F. I. Salomova, L. K. Abdukadirova, X. A. Sadullayeva, S. A. Sharipova mutaxassislikka kirish


Sanoat changlari, changga doir patologiyalar va ularni oldini



Download 3,61 Mb.
Pdf ko'rish
bet219/270
Sana28.09.2021
Hajmi3,61 Mb.
#188450
1   ...   215   216   217   218   219   220   221   222   ...   270
Bog'liq
MUTAXASSISLIKKA KIRISH

Sanoat changlari, changga doir patologiyalar va ularni oldini 
olish.  Ishlab chiqarish muhitlaridagi eng ko‘p tarqalgan nomuvofiq 
omillardan biri chang hisoblanadi. Chang deganda zarrachlarning 
diametri mm ning bir necha ulushidan millimikronlargacha kattalikka 
ega bo‘lgan qattiq zarrachalarning havo muhitida muallaq holda bo‘lishi 
demakdir va ularni oddiy tilda aerozollar deb nomlash mumkin. 
Bunda dispers faza sifatida chang zarrachalari, dispersli muhit esa - 
havo hisoblanadi. Gigiyenik ahamiyatga faqat havo muhitida bo‘ladigan 
changning konsenratsiyasigina emas, balki uning kelib chiqishi, kattaligi 
va chang zarrachasining tabiatiga ham egadir. 
Kelib chiqishi bo‘yicha changlar anorganik (mineral, metall chang-
lari),  organik  (hayvon,  o‘simlik, sintetik) va aralash changlarga bo‘li-
nadi. 
Chang zarrachalarining shakli uning qanday hosil bo‘lishiga 
bog‘liqdir. Hosil bo‘lishi bo‘yicha dezintegratsiyali (maydalangan zar-
rachlar) va kondensatsiyali changlarga (tutun) bo‘linadi. 
Chang zarrachalarining kattaligi bo‘yicha (chang dispersligi) katta 
dispersli (chang zarrachlarining kattaligi - 10 mkm), o‘rta dispersli (5-10 
mkm), kichik dispersli (0,25 -  5 mkm) va ultrakichik dispersli (0,25 
mkm dan kichik) changlarga bo‘linadi. 


262 
 
     Changning kimyoviy tarkibi katta gigiyenik ahamiyatga  ega, chunki 
chang organizmga ta’sir ko‘rsatish xarakteri unga bog‘liqdir: fibrogenli, 
qo‘zg‘otuvchi yoki qichituvchi, toksik (zaharli), allergenli ta’sirlar. 
      Fibrogenli ta’siri:  Changga oid patologiya va eng ko‘p va og‘ir ke-
chadigan kasb kasalliklariga kiradi. Spetsifik va nospetsifik changga oid 
patologiya shakllarini farqlash mumkin. Birinchi guruhga pnevmoko-
niozlarni kiritish mumkin (pnewmo-o‘pka, conios-chang). Changlarning 
turiga qarab quyidagi pnevmokonioz turlarini ajratish mumkin: silikoz 
(o‘z tarkibida ozod kremniy oksidini tutuvchi changlar), silikatozlar 
(tarkibida bog‘langan kremniy oqsilini tutuvchi changlar), antrakoz 
(ko‘mir changi), metallokoniozlar (metall changlari); 
       Organik  changlardan kelib chiqadigan pnevmokoniozlar: bissinoz 
(paxta, zig‘ir, kanop changlari), bagassoz (shakar qamishi changi), fer-
merlar  o‘pkasi (qishloq xo‘jaligiga doir changlar va ular tarkibida 
bo‘ladigan mog‘orlar) va b. Pnevmokoniozlarning eng ko‘p tarqalgan 
shakli ko‘z hisoblanadi, bu kasallikning kelib chiqish tezligi changning 
havodagi  konsenratsiyasigagina bog‘liq bo‘lmay, balki uning organi-
zmga ta’sir etish muddatiga, chang tarkibidagi ozod kremniy oksidining 
foizdagi miqdoriga bog‘liqdir. Shuning uchun  “zaharsiz”  bo‘lgan 
changlarga gigiyenik me’yor ishlab chiqishda uning tarkibidagi ozod 
kremniy oksidining foizdagi miqdori inobatga olinadi. 
      Pnevmokoniozlarning kelib chiqishi asosida o‘pka alveolalari devo-
riga  o‘tirib qolgan chang zarrachalari atrofida biriktiruvchi to‘qimalar-
ning paydo bo‘lishi yotadi. Alveolalargacha yetib borishi xususiyatiga 
faqat mayda yoki kichik dispersli changlargina egadir, shuning uchun 
ular o‘rta va katta dispersli changlarga nisbatan xavfli hisoblanadi. O‘rta 
va katta dispersli changlar yuqori nafas yo‘llarining shilliq qavatlarida 
ushlanib qoladi. Ultra kichik dispersli changlar esa havo muhitida  
harakatida bo‘lib muallaq holda suzib yuradi, shuning uchun ular ham 
o‘pka alveolalari devorida ushlanib qolmaydi.  Nospetsifik changga oid 
patologiya  -  bular juda ko‘p uchraydigan kasalliklar hisoblanib, kelib 
chiqishi bo‘yicha bakterial genez tabiatiga egadir va kasallikning kelib 
chiqishida chang sharoit yaratib beruvchi omil rolini o‘taydi. Ularning 
ichida eng ko‘p ahamiyatga ega bo‘lganlari: bronxitlar, laringitlar, 
faringitlar, anginalar, kon’yunktivitlar, dermatitlardir. 
      Changga doir patologiyalarning profilaktikasi quyidagi asosiy 
tadbirlarni o‘z ichiga oladi: 


263 
 
-  changlarga gigiyenik me’yorlar ishlab chiqish va ishchi zonasi 
havosining changlanganlik darajasini nazorat qilishdir. O‘z tarkibida 
70% dan ortiq ozod kremniy oksidini tutuvchi changlar uchun REK 1 
mg/m
3
, 10% dan 70% gacha ozod kremniy oksidini tutuvchi changlar 
uchun  -  2 mg/m
3
, 10% kam ozod kremniy oksidini tututvchi changlar 
uchun -4, 6, 10 mg/m
3
 (changning boshqa xususiyatlarini hisobga olib); 
- texnologik tadbirlar; ko‘pincha chang hosil bo‘lishiga doir texno-
logik jarayonlardagi ishlarni xo‘llash (xo‘llash usulida ishlov berish) 
foydalaniladi; 
- sanitar-texnik tadbirlar: chang hosil qiluvchi jihozlarni izolyatsiya-
lash, xonalarga mahalliy va umumiy shamollatish moslamalarini o‘r-
natish; 
- chang konsenratsiyasini REK miqdorigacha pasaytirishning imko-
niyati bo‘lmagan taqdirda ishchilar shaxsiy himoya vositalari bilan 
ta’minlanishlari shart - changga qarshi respiratorlar (“Lepestok”, “Astra” 
turkumidagi) va shunga muvofiq maxsus kiyimlar beriladi; 
- ishlab chiqarish xonalarini muntazam tozalab turish yoki pnevmo-
vositalar yordamida changlardan tozalash; 
-  havo muhitining yuqori changlanganlik sharoitida ishlovchilar 
uchun ish tugaganidan so‘ng ishqoriy ingalyatsiyalarni olish tavsiya 
etiladi; 
- ishchilarni har yili tibbiy ko‘riklardan o‘tkazib turish. 

Download 3,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   215   216   217   218   219   220   221   222   ...   270




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish