F. I. Salomova, L. K. Abdukadirova, X. A. Sadullayeva, S. A. Sharipova mutaxassislikka kirish


 Umumiy ta’sir ko‘rsatuvchi ishlab chiqarish kimyoviy



Download 3,61 Mb.
Pdf ko'rish
bet221/270
Sana28.09.2021
Hajmi3,61 Mb.
#188450
1   ...   217   218   219   220   221   222   223   224   ...   270
Bog'liq
MUTAXASSISLIKKA KIRISH

8.5. Umumiy ta’sir ko‘rsatuvchi ishlab chiqarish kimyoviy 
omillariga umumiy gigiyenik ta’rif, zararli ta’sirlarni oldini olish 
tadbirlari 
        
Ishlab chiqarish muhitidagi kimyoviy omillar juda ko‘p uchraydigan 
omillar guruhini tashkil etib, zamonaviy sanoat korxonalarida 60 
mingdan ortiq turli xildagi va ko‘rinishdagi kimyoviy moddalardan 
iborat. Bu moddalar korxonalar uchun xom-ashyo mahsulotlari, yoki 
ishlab chiqarish jarayonida hosil bo‘ladigan oraliq mahsulotlarga doir 
kimyoviy moddalar va  korxonaning yakuniy mahsuloti  bo‘lishi 
mumkin. 
       Kimyoviy moddalarning fizikaviy va kimyoviy xossalari, agregat 
holatlari va texnologik jarayonning tabiatiga muvofiq ular ishchilar 
organizmiga turli yo‘llar bilan kirishi mumkin.  Eng muhim kirish yo‘li 
ingalyatsion ya’ni nafas yo‘li orqali kirish hisoblanadi, chunki juda ko‘p 
holatlarda kimyoviy moddalar bilan ishlash jarayonida ishchi zonasi 
havosi ana shu kimyoviy moddalar bilan ifloslangan bo‘ladi. Buning 
ustiga sanoat zaharlarining ingalyatsion yo‘l orqali tushishidagi ta’siri 
yorqinroq namoyon bo‘ladi. Kimyoviy moddalar nafas orqali organizm-
ga kirganda, o‘pka orqali bevosita qonga o‘tadi va jigar to‘sig‘ini chet-
lab  o‘tib hujayra, to‘qima va organlarning faoliyatiga ta’sir ko‘rsatadi. 
Biroq kimyoviy moddalarning ishchilar organizmiga ya’ni og‘iz bo‘shli-
g‘i yoki shikastlanmagan badan terisi orqali tushishi mumkinligini ham 
inkor etish mumkin emas. 
      Kimyoviy moddalar organizmga tushgandan keyin birinchi soatlarda 
organizmda u yoki bu nisbatda bir xilda tarqaladi, keyinchalik esa 
ularning qayta taqsimlanishi natijasida moddalar organ yoki to‘qimalar-
da to‘planishi kuzatiladi. Organizmda kimyoviy moddalarning aksariyat 
qismi oksidlanish, qaytalanish, metillanish, dekarbonsizlanish jarayon-
lari tufayli zararsizlanadi. Bu jarayonlarning ko‘pchiligi jigar to‘qimasi-
da sodir bo‘lganligi sababli, aynan shu organ ko‘proq zararli ta’sirga 
duchor bo‘ladi. Kimyoviy moddalarning ayrim qismi organizmdan 
o‘zgarmagan holda chiqarib yuboriladi, kimyoviy moddalarning orga-
nizmdan chiqarilishi yoki metabolik jarayondan hosil bo‘ladigan 
moddalarning chiqarilishi ham jigar orqali amalga oshiriladi. Ayrim 
turdagi moddalargina ter bezlari, o‘pka, chiqaruv yo‘llari, so‘lak bezlari 
orqali chiqarilishi mumkin. Alohida aytish lozim-ki, ayrim yog‘da eruv-


