F. I. Salomova, L. K. Abdukadirova, X. A. Sadullayeva, S. A. Sharipova mutaxassislikka kirish



Download 3,61 Mb.
Pdf ko'rish
bet218/270
Sana28.09.2021
Hajmi3,61 Mb.
#188450
1   ...   214   215   216   217   218   219   220   221   ...   270
Bog'liq
MUTAXASSISLIKKA KIRISH

Ultra va infra tovushlar. Shovqin va tebranish kabi ta’sir tabiatini 
ultratovush namoyon qiladi.  Ultratovush odamning qulog‘i qabul 
qilmaydigan 20 000  Gts ortiq bo‘lgan chastotadagi egiluvchi muhitlar-
ning mexanik tebranishidir. Ultratovushlar sanoatda juda ko‘p sohalarda 
(defektoskopiya, detallarni tozalash, kovsharlash, maydalash, fizik-
mexanik  tekshirishlarda) va tibbiyotda (davolash, diagnostika) qo‘l-
laniladi. 
Ultratovush biologik to‘qimalarga ta’sir etganda mexanik, termik va 
fizik-kimyoviy samaralarni namoyon qiladi.  Ultratovush bilan uzoq 
muddat davomida bevosita aloqada bo‘lganda ishchilarda asteno-
vegetativ  reaksiyalar kuzatiladi (toliqish, achchiqlanish, bosh og‘rishi, 
uyquning buzilishi,  eshitishning buzilishi), ayrim hollarda polinevrit 
belgilari kuzatilib, hattoki barmoq  va bilaklarning parezini keltirib 
chiqaradi. 
Ultratovushning nomuvofiq ta’siri oldini olish tadbirlariga 
quyidagilarni kiritish mumkin: 
- ultratovushni gigiyenik reglamentlash va ish joylarida uning dara-
jasini nazorat qilish; 
- ultratovushlarni avtomatik holda boshqarish va o‘chirish; 
- masofa orqali boshqarish, generatorlarni izolyatsiya qilish; 
- foydalanilmaydigan nurlanishlarni  yo‘qotish; 
- SHHV foydalanish (rezinali qo‘lqoplar, antifonlar); 
- oqilona ish tartibi (har 1,5 soatda tanaffuslarni tashkil qilish); 
- fizioterapevtik muolajalar (massaj, iliq vannalar); 
- ovqatlarni vitaminlashtirish (B guruhidagi vitaminlar); 
- ishchilarni davriy tibbiy ko‘riklardan o‘tkazish.   
Zamonaviy korxonalarda yana bir muhim omil uchrab turadi ya’ni 
qattiq jismlarning mexanik tebranishi - infratovush. Bu chastotasi 20 Gts 
dan kam bo‘lgan akustik tebranish hisoblanadi va qoida bo‘yicha 
eshitiluvchi tovushlar bilan kuzatiladi. Infratovushning eng muhim 


261 
 
manbai katta tebranishga ega bo‘lgan yuzalar hisoblanadi. Infratovushlar 
odam qulog‘i orqali qabul qilinmaydi. Ular katta masofalarga tarqalish 
xususiyatiga ega bo‘lib, har qanday to‘siqlardan ham  o‘ta oladi va yirik 
obyektlarning tebranishiga sababchi bo‘ladi. 
Infratovush odam organizmiga ta’sir etganda MNS, yurak-tomir 
sistemasi, nafas organlari va eshitish organlarining funksional o‘zgarish-
lari kelib chiqadi. Infratovushning eng diqqatga sazovor ta’siri odam-
ning emotsional holatiga ta’siridir (qo‘rqish sezgisini chaqirishi). 
Infratovushning zararli ta’sirini oldini olish tadbirlari: 
-infratovushlarga gigiyenik reglamentlar belgilash va uni nazorat 
qilish; 
-manbalarda infratovushni kamaytirish, kichik gabaritli mexanizm-
lardan foydalanish, transport harakatini cheklash, texnologik jarayon-
lardagi tezlikni oshirish; 
-katta tebranishga ega bo‘lgan yuzalarni mustahkamlash; 
-ishchilarni tibbiy ko‘riklardan o‘tkazib turish. 

Download 3,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   214   215   216   217   218   219   220   221   ...   270




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish