Mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar
1. „Taqiq“ so‘zlar til odobi uchun qanday ahamiyatga ega?
2. „Taqiq“lardagi pardalab gapirish va qo‘pol ifodalash xususiyati hayot-
dagi qanday vaziyatlarda uchraydi?
3. Quyidagi rivoyat bilan tanishib, o‘z fikringizni bildiring.
Husayn Boyqaro safardaligida sevimli xotini vafot qiladi. Xabarchi shohga
borib: „Xotiningiz o‘ldi“ deya olmasligini aytib, Navoiyga maslahatga
keladi. Navoiy: „Sarvigulning soyasida so‘ldi gul, netmoq kerak?“ jumlasi
bilan murojaat qilishni o‘rgatadi. Xabarni eshitgan shoh osoyishtalik bilan
„Sarvdin tobut yasab, guldin kafan bichmoq kerak“ degan nozik va yumshoq
javobni berib, buni Navoiyga yetkazishni topshiradi. (J. Omonturdiyevdan)
34
Do'stlaringiz bilan baham: |