266 
 
chi moddalar ona suti orqali chiqarilib bola organizmiga o‘tishi  ham 
mumkin. 
Kimyoviy moddaning tabiati, moddaning dozasi va uning ta’sir 
etish muddatiga bog‘liq holda organizmda o‘tkir, oraliq, surunkali 
zaharlanish holatlarini, yoki moddaning spetsifik ta’sir samarasi kelib 
chiqishi mumkin.  Zaharlangan holatning yuzaga kelishi bir qator 
gigiyenik xarakteristikalarga bog‘liq holda bo‘lishi ham mumkin: mod-
daning suvda yoki yog‘da eruvchanligi, barqarorlik darajasi, 
kumulyativlik xususiyati, zaharlilik sinfi va dozasi. 
Kumulyatsiya  -  kimyoviy moddaning organizmda to‘planishi de-
makdir. Shunga muvofiq moddiy va  funksional kumulyatsiyalar farq-
lanadi. Moddiy kumulyatsiya - ma’lum bir moddaning organizmda to‘p-
lanishini bildirsa, funksional kumulyatsiya - moddaning ta’sir samarasini 
ko‘rsatadi. Moddiy kumulyatsiya ko‘proq kimyoviy moddaning 
barqarorligiga bog‘liq  bo‘lsa,  funksional kumulyatsiya moddaning 
zaharlilik darajasiga bog‘liqdir.  
Organizm uchun xavflilik darajasi bo‘yicha shu moddaning barcha 
gigiyenik ta’riflarini inobatga olgan holda barcha sanoat zaharlarini 4 ta 
zaharlilik sinfiga bo‘lish qabul qilingan: 
I sinf - o‘ta xavfli moddalar 
II sinf - yuqori xavfli moddalar  
III sinf - o‘rtacha xavfli moddalar 
IV sinf - kam xavfli moddalar. 
Xavflilik sinfini aniqlash uchun bir qator toksikologik parametr-
lardan foydalaniladi: LD
50
, CL
50
  (o‘rtacha  o‘lim chaqiruvchi doza yoki 
konsenratsiya), K
kum
  (kumulyativlik  koeffitsiyenti)  hamda REK 
qiymatlari. Bularning hammasi toksikologik tajribalar asosida hisoblab 
topilgan qiymatlardir. Mas., LD
50
  gi 15 mg/kg va undan kam bo‘lgan 
kimyoviy moddalar I sinfga doir xavflilik  guruhiga, 15-159 mg/kg 
atrofida bo‘lsa  -  II sinfga, 151-5000 mg/kg bo‘lsa  -III sinfga, 5000 
mg/kg dan ortiq bo‘lsa -IV xavlilik sinfiga taalluqli bo‘ladi. 
O‘ta yuqori kumulyativlik xususiyatiga ega bo‘lgan moddalar I 
sinfga,  yuqori kumulyativlik xossasiga ega bo‘lgan moddalar- II sinfga, 
o‘rtacha kumulyativlik xususiyatiga ega bo‘lgan moddalar III sinfga va 
past kumulyativlik xossasiga ega bo‘lgan moddalar IV sinfga taalluqli-
dir.  Sanoat zaharlarining xavflilik darajasini baholanganda ayollar va 
bolalar  organizmning yuqori darajadagi sezgirlik holatlarini hisobga 
olish zaruriy hisoblanadi. Ayrim moddalar masalan, marganets va bor 


267 
 
moddalariga nisbatan erkaklar organizmi yuqori sezgirlikni namoyon 
qiladi.      
Zaharli moddalarning ta’sir etish samarasi yuqori harorat va yuqori 
namlik sharoitlarida va bir vaqtning o‘zida yuqori darajadagi shovqin va 
tebranish ta’sir etganda juda yuqori bo‘ladi. Shu bilan birga og‘ir 
jismoniy mehnat bajarganda ham sanoat zaharlarining ta’sir etish 
samarasi juda yuqori bo‘lishi tasdiqlangan. 
Ishlab chiqarish muhitida sanoat zaharlari odatda kombinatsiya-
lashgan (birikkan) holda ta’sir ko‘rsatadi, buning oqibatida turli ko‘ri-
nishdagi ta’sir samaralari namoyon bo‘ladi: qo‘shilgan ta’sir, ta’sir 
samarasining kuchayishi, antogonizm (ta’sir samarasining pasayishi), 
bir-biriga bog‘liq bo‘lmagan ta’sir kabilar. 
Sanoat zaharlarining umumzaharli ta’sirlarini oldini olish tadbirlari-
ning asosiylari quyidagilardan iborat: 
-zaharli moddani iloji boricha kam zaharli modda bilan almashtirish 
(mas., bosmaxonalarda qo‘rg‘oshin o‘rniga ruxdan foydalanish); 
-texnologik jarayonlarni takomillashtirish (mas.,buyumlarga ishlov 
berish usullarini o‘zgartirish, texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish, 
yopiq turkumdagi texnologiyalarni qo‘llash); 
-ish xonalarini oqilona rejalashtirish va jihozlash; 
-ishchi zonasi va ish xonalar havosini oqilona shamollatish (mahal-
liy, umumiy); 
-kimyoviy moddalarni gigiyenik reglamentlash va ish joylaridagi 
havo tarkibidagi zaharli moddaning miqdorini nazorat qilib borish 
(SanQ  va M kitobchasini namoyish  qilish, ish joyidagi havo muhitida 
kimyoviy moddalarning REK rioya qilish kabilar); 
-shaxsiy himoya vositalardan unumli foydalanish (maxsus kiyimlar, 
lozim bo‘lganda maxsus respiratorlar va protivogazlar); 
-ishchilarni tibbiy ko‘riklardan o‘tkazib turish; 
-sanoat zaharlari bor bo‘lgan korxonalarga va kasblarga homilador 
va emizuvchi ayollarni qo‘ymaslik. 
 

Download 3,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   217   218   219   220   221   222   223   224   ...   270




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish