F. I. Salomova, L. K. Abdukadirova, X. A. Sadullayeva, S. A. Sharipova mutaxassislikka kirish


 Ishlab chiqarishga doir zararlar va kasb kasalliklari



Download 3,61 Mb.
Pdf ko'rish
bet210/270
Sana28.09.2021
Hajmi3,61 Mb.
#188450
1   ...   206   207   208   209   210   211   212   213   ...   270
Bog'liq
MUTAXASSISLIKKA KIRISH

8.1. Ishlab chiqarishga doir zararlar va kasb kasalliklari  
haqida tushuncha 
 
Har qanday korxona yoki muassasadagi mehnat sharoiti ishlab chi-
qarishga doir omillar yig‘indisi hisoblanib, ular ishchilar organizmi 
uchun befarq bo‘lishi ham, salbiy ta’sir ko‘rsatish xususiyatiga ega 
bo‘lishi ham mumkin. 
Ana shu zararli ta’sir ko‘rsatish xususiyatiga ega bo‘lgan omillar 
guruhiga  “ishlab chiqarishga doir zararlar”  deyiladi. Ular ikki guruhga 
bo‘linib,  “xavfli ishlab chiqarish omillari”  va  “zararli ishlab chiqarish 
omillari”  deb yuritiladi. “Xavfli ishlab chiqarish omillari”  ta’sirida ish-
chilar  organizmida turli tabiatga ega bo‘lgan jarohatlanishlarni yoki 
ishchilar salomatligining keskin yomonlashishiga sababchi bo‘ladi,  
“zararli ishlab chiqarish omillari” ayrim vaqtda ish qobiliyatining pasa-
yishiga va kasallikni yuzaga kelishiga sababchi bo‘ladi. 
02  94-11 Davlat Standartiga muvofiq xavfli va zararli ishlab 
chiqarish omillari quyidagicha tasniflarga bo‘linadi: 
1.Fizikaviy omillar 
-harakatlanuvchi mashinalar, mexanizmlar, uskunalar va boshqalar 


248 
 
-havoning yuqori darajada changlanganligi 
-nomuvofiq mikroiqlim sharoitlari 
-shovqin 
-tebranish 
-infra va ultra tovushlar 
-yuqori yoki past atmosfera bosimi 
-havoning yuqori yoki past darajada ionlashganligi 
-yuqori darajadagi ionlantiruvchi nurlanishlar 
-statik elektrlanganlik 
-o‘ta yuqori chastotali elektr maydoni 
-yoritilganlikning yaxshi tashkil etilmaganligi 
-ultrabinafsha va infraqizil nurlar 
-ish joylarining yer sathidan juda yuqori joylashganligi 
2.Kimyoviy omillar 
a) organizmga ta’sir etish tabiati bo‘yicha: 
-umumzaharli ta’sir etuvchi moddalar 
-qo‘zg‘atuvchi ta’sir ko‘rsatuvchi moddalar 
-maxsus ta’sir ko‘rsatuvchi moddalar 
b) organizmga kirish yo‘llari bo‘yicha: 
-nafas olish yo‘li orqali kiruvchi moddalar 
-oshqozon-ichak yo‘li orqali kiruvchi moddalar 
-badan terisi va shiliq qavatlar orqali kiruvchi moddalar 
3. Biologik omillar 
-mikroorganizmlar va ularning ishlab chiqaradigan mahsulotlari 
-makroorganizmlar 
-biologik preparatlar, antibiotiklar, vitamin preparatlari. 
4. Ruhiy-fiziologik omillar 
-jismoniy zo‘riqishlar (statik va dinamik) 
-asab-ruhiy  zo‘riqishlar (aqliy zo‘riqish, analizatorlarning zo‘riqishi, 
emotsional zo‘riqish). 
Ko‘rsatib o‘tilgan omillar ta’sirida kelib chiqadigan kasalliklar kasb 
kasalliklari deb ataladi. Bu omillarning ishchilar organizmiga ta’siri turli 
kasblarda ishlaydiganlarda va turli korxonalarda mavjuddir, ammo bu 
ta’sir oqibatida barcha kasalliklar yuzaga keladi degan so‘z emas. Kasb 
kasalliklari shu korxonada bor bo‘lgan  qanday ishlab chiqarishga doir 
omil bo‘lishidan  qat’iy nazar, agar uning miqdori yoki darajasi ruxsat 
etilgan  qiymatlardan katta bo‘lgan taqdirdagina kuzatilishi mumkin. 
Shuning uchun patologiyalarning hammasini spetsifik va nospetsifik 


249 
 
patologiya turlariga bo‘lish maqsadga muvofiqdir. Spetsifik pato-
logiyalar uchun ishlab chiqarishga oid omil etiologik omil bo‘lib xizmat 
qiladi (masalan, shovqin ta’sirida koxlear nevrit, changlar ta’sirida 
pnevmokoniozlar va h.k.). 
Nospetsifik patologiyalar uchun ishlab chiqarish omillari sharoit 
yaratib beruvchi omil bo‘lib xizmat qiladi (masalan, bronxitlar uchun 
chang, konyunktivit va yiringli teri kasalliklari uchun chang kabilar). 
O‘zR SSVning  200 sonli  buyrug‘iga muvofiq kasb kasalliklari 
ro‘yxatiga quyidagi kasalliklar kiritilgan: 
1.  Kimyoviy omillar keltirib chiqaradigan kasb kasalliklari (o‘tkir, 
surunkali zaharlanishlar va ularning oqibatlari, teri kasalliklari  -  7 ta 
nomdagi kasalliklar, metallarga oid) – 3-guruhdagi kasalliklar. 
2. Sanoat aerozollari ta’sirida kelib chiqadigan kasalliklar (pnevmo-
koniozlar, surunkali bronxit, surunkali rinofaringolaringit)-3 - guruhdagi 
kasalliklar. 
3. Fizikaviy omillar ta’sirida kelib chiqadigan kasalliklar  (ionlanti-
ruvchi nurlanishlar, ionlantirmaydigan nurlar, lazer nurlari, shovqin, 
tebranish, ultratovush, nurlanish energiyalari -  infraqizil nurlanishlar, 
o‘ta yuqori  chastotali elektromagnit maydonlari, ulrabinafsha nurlar, 
yuqori atmosfera bosimlari  nomuvofiq mikroiqlim)  -  12 guruhdagi 
kasalliklar. 
4. Jismoniy zo‘riqishlar ya’ni og‘ir yuklarni ko‘tarish yoki ayrim or-
ganlarning zo‘riqishi - 2-3 - guruhdagi kasalliklar. 
5. Biologik omillar ta’sirida kelib chiqadigan kasalliklar - 2 guruh-
dagi kasalikllar 
6. Allergik kasalliklar. 
7. Xavfli o‘sma kasalliklari (7 ta nozologik shakldagi kasalliklar). 
Bundan tashqari kasb kasalliklar ro‘yxatiga kasb kasalliklarining  
kelib chiqishida etiologik omil  hisoblangan xavfli va zararli omillarning 
nomlari ham kiritilgan. 
 

Download 3,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   206   207   208   209   210   211   212   213   ...   270




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish