O‘zbek tili fonetikasi



Download 1,31 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/118
Sana28.09.2021
Hajmi1,31 Mb.
#188327
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   118
Bog'liq
ozbek tili fonetikasi

 
Til oldi sonor undoshlar 
[N]  fonemasi.  O‘zbek  tili  shevalarida  bir  qancha  variantlarga  ega.  Masalan, 
ko‘pgina shevalarda sporadik ravishda [n>l] almashinishi uchraydi: 
nodon > (jl) ladan 
lekin > nek’n 
ko‘ylak > koynek 
Tushum kelishigi affiksidagi n tovushi jarangli undoshlardan keyin kelib d ga 
o‘tadi: 
sizni > s’zd’ - tosh., nam. s’zz’ 
oyni > eyd’ 
birovni>b’revd’ 
Til orqa undoshlaridan oldin kelganda [n>ng] o‘zgarishlari sodir bo‘ladi. 
yaqin qoldi > yeqo‘ng qelde 
maymuncha > meymungche 
men keldim > meng keldim 
senga > (nam) sengge 
So‘z  o‘zagining  oxirida n  fonemasi  undosh  tovush bilan  boshlangan  affikslar 
qo‘shilganda, assimilyatsiyaga uchraydi: 
n>m:  ko‘rinmay > korummey 
tinmay >t’mmey 
bir nima > b’nn’me 
g‘uncha > g‘umche 
n>t:   hech nima > h’sht’me 
Toshkent, Namangan shevalarida so‘z o‘zagiga ko‘plik affiksi qo‘shilganda, n 
progressiv assimilyatsiyaga uchraydi va quyidagicha o‘zgaradi: ishni > ‘shsh’ 
tuzni > tuzz’ 
suvni > suvv’ 
mixni > m’xx’ 
kimni > k’mm’ 
Singarmonistik  y-lovchi  shevalarning  yalovchi  gruppasida  va  dj-lovchi 
shevalarda bir-biriga zid bo‘lgan [l*] va [l] undoshlari mavjud. Old qator unlilar bilan 
yondosh kelganda [l*], orqa qator unlilar bilan esa [l] talaffuz etiladi. 
to‘la > tola 
oldi > aldы 


42 
 
oltin > altыn 
tilla > til’l’e 
bo‘lak > bel’ek 
pila > pill’e 
Boshqa shevalarda esa o‘zbek adabiy tilidagi kabi old va orqa qator oralig‘ida 
o‘zgarib turuvchi faqat bitta [l] fonemasi mavjud. 
Dj  lovchi  shevalarda  [l>n]  almashinuvi  mavjud.  Agar  so‘z  [m]  yoki  [ng] 
tovushlari bilan tugagan bo‘lsa [l] [n] ga o‘tadi. 
kamlik > kemnik 
choy damlab > cheydomnep 
imladi > imnedi 
Bunday almashinuvni Toshkent, Namangan shevalarida ham kuzatish mumkin: 
boraylik > ber’ynuk 
bersaylik > ber’ynuk 
chiqaylik > ch’qaynug 
Namangan shevasida II shaxs buyruq fe’lida l>n o‘tadi. 
keltiringlar > kelturu:ne 
yuringlar > yuru:ne 
kelinglar > kel’:ne 
boringlar > ber’:ne 
Assimilyatsiya natijasida [l] quyidagicha o‘zgarishlarga uchraydi. 
aldab > allap 
mamalakat > memneket 
ko‘ngling > kengning 
Regressiv assimilyatsiya: 
bilmadim > b’lmedim 
ayrilmaydi > ayrыmmaydы 
Sporadik ravishda djlovchi shevalarda [l] [r] bilan almashadi: 
o‘lja > erdje 
jig‘ildon > djыg‘ыrdon 
dumbul dedi > dumburdedi 
Bir bo‘g‘inli fe’llarda l tushib qoladi: qilib > qo‘b 
kelinglar > kengner 
ol > o. 
kel > ke 
Ko‘plik affiksidagi [l] ham tushishi mumkin: 
bizlar > bizer || bize 
sizlar > sizer 
[R]  fonemasi  til oldi titroq tovushdir. Asl o‘zbekcha  so‘zlarda [r]  asosan so‘z 
o‘rtasida uchraydi: terep 
otur 
derrev 
arpa 


43 
 
Ayrim shevalarda, xususan, Namangan shevasida [r] turg‘un holatga ega emas, 
chunki ba’zan talaffuzda tushib qoladi yoki assimilyatsiyaga uchraydi.
1
 
[R]  fonemasi  fakultativ-sporadik  ravishda  quyidagicha  o‘zgarishga  ega 
bo‘ladi: 
r>y: ro‘mol > yl. Yom l. 
ro‘para > and. yepere 
r>l: anjir > jl.endjil 
zarar > yl.zelel 
karidor > kal’dor 
devor > toshk.devel || nam.devel || and.duvol 
r>d: bayroq > djl.baydaq. 
Ayrim o‘rinlarda [r] progressiv va regressiv assimilyatsiyaga uchraydi: 
marta > jl.mette 
o‘rni > onnы 
surnay > sunney 
ertasiga > marg‘.etten’s’ge 
zanjir > zendj’l 
chorvadorlar > charvadallar 
Y-lovchi shevalarda [r>y] almashinuvi uchraydi: 
ro‘paramda > yoperemde (nam). 
ro‘mol > yomel (toshk). 
bir > bi:r > biy (qorabuloq)
2
 
Namangan shevasida sporadik ravishda [r>v] hodisasi uchraydi: 
duradgor > duvedgor. 
Ayrim o‘rinlarda [r] tushishi mumkin: 
Jl. tekre qo‘lo‘p < takror qilib 
aylo‘g‘ elado‘m < oylik olar edim 
turgan > to‘g‘an, beratыg‘an. 
Bu hodisani y-lovchi shevalarda ham kuzatish mumkin: 
dasturxon > destexon 
qirqta > q’xte 
charx > chex 
charm > chem 
barg > bey. 

Download 1,31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   118




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish