga tushuvchi 
ishchi va xizmatchilar bor-ki, ular sanoat korxonalaridagi zararli omillar 
ta’siriga emas, balki kasbning o‘ziga xos xususiyatlariga ko‘ra 
patoloiyalar rivojlanishi mumkin. Mas.,  oliy  o‘quv yurti o‘qituvchilari, 
ashulachilarda ovoz boylamlarining zo‘riqishi natijasida surunkali 
laringit, faringit, bronxit kasalliklari ko‘proq qayd qilinadi. Patologiya-
ning spetsifik ko‘rinishi  qatoriga ovoz boylamlarining yo‘g‘onlashishi 
va ovoz boylamlarida tugunchalarning paydo bo‘lishi  kuzatiladi.  
Kasallikni oldini olish tadbirlari qatoriga ish vaqtlarini reglament-


252 
 
lashtirish, yog‘li va ishqoriy ingalyatsiyalarni belgilash, ma’ruzalar 
o‘qish jarayonida ovoz kuchaytirgichlardan foydalanish tavsiya etiladi. 
Bu guruhdagi omillarga ta’rif berish bilan bir qatorda o‘pkaning 
uzoq muddatli ekspiratsiyasi tufayli undagi patologik o‘zgarishlarning 
shakllanishini ham alohida eslatish o‘rinlidir. Bunday holatlar nafas 
chiqarish orqali chalinadigan asboblarda chaluvchilar, shisha damgir-
larda ko‘proq kuzatilib, katta ish stajiga ega bo‘lganlarda o‘pka emfize-
masi kelib chiqadi, kasallikning yorqin belgilari faqat ish staji bilan 
bog‘liqdir. Bu patologiyalarni oldini olish uchun ish soatlarini reg-
lamentlash katta ahamiyatga egadir. 
Ruhiy-fiziologik omillarning yana bir muhim turi yuqori darajadagi 
asab-ruhiy zo‘riqishlar hisoblanadi va bu turdagi zo‘riqish holatlari 
zamonaviy yuqori mexanizatsiyalashtirilgan va avtomatlashtirilgan kor-
xonalar,  hamda u yoki bu ko‘rinishdagi texnologik jarayonlarni boshqa-
rish bilan bog‘liqdir (masalan, aeroport  hodimlari). Bunday omillar 
ta’sirida ishchi va xizmatchilar organizmida aqliy toliqish kelib chiqadi 
va ish jarayonida yo‘l qo‘yiladigan xatolar soni oshib boradi. Ma’lumki 
bunday sohadagi xodimlar kichik xatoga ham yo‘l qo‘ymasliklari lozim, 
shunday ekan, ish davomida ulardagi javobgarlik hissiyoti ularning 
asablarini yanada taranglashtiradi.  Bunday kategoriyadagi ishchilar 
o‘rtasida tez-tez ruhiy-psixologik siljishlar qayd qilinib turiladi. Bundan 
tashqari yuqori darajadagi asab-ruhiy zo‘riqishlar yurak-qon tomir 
sistemasi patologiyalarining kelib chiqishidagi xavfli omil bo‘lib xizmat 
qiladi. Shuning uchun bunday kasbdagilar o‘rtasida gipertoniya kasal-
ligi, yurakning ishemik kasalliklari ko‘proq uchraydi. Bu kasalliklarni 
oldini olish maqsadida ish va dam olish soatlarini to‘g‘ri tashkil qilish, 
shu bilan birga ish kuni davomida ruhiy tinchlantirish xonalarida 
organizmning relaksatsiyasi uchun imkoniyatlar yaratish zarur. Bundan 
tashqari bunday kasbdagilar uchun dam olish muddatlari boshqa kasb 
egalarinikidan uzaytirilgan bo‘lmog‘i kerak. Shu bilan birga ish 
joylarining oqilona tashkil etilganligi, ishlab chiqarishga doir dizayn 
ya’ni bezatish, xonaga muntazam toza havo berib turish, intensiv 
shovqinlarning ta’sirini bartaraf qilish, ish joylarining yaxshi yoritil-
ganligini ta’minlash kerak. 
Ish kuni tugagandan so‘ng xodimlar faol dam olishlari, jismoniy 
tarbiya va sport turlari bilan shug‘ullanishlari tavsiya etiladi. Yana bir 
bor ta’kidlash lozim-ki,  juda ko‘p kasbdagi ishchi va xodimlari keng 
spektrdagi asab zo‘riqishlarga duchor bo‘ladilar, shuning uchun ularning 


253 
 
mehnat sharoitlarini baholaganda bunday ta’sir xususiyatiga alohida 
e’tiborni qaratish talab etiladi. 
 

Download 3,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   207   208   209   210   211   212   213   214   ...   270




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